топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AKT sohasidagi zamonaviy terminlar

Qiziqarli faktlar!
Жамият
Kundalik hayot bizga nafaqat so‘nggi yangiliklar, bilim va taassurotlarni, balki yangi tushuncha va so‘zlarni ham taqdim etadi. Deyarli har yili AKT sohasida ko‘plab, yangi tushuncha va so‘zlar paydo bo‘ladi. Buyuk Britaniya Katta Oskford lug‘atining tuzuvchilari har yili yangi, eng ommabop so‘z yoki atamalar reytingini taqdim etadilar. Masalan, 2013-yilda, jahonda yangi eng ommabop so‘z bu — «selfi» — (ingliz tilidan olingan, «self» so‘zidan yasalgan «selfie» — o‘zimga-o‘zim ma’nosini anglatadi) — fotokamerada o‘z suratini olishga asoslangan avtoportret turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda, AKT sohasida yoshlarning eng faol qismi o‘rtasida – xakaton va startap-akseleratorlari atamalari eng ommaviy atama hisoblanadi. Navbatdagi sahifamizda ana shu haqda batafsil hikoya qilmoqchimiz.
Xakaton nima?
Xakaton (ingliz tilidagi hackathon, ya’ni hack (xaker) va marathon — marafon so‘zlaridan yasalgan bo‘lib) — tadbir ma’nosini anglatadi. Turli dasturiy ta’minotlar sohasi mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar) bir-birlarini xabardor qilib, qaysidir muammo ustida ish yuritish maqsadida tashkil etiladigan tadbirdan iborat. Bugungi kunda xakatonlar allaqachon xakerlik ma’nosiga mansub deb hisoblanmaydi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi marafon hisoblanadi. Odatda, xakatonlar bir kundan — bir haftagacha cho‘zilishi mumkin.
fakt_22_12_2014
Ayrim xakatonlar ta’limiy va ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan, biroq ko‘proq xakatonlar vazifasi to‘laqonli dasturiy ta’minotlar yaratish bo‘lib hisoblanadi. Har bir xakaton o‘z faoliyatini ma’lum bir soha, masalan, dasturlashtirish tillari, operatsion tizim, ilovalar, dasturlar interfeysi (API) yaratilishiga qaratadi.
«Xakaton» atamasi 1999-yilda paydo bo‘lgan. Uni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda OpenBSD va Sun Microsystems dasturchilari qo‘llay boshlaganlar.
OpenBSD ishlanmalarini tayyorlovchi dasturchilar ilk bor 1999-yil 4-iyunda Kalgari (Kanada)da kriptografiyaga bag‘ishlangan tadbirda mazkur atamadan uchrashuvlarni belgilashda foydalandilar. Tadbirga dasturlar yozish uchun 10 nafar dasturchi qatnashdi va ular AQSH kriptografik DT sohasida o‘rnatilgan cheklangan jiddiy eksportlar nazoratidan o‘tdilar.
1999-yil 15–19 iyun kunlari o‘tkazilgan Sun kompaniyasi Java One konferensiyasi davrida «the Hackathon» nomidan foydalandilar; Palm’ning boshqa foydalanuvchilari bilan aloqa qilishlariga mo‘ljallab, AK port sifatida xizmat qiluvchi, John Gage yangi Palm V uchun Java dasturlar tilida dastur yozishni taklif qildi.
2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, xakatonlar yanada keng tarqalib, kompaniyalar va investorlar tomonidan yangi dasturlar texnologiyasi yoki investitsiyalar sohasida ishlanmalarni jadal yaratish usuli sifatida qarala boshladi. Ayrim taniqli kompaniyalar xakatonlar asosida tashkil etilgan, masalan, GroupMe muhim tadbir hisoblangan TechCrunch Disrupt 2010 konferensiyasi xakatoni asosida tashkil etiligan; 2011-yilda Skype kompaniyasi tomonidan $85 mln. sotib olingan.
Хakatonlar turi
Ayrim xakatonlar aniq bir platforma, masalan, operatsion tizim yoki ilovalar yaratishga bag‘ishlangan ishlarga qaratiladi.
Mobil platformalar uchun ilovalar ishlanmasini yaratishga, masalan, Bletchi Park (Angliya)da o‘tadigan Over the Air xakatoniga qiziqarli va ahamiyatli homiylik badallari jalb etadi. Shuningdek, video va kompyuter o‘yinlari ishlanmalari bo‘yicha xakatonlar o‘tkaziladi.
Music Hack Day — xakatoni musiqa uchun apparatli ta’minot dasturlariga bag‘ishlangan. Bu borada 2009-yildan buyon turli joylarda 20 martadan ortiq xakatonlar o‘tkazilgan. 1999-yildan boshlab har yil OpenBSD operatsion tizimlari ishlanmalarini tayyorlovchi dasturchilar xakatoni o‘tkaziladi. Android, iOS va Tizen smartfonlari uchun ilovalar yaratish uchun xakatonlar mavjud. Avval shunday tadbirlar Maemo 5 (Nokia N900) hamd MeeGo (Nokia N9) qurilmalari uchun ham o‘tkazilgan.
Dasturlashtirish tillari, API, freymvorklar
2007-yildan boshlab dasturlashtirish tillarini yaxshilash maqsadida, Perl xakatonlari o‘tkaziladi. Haskell va Scala dasturchilari shunga o‘xshash: Haskell Hackathon hamda Scalathon tadbirlarini o‘tkazadilar.
HTML5 va Ruby on Rails ilovalar ishlanmasini tayyorlash bo‘yicha xakatoni o‘tkazilgan. Ayrim kompaniyalar tomonidan API foydalanish uchun umumiy ilovalar yozishga xakatonlar o‘tkaziladi. Shu tariqa, Yahoo! ham 2006-yildan boshlab, «Open Hack Day» (dastlab «Hack Day»), Yahoo! saytiga taalluqli Yahoo! API va API’dan foydalanadigan, masalan, Flickr uchun xakatonlar o‘tkaziladi. Googleda shunga o‘xshash xususiy API xakatoni o‘tkaziladi.
2011-yilda Foursquare saytida Foursquare API’da foydalaniladigan ilovalar ishlanmalari uchun 30ta joyda global xakaton o‘tkazildi, unda 500dan ortiq dasturchilar ishtirok etdi.
Biznes-akseleratorlar nima?
Biznes-akselerator — loyihani qisqa muddatlarda jadal rivojlantirishni taqdim etuvchi, biznesni boshlang‘ich bosqichda qo‘llab-quvvatlash modeli bo‘lib hisoblanadi. Bozorga tezkor ravishda chiqish uchun loyihaga investitsiyalangan, infrastrukturali, ekspert va axborotli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqich investitsiyalari uchun biznes-akseleratorlar xususiy va institutsional investorlarni jalb etadi, shuningdek, o‘zlari ham qisman jamg‘armalar rolida ko‘maklashadi. IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash shaklida keng tarqalgan biznes-akseleratorlar: zamonaviy texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasidagi zamonaviy loyihalardan iborat. Eng mashhur akseleratsion dasturlar Y Combinator va Techstarsdir. Rossiyada shunga muqobil: TexDrive, Commercialization Reactor dasturlari ishlaydi.
Akseleratorlarda loyiha asoschilari uchun ishtirok etish bepul. Ba’zan dasturga kirish uchun to‘lov olinadi (Mass Challenge Amerika akseleratoriga kirish— $199).
Akseleratorlar o‘zlarida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda dastur vaqti bo‘yicha cheklovni taqdim etadilar, sababi ko‘pincha jamg‘arma, biznes-inkubatorlar, texnoparklar asosida ishga tushiriladi. Loyiha jamoasi qisqa vaqtga shunday sharoitlarga joylashtiriladiki, ular bozorga chiqish va investitsiyalar olish uchun yetarli darajada kuchli loyiha yoki loyiha prototipini yaratadilar.
Startaplar uchun akseleratsion dasturlarning o‘ziga xos belgilari:
  • dastur sikllar bo‘yicha davom etadigan vaqt bo‘yicha cheklangan davr mobaynida (3 oydan 6 oygacha) ishlaydi, bir siklda cheklangan sonli loyiha ishtirok etadi;
  • loyiha kichik jamoalar tomonidan boshlang‘ich prototip yoki rasmiylashtirilgan konsepsiya sifatida taqdim etiladi. Akseleratorlar yakka tartibdagi ishbilarmonlar bilan ishlamaydilar; loyihada ishtirok etish kuchli raqobat asosida o‘tadi;
  • loyihaga jamoaning hayotini ta’minlash va prototip ishlanmasi uchun sarflanishi uchun oldindan investitsiyalar ajratiladi. Qoidaga muvofiq, investitsiyalar investor uchun loyinaning kichik ulushiga almashtirish asosida taqdim etiladi;
  • akseleratorlar loyihada kuchli ekspertizani qo‘llab-quvvatlash, salohiyatli sheriklar, investorlar bilan ishlash, OAV’da yoritib borish munosabati bilan o‘qitish kabilar bilan ta’minlaydi;
  • dastur loyiha ustida muntazam ishlashni ko‘zda tutadi, ishtirokchilar faqatgina full-time (ko‘pchilik dasturlarda — asosiy ish joyidan ketib ishlash talab etiladi) loyihasi ustida ishlashlari shart.
Mazkur ko‘pchilik xususiyatlar barcha biznes-akseleratorlarga taalluqli. Akseleratsion dasturlar boshqa ancha ilgarigi bosqich qo‘llab-quvvatlagan biznes dasturlari modellaridan farq qiladi.
Zamonaviy akseleratorlar
Hozirgi davrda AQSH’da ishlaydigan barcha akseleratorlarni «yangi to‘lqin» vakili deb hisoblaydilar, sababi ular yangi biznes sharoitlariga yo‘naltirilgan. «Dotkom»lar shov-shuvidan keyin bozor jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, bu esa IdeaLab — proto-akseleratorini zamonaviy dasturlardan farqlanishini asosladi. Bugungi bozor texnologik loyihalar, veb-servislar va mobil ilovalar rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni taqdim etmoqda.
Akseleratorlarning ommaviylashuvini aynan iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘laydilar. Ular texnologik mahsulotning bozorga chiqishini ancha arzonlashtiradi. Dastlabki bosqichda loyiha uchun ilgaridagi kabi unchalik ko‘p investitsiya talab etilmaydi. Bu esa IT-loyihalariga dastlabki bosqichda kam mablag‘ni (amerikaning akseleratorlariga — $10 000dan $50 000gacha) investitsiya qilish, shu bilan xavfni kamaytirish imkonini beradi.
fakt_22_12_2014_1
Yangi dastlabki akseleratsion dastur 2005-yildagi Y Combinatordir. Uni taniqli dasturchi va ishbilarmon Pol Grem ishlab chiqqan. Y Combinator Grexemning mediyali ta’sir hamda mavqei evaziga keng ommaviylikka erishgan deb hisoblaydilar. Aslida, Y Combinator butun biznes olamiga trendsetter bo‘lib qoldi, biroq u klassik akselerator emas. U go‘yo bosh jamg‘armaga o‘xshaydi — loyihaga dastur asoschilarining mablag‘lari qo‘yiladi (klassik sxemadan farqli ravishda, akseleratorlar loyihani investorlar bilan «hamkorlashtiradi»). Biroq 2011-yil yanvar oyida investorlar Yuriy Milner va Ron Konveylar Y Combinatordan chiqariladigan ikki loyihaning har biriga $150 000dan investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Techstars — eng mashhur akseleratordir. U 2007-yilda investorlar Devid Koen (David Cohen) va Bred Feld (Brad Feld) tomonidan yaratilgan. Techstars to‘rtta shaharda amal qiladi, biroq butun jahon bo‘ylab izdoshlarining tarmoqlari ham mavjud.
Seedcamp dastlabki yirik Yevropa akseleratori bo‘lib, 2007-yildan amal qila boshlagan va o‘ziga yiliga 2000 startapni jalb etib, butun Yevropaga keng tarqalgan. Hozirgi davrda butun jahonda bir necha yuzlab akseleratorlar ishlamoqda.
Manbaa: infocom.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.