топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AKT bilan sog'lom turmush sari

Qiziqarli faktlar!
Жамият
Fitnes-belaguzugi: qomatni va salomatlikni saqlash uchun
Sport bilan shug‘ullanmay, ovqatlanishda cheklovga e’tibor qaratmay, sehrli ozish g‘oyasi — bu muammo bilan uzoq yillardan buyon ko‘pchilik olim va mutaxassislar shug‘ullanib kelmoqda. Bu sohada ko‘plab metodikalar ishlab chiqilgan bo‘lib, biroq hozircha birortasi ham samarali natija bermayapti. Bu holni Fitnes-belaguzugining ishlab chiqarilishi sezilarli o‘zgartirdi…
 
Fitnes-blakuzugi g‘oyasi oddiy: u qadamlar sonini sanaydi. Bu vazifani smartfon yoki kompyuterga o‘rnatiladigan maxsus dastur amalga oshiradi. Bunda nafaqat qadamlar soni, balki kun davomida sarflangan kaloriyalar ham nazorat qilinadi. Dasturga kun mobaynida iste’mol qilinadigan barcha taomnomalar, nonushtadan tortib, tushlik, kechki ovqatdan tashqari, har kim xohishiga ko‘ra sevimli deb bilib, shunchaki ermak qilinadigan qahva, yong‘oq va shirinliklar ham hisobga olingan holda kiritiladi.
 
Ozishni va shu bilan qomatni saqlab qolishni xohlagan odamlarning asosiy muammosi — go‘yo ular uchun boshqalar harakar qilishi zarurdek, ular o‘zlarini nazorat qila olmasliklaridir. Aynan ana shu birov vazifasini Fitnes-belaguzugi bajaradi.
 
fit_27_11_2014
 
Fitnes-belaguzugi o‘ylab topilganiga ancha bo‘lgan, biroq bugungi kunga kelib, yanada qulaylashtirildi, undan nafaqat sportchilar va irodasi kuchli insonlar emas, balki smartfonga ega barcha foydalanishi mumkin. Belaguzuk yanada «aqlli», «chidamli», qulay va chiroylilashdi. Natijada ularning o‘zi hayot faoliyatingizni nazorat qilib, sizni tinch qo‘ymaydigan mini-kompyuterga aylanib qoldi. Fitnes-belaguzugi shunday funksionallikka ega. Jawbone Up misolida umumiy ishlash tamoyilini ko‘rib chiqamiz.
 
Avvalo, belaguzukni Upning egalari uchun maxsus yaratilgan tarmoqqa moslashtirish zarur. Buni ilk bor belaguzukni (iPhone va Android’da qo‘llab-quvvatlangan) smartfonga ulashda amalga oshirish mumkin. Foydalanuvchi ko‘rsatkichlari kiritiladi, shuningdek, ilova Facebookka mujassamlashtirilishi hamda shunday belaguzugi bo‘lgan do‘stlarni ham topish mumkin. Do‘stlar bilan kichik ijtimoiy tarmoq yaratib, o‘zingiz haqingizda — bugun qancha yo‘l bosdingiz, nimalardan, qancha iste’mol qildingiz, qanday mashqlar bilan qancha vaqt shug‘ullandingiz, qancha vaqt va qanday uxladingiz, shuningdek, vazningiz qanchaga kamaygani (yoki ortgani) haqidagi barcha axborotlar bilan o‘rtoqlashish mumkin.
 
fit_27_11_2014_1
 
Ilovaga har bir taomni iste’mol qilishda uning nomini kiritish zarur. Bu uchta usul bilan amalga oshiriladi: yoki tayanch so‘zlar asosida ro‘yxatdan (masalan, «taomlar» bo‘limidan, taom nomi «Palov»), yoki qadoqlangan taom shtrixkodini skanerlash orqali, yoki taom suratini smartfon orqali olish va uning tarkibidagi kaloriyalari haqida agar mazkur ma’lumotlarni (masalan, restoran menyusidan)olish imkoni bo‘lsa, kiritish zarur. Dastur kaloriyada, uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va boshqalarni yoqimli suratlar shaklida aks ettiradi. Kun oxirida qancha kaloriya qabul qilingani, unda zarur moddalar yetarli bo‘lganligi va qand moddasi ko‘payib ketganligi yoki yo’qligi haqida va boshqalarni bilib olish mumkin.
 
Tun davriga belaguzuk ilovasini moslashtirib, qancha kaloriya sarflangani haqida — smartfon tinch holatda ham qancha kaloriya sarflanganligini sport mashg‘ulotlaridan keyingi natijalar bilan jamlaydi (ilovadan mashg‘ulot turlarini tanlash, ular bilan shug‘ullanishning tezligi hamda davomiyligini belgilash lozim). Ekranda sarflangan kaloriya jadval va raqamlar shaklida namoyon bo‘ladi, shunday qilib, bir kunlik yoki bir haftalik rekordingizni bilib olish mumkin.
 
fit_27_11_2014_2
 
Nihoyat belaguzuk uyqu vaqtini va qanday uxlaganligingizni ham hisoblaydi. Buning uchun uni «tun» holatiga o‘tkazib, ertalab uyqudan turib, yana smartfon bilan moslashtiriladi. Ilova uyquning qancha vaqti «yengil» fazada va qancha vaqt chuqur uyquda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Inson chuqur uyquda bo‘lgan vaqti — yaxshi uyqu vaqti hisoblanadi, bu vaqt uyquning kamida 60% bo‘lishi kerak, uyg‘onishda esa yengil fazasi bo‘lgani ma’qul — shunda inson uyqudan keyin o‘zini tetik his etadi, kun bo‘yi kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Belaguzuk bularning barchasini seza oladi, «yengil uyqu» davrini ham sezib, zarur vaqtda vibratsiya yordamida uyg‘otishi mumkin.
 
Mutaxassislar kun mobaynida 2000 kaloriyadan ortiq bo‘lmagan taom iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydilar, kamida 10 000 qadam yurish va 7 soat uxlashni tavsiya etadilar. Agar ozish zarur bo‘lsa, unda kamroq iste’mol qilib, kamida 1000 kaloriya sarflash zarur.
 
Fitnes-belaguzugi
Fitbit Flex

Bluetooth orqali smartfon yoki kompyuter bilan moslashtirilgan, shuningdek, 5 turli svetodiodli indikatorga ega bo‘lib, maqsad (eng kami — 10 000 qadam)ga erishishda yordam beradi. Bundan tashqari, Fitbit Flex ommaviy ijtimoiy tarmoq Flexnetda ishlaydi, unga boshqa gadjetlar (masalan, «aqlli» tarozu) va fitnes-ilovalarini ulash mumkin. 5 kun mobaynida qayta quvvat olmay, ishlay oladi. Afsuski, suvdan himoyalanmagan.
 
Nike + Sportband
Dastlabki ommaviy yangilangan versiyalaridan biri Fitnes-belaguzugi Nike+FuelBanddir. Nafaqat qadam, balki puls(yurak qisqarishi)ni ham nazorat qilib, ko‘rsatkichlarni beradi, shu sababdan jiddiy mashqlar mobaynida foydalanish mumkin. JK-displeyi mavjud bo‘lib, unda vaqt, sarflangan kaloriyalar, mashqlar vaqti hamda bosib o‘tilgan masofa aks ettiriladi. Nikeplus.com tarmog‘iga moslashtirilgan, kompyuter uchun ilovasi mavjud, Nikedan boshqa gadjetlar bilan birga ishlaydi. Suvdan himoyalangan 3 hafta bir batareya bilan ishlaydi.
 
Polar RCX5
Jiddiy gadjet — nafaqat qadam va yurak qisqarishi sonini, balki harakatlarining tezligini (shuningdek, katta displey bilan ham jihozlangan bo‘lib) ham ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lib, undan velokompyuter sifatida ham foydalanish mumkin. Nafaqat mashqlar haqida batafsil ma’lumot beradi, balki kompyuter yoki smartfon bilan moslasha va bir kunlik ma’lumotlarni ham saqlay olmaydi (Jawbone Up va Fitbit Flex esa foydalanuvchining belaguzuk taqqan dastlabki vaqtidan barcha axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega). Polar RCX5 qomatni saqlashga yordam beradigan gadjetga nisbatan ko‘proq jiddiy mashqlarga to‘g‘ri keladi.
 
Microsoft Band smart-belakuzugi sotuvga chiqdi
Microsoft kompaniyasi faol hayot tarzini kechiruvchilar uchun Fitnes-belaguzugini chiqardi. Microsoft Band deb nomlangan gadjet shunchalik ommaviylashdiki, birinchi kuniyoq uni to‘la sotib oldilar, kompaniyaning ko‘pgina do‘konlarida esa uzun navbatlar qatori saflandi.
 
Qurilmaga pulsometr, qadam o‘lchagich, termometr, kaloriya o‘lchagich va GPS-modul bilan jihozlangan. GPS-moduldan foydalanibyugurishga chiqqanda smartfonni uyda qoldirish mumkin — belaguzukning o‘zi qancha masofa bosilganligi va boshqalarni bilib olishi mumkin. Bundan tashqari, Microsoft Band tana haroratini o‘lchaydi. Windows Phoneli smartfonidan esa virtual yordamchi Cortana orqali kiritilgan belaguzuk mikrofonidan foydalanish mumkin.
 
fit_27_11_2014_3
 
Bunda Android va iOS — Bluetooth-moduli mavjud bo‘lgan bilaguzukni smartfonga ulash zarur. Gadjet fitnes-funksiyasidan tashqari kiruvchi qo‘ng‘iroqlar haqida ham xabar beradi, shuningdek, ijtimoiy tarmoq xabarlarini ham o‘qish imkonini beradi. Bilaguzuk 100 mAch ikki akkumulyatorga ega, ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, 48 soatlik ish davriga yetadi. Microsoft Band hozircha faqat AQSH’da sotilmoqda va uning bahosi 199 dollarni tashkil etadi.
 
Manba: http://news.microsoft.com
 
Fitnes mobil ilovalari: qanday turlari bor, nimasi afzal va qay birini tanlash kerak?
Fitnes uchun mos keluvchi mobil ilova bilan planshet yoki smartfon shaxsiy murabbiy hamda puls o‘lchovchining ham o‘rnini bosishi mumkin. Smartfon ikkala velosipedlarda ishonchli GPS-pulsometr ham va velokompyuterlar bo‘lsa ham o‘z mashglaringizda bir necha yillardan beri smartfondan (qish faslida chang‘i poygalari, yozda triatlon va chang‘i rollerlarida)foydalanilmoqda.
 
Fitnes uchun moslashtirilgan mobil ilova bilan ta’minlangan planshetlar va smartfonlar, ayniqsa, o‘rganuvchilargagina emas, balki o‘z salomatligi uchun shug‘ullanuvchilarga mos keladi. Oddiy qurilmaga aqlli dasturni o‘rnatib olasiz va maxsus qurilmani sotib olish kerak bo‘lmaydi.
 
Biroq jiddiy shug‘ullana boshlaganingizda bu holat anchagina noqulayliklarga sabab bo‘lishini tushuna borasiz — cho‘ntakka sig‘magan smartfonni qo‘lda ushlab, ikki soatlab yugurish yoki kerakli ko‘rsatkichlarni ko‘rish uchun uni cho‘ntakdan yoki ryukzakdan hadeb olib qarayverish qulay bo‘lmaydi. Pulsometr-soat yoki velokompyuterga nazar tashlab qo‘yish anchagina oson va oddiy.
 
fit_27_11_2014_4
 
Nihoyat, yomg‘ir yoki qor yoqqanida (jiddiy shug‘ullanuvchi sportchilar shunday holatlarga ham duch keladilar) mashg‘ulotlar paytida uni ehtiyot qilishga qanchalik harakat qilmang, smartfon baribir, ishdan chiqishi mumkin. Agarda siz qiziqib va o‘z salomatligingiz uchun shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, albatta, bunday qiyin holatlarga duch kelmaysiz.
 
Fitnes mobil ilovalari: ularni qayerdan olish mumkin?
Smartfonlar va planshetlar uchun ilovalarni istalgan rasmiy servislar: GooglePlay, AppStore, Magazin WindowsPhone, Samsung Apps, OviStore dlya Nokia, LG Application va boshqalardan olishingiz mumkin. Tanlov sizning qurilmangiz qaysi platformada (operatsion tizimda) ishlashiga yoki kim ishlab chiqarganiga bog‘liq bo‘ladi.
 
fit_27_11_2014_5
 
Hozirgi davrda uchta platformalar ommaviy hisoblanadi: Android, WindowsPhone, iOS (faqatgina Apple uchun). Bundan tashqari, BlackBerry smartfonlarda shu nomli alohida platforma ham bor, biroq ushbu turlari keng tarqalgan emas va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan platformalar kabi ushbu platforma uchun ilovalar yozish unchalik zarur emas.
 
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan deyarli barcha ilovalarni yetakchi operatsion tizimlar uchun bir vaqtda ikki-uch variantda yaratilgan. Shu sababdan barcha dasturlarni GooglePlay’dan ham, WindowsPhone do‘konidan ham, App Store’dan ham topish mumkin. Bunda, masalan, iPhone egasi ilo-valarni faqat AppStore’dan saqlab olish mumkin. Sony yoki Samsung egalari esa ilovalarni — GooglePlay’dan saqlab olishi mumkin. Ikkinchisini yana Samsung Apps’dan ham saqlab olish mumkin.
 
Fitnes mobil ilovalari: to‘lovga arziydimi?
Odatda, ilovalar bir vaqtda ikki: pulli va bepul variantlarda mavjud bo‘ladi. Birinchisida: reklama bannerlari yo‘q va funksiyalari ko‘p (masalan, dastur mashqlarga oid murakkab jadvallar yoki boshbang‘ich foydalanuvchilar uchun emas, balki tajribalilar uchun ham darslarni kiritishi mumkin).
 
Fitnes uchun mobil ilovalarini unga to‘lovni amalga oshirishdan avval sinab ko‘rish yaxshiroq. Aytgandek, ko‘pchilik bepul versiyalaridan foydalanishda davom etishni afzal biladi. Ayrimlar esa pullik versiyalariga ekranda reklama mavjud emasligi uchungina emas, qo‘shimcha funksiyalari uchun ham foydalanadi.
 
Ayrim ilovalar Internet orqali to‘lovni amalga oshirishni: sizning joylashgan joyingizni xaritada, mashqlar ma’lumotlarini serverda ko‘rish va boshqalar uchun talab etadilar.
 
Fitnes mobil ilovalari: ularni qayerdan olish mumkin?
Qurilma servisi «Ilovalar» bo‘limiga, keyin «Salomatlik va fitnes» /«Sport va fitnes» toifasiga kirib, tanlovni amalga oshiring… Fitnes mobil ilovalari bo‘limini ikki guruhga ajratish mumkin.
 
1. Mashqlar dasturi. Aniq fitnes-maqsad yutuqlari uchun kiritilgan tayyor kurs bo‘lib, odatda, uning mazmuni nomidayoq ko‘rsatilgan bo‘ladi — «Qorin mushaklari uchun 6 haftalik mashq», «Polga qorin mushaklari mashqini o‘rganish», «5/10 km.ga yugurishni o‘rganish» — yoki ularning ta’riflarida tushuntiriladi.
 
Ilovani olib, uyingizda shaxsiy murabbiyga ega bo‘lasiz! Inson ovoziga ega gadjet (ekranda yozuvlari bilan) qaysidir mashqni qancha bajarish, qachon dam olish va boshqalarni ma’lum qiladi.
 
Bunday dasturlarning tanlovi juda katta. Uyda gantellar bilan mashq qilish, raqs darslari, trenajyor zali dasturlari, yoga va boshqalarni topish mumkin. Ozish uchun ko‘plab mashq majmualari bo‘lib, ular: «6 haftada ozish», «Parhezsiz ozish» deb ataladi.
 
Ko‘pgina ilovalar avval fitnes-testdan o‘tishni: yoshingiz, jinsingiz, vazn va qancha vaqt mashq qilish/o‘tirish/yugura olishingiz haqidagi ma’lumotlarni talab etadi. Shundan keyin darslarni har bir foydalanuvchiga avtomatik moslashtirib beriladi. Bu boshlovchilar uchun yaxshi va mashqlarni taklif etadi. Ayrim kurs dasturlarida tetiklantiruvchi yoki takrorlashni talab etuvchi hisobotli-ovozli xabar beriladi.
 
Ko‘pgina dasturlarda 1,5–3 oylik mashqlar berilgan, agar yoqib qolgan bo‘lsa, yana takrorlash mumkin. Ayrimlari mashqlar kundaligidan iborat. Har gal mashqni bajargandan so‘ng (yoki to‘liq bajarmay) dasturga natijalar kiritiladi. Ilovaning har bir mashqi yakunida sarflangan vaqt va kaloriya (albatta, shartli ma’lumotlar bilan formula bo‘yicha hisoblangan) ma’lumotlar yoziladi.
 
2. Sport trekerlari. Mashqlar dasturini taqdim etmasada, sizning mashqlaringizni qayd etadi. Ular bilan agar gadjetingizda GPS mavjud bo‘lsa, ishlash juda qiziqarli. Birinchi navbatda, ko‘chada harakat qilganda: yurish, yugurish, velosipedda va konkida uchishda qo‘llaniladi. Trekerlar harakat boshlanguniga qadar ham faoliyat turi: yugurish, skandinavcha yurish va boshqalar tanlovini beradi.
 
Bunday mobil ilovalarining fitnes uchun eng ommaviylari: Aerobiya, RunTastic, Sports Tracker, Endomondo. Mashhur ishlab chiqaruvchilar Nike va Adidasda xususiy yugurish va treking ekipirovkalari mavjud.
 
Ilovada GPS-trek Internetga ulanishi bilan darhol Google yoki Bing xaritasi bilan sizning manzilingizni ko‘rsatadi, internetsiz esa kompas (harakatingiz yo‘nalishini belgilaydi, biroq xarita bo‘lmaydi; agar adashib qolsangiz, orqaga qaytish uchun yo‘l ko‘rsatuvchi vosita) sifatida ishlaydi. Hara-kat davrida ekranda masofa, vaqt, tezlik, dengiz sathidan balandlik (GPS ko‘tarilish yoki tushishda aniq aks etadigan) ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Keyinchalik qayerda tezlik oshganligi, qaysi joylarda tushganligi va buning sababini bilib olish mumkin.
 
Bundan tashqari, sport trekerlari har bir kilometrda: qancha vaqtda, qanday tezlikda, qancha masofa bosib o‘tilgani haqida ovozli xabar beradi. Bu imkoniyat smartfonni qo‘lda olib yugurishdan xolos etadi, uni cho‘ntakka solib, tinglasangiz bo‘lgani. Ayrimlarida murabbiylik funksiyasi mavjud, ya’ni axborotdan tashqari tetiklantiruvchi gaplar yoki biroz hordiq chiqarish haqida maslahatlar olish mum-kin. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha fotosuratlarni smartfon yoki planshetda amalga oshirish mumkin va treker avtomatik ravishda, xaritani yo‘nalishga qo‘yadi. Oxirida kaloriya sarfi ko‘rsatiladi (shartli ravishda) va mashqning to‘liq ko‘rsatkichlari beriladi.
 
Deyarli barcha trekerlar o‘z internet-servislari — saytlarda ilovalaar foydalanuvchilari istalgan ilovalarga barcha ma’lumotlari berilgan hisob yozuvlari va o‘z mashqlari natijalarini kiritishlari mumkin. Hisob yozuvlarining sozlanishiga muvofiq muvaffaqiyatlaringizni yoki barcha, yoki faqat do‘stlaringiz qatoriga kiritganlaringiz kuzatib borishlari mumkin. Bundan tashqari, Siz boshqa sportchilar qanday velo-, yugurish va yurish mashqlaridan foydalanayotganligini bilib, o‘zingiz ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Bunda ilova navigator kabi sizni ovozli buyruq asosida tayyor trekka olib boradi.
 
Yana bir qiziqarli imkoniyat. Hozirgi vaqtda ko‘krakka taqiladigan puls datchiklari ham mavjud bo‘lib, smartfon yoki planshetga Bluetooth (agar qurilmada mavjud bo‘lsa, albatta) orqali ulanadi. Datchikda gadjet kiritilgan GPS-navigatori sport kardiomonitori o‘rnini bosadi. U — ma’lum vaqtdagi: joriy, o‘rta, maksimal sarflangan kaloriya va ma’lum vaqtdagi pulsni ko‘rsatishi mumkin. Har bir ilovada o‘zining tarafdor muxlisi va qarshilari mavjud. Shu sababdan aniq bir qulay yoki yomon dasturlar haqida fikr yuritish qiyin — har turdagilarini sinab ko‘rish va ma’qul kelganini tanlash zarur.
Manbaa: infocom.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.