топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqand – madaniyatlar chorrahasi

Muqaddas dinimiz sofligini asrash - davr talabi!
Sharq me’morchiligi durdonalari, Samarqandning muhtasham gumbazlari sayyohlar tasavvurini lol etib kelmoqda. Yaponiyaning “The Sekai Nippo” gazetasida jurnalist Mikixiko Koshio mazkur tarixiy shaharning bir qator o‘ziga xos arxitektura yodgorliklari haqida hikoya qiladi.
Ta’kidlash joizki, “The Sekai Nippo” nashri 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 360 mingdan ziyod nusxada chop etiladi va butun Yaponiya hududi bo‘ylab tarqatiladi.
Maqolada buyuk sarkarda Amir Temurning yaratuvchanlik faoliyati haqida so‘z yuritiladi. Xalqimizning ushbu atoqli ajdodi XIV asrda Samarqand shahrini yirik madaniyat markaziga aylantirgani ta’kidlanadi.
Muallif musulmon olamining yirik inshootlaridan biri, Markaziy Osiyodagi eng ulkan masjid bo‘lgan Bibixonim majmuasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, masjidga qadam qo‘yishlari bilan uning ulkan ravog‘i sayyohlarni o‘ziga maftun etadi. “Hovli markazini VII asrda keltirilgan muqaddas Qur’oni karim uchun o‘rnatilgan marmar lavh bezab turibdi”.
Maqolada M.Koshio shuningdek, Sohibqiron oilasi va avlodlarining xilxonasi – 1404 yilda barpo etilgan Amir Temur maqbarasi haqida to‘xtaladi. “Mazkur obida keng ko‘lamli qayta tiklash ishlari olib borilganligi tufayli o‘zining mahobati va maftunkorligini saqlab turibdi”.
Yapon jurnalisti Samarqandning ramzi – shaharning markazida joylashgan Registon maydoni ekanini alohida ta’kidlaydi. “Bu yerda dunyoga mashhur Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari joylashgan, — deb yozadi M.Koshio. – Registon – mahalliy aholi o‘rtasida ham juda qadrli – yosh kelin-kuyovlar o‘z baxtli turmushlarini boshlash oldidan Registon maydonida sayr etib, baxtiyor kunlaridan esdalik sifatida suratga tushishadi”.
Shuningdek, maqolada Samarqand so‘zi sanskrit tilidan tarjima qilinganda “uchrashuv joyi”, degan ma’oni anglatishi aytiladi. “Olis asrlardan buyon Samarqand turlicha madaniyatlarning chorrahasi bo‘lib kelmoqda”, deya xulosa qiladi yaponiyalik jurnalist.
“Jahon” AA, Tokio
Manba

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.