топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xalq dardi bilan yashash – oliy fazilat

Muqaddas dinimiz sofligini asrash - davr talabi!
Маданият ва маърифат
Xalq dardi bilan yashash – oliy fazilat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan viloyatlarda aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholimizning ijtimoiy muammolarini joylarda o‘rganib, yechimini topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar qatorida shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Aholi turmush tarzini yaxshilash, ularga yaqindan yordam berish bilan birga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti hamkorligida yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan nogironlarga ham alohida e’tibor qaratilib, bu kabi ishlarda alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston qozisi Shamsiddin Bauatdinov tomonidan To‘rtko‘l tumani, Do‘stlik MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Annagul Ahmedova hamda Kaltaminor OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro O‘g‘iljamol Atayevalarga nogironlik aravachasi xayriya sifatida taqdim etilishi tashkil etildi.
Fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, Yurtimiz tinchligi va farovonligini tilab xursandchilik bilan duolar qildilar.
Shuningdek, To‘rtko‘l tumani “Sho‘raxon” jome masjidi imom-xatibi Umar Ollobergenov tomonidan ham tuman tibbiyot birlashmasining oshxonasiga idishlar jamlanmasi taqdim etildi.
Tibbiyot birlashmasi rahbariyati va xodimlari Yurtboshimiz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘MIning Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyotiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Mazkur xayr-saxovat va muruvvat ishlarida bardavom bo‘lib, yordamga muhtoj hamyurtlarimizga xursandchilik ulashib, Yurtimiz va Yaratganning roziligiga erishish kabi ishlarni ko‘paytirishda faol bo‘lmoqdalar.
  

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
Manba

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.