топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Inson manfaati – umummillat manfaati

Muqaddas dinimiz sofligini asrash - davr talabi!
Alloh taolo inson zotini dini, millati, irqidan qat’iy nazar mukarram ekanligini ta’kidlab: «Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik» (Isro, 70), deya marhamat qilib olamdagi odam bolalarini u kim bo‘lishidan qat’i nazar aziz va mukarram qilganini xabarini bergan.
Istiqlolga erishgach, birinchi Yurtboshimiz, marhum Islom Karimovning sa’y-harakatlari bilan erishilgan asrlarga davr tatigulik yutuqlarimiz zamirida avvalo inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklari turadi. Vatanimizdagi barcha fuqarolar, qaysi soxa, qaysi millat vakili bo‘lishligidan qat’iy nazar teng huquqli va inson uchun bor bo‘lgan hamma manfaatlardan to‘liq foydalanishga haqli ekanliligi bugun ayni haqiqatdir.
Toshkent shahrining Chilonzor tumani ko‘p millatli xalq hisoblanadi. Unda inoqlikda yashayotgan yoshu qarining ko‘nglini olish, ularga e’tibor ko‘rsatib, yaxshilikka chaqirishda imom-xatiblarning ham mas’uliyati bor.
Shu yilning 4 aprel kuni Chilonzor tumani bosh imomi, “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi Husniddin Abdukarimov masjid jamoasi bilan tumandagi turli millatga mansub boquvchisini yo‘qotgan keksalar holidan xabar olib, ular bilan muloqotda bo‘ldi. Ko‘rsatilagan bu samimiy g‘amxo‘rlikdan ko‘zlariga sevinch yoshini olgan otaxonu-onaxonlarimiz, avvalo ko‘ngillari shod bo‘lgani va shuning o‘zi har narsadan ustun bo‘lishini aytib, jannatmakon yurtimiz, bag‘rikeng xalqimiz haqqiga duolar qildilar. Quyidagi videolavha ana shu haqda:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi
 

 

 
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.