топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
0.00
avatar

Muqaddas dinimiz sofligini asrash - davr talabi!

Батафсил

Diniy mutaassib guruhlarga qarshi kurashda islom manbalarining o‘rni

Маданият ва маърифат
Qur’oni karim va hadisi shariflar kishilarni insonparvarlik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi ezgulikka, insoniyatga zarar keltiruvchi har qanday illat va salbiy holatlardan uzoqlashishga chaqirishga qaratilgan. Ammo diniy qadriyatlardan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishni ko‘zlagan ayrim guruhlar ushbu manbalarda kelgan oyat va hadislarni buzib talqin etishga harakat qilmoqdalar.

Tatariston muftiysi Kamil Samigullin O‘zbekistonga safari haqida Sputnik O‘zbekiston uchun jurnalist Radik Amirovga intervyu berdi

Маданият ва маърифат
Tatariston Respublikasi muftiysi Kamil Samigullin bir necha kunlik tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Muftiyning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Moskva, Qozon va Ufa o‘rtasidagi hamkorlik rishtalarini uzib bo‘lmaydi.

Bebaho ma’naviy xazina

Маданият ва маърифат
Bugun milliy madaniyatimiz, ilm-fan, adabiyot va san’atimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Vatanimiz hududlaridagi bebaho madaniy yodgorliklar asl qiyofasini yo‘qotmagan holda ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilayotir.

Xalq dardi bilan yashash – oliy fazilat

Маданият ва маърифат
Xalq dardi bilan yashash – oliy fazilat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan viloyatlarda aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholimizning ijtimoiy muammolarini joylarda o‘rganib, yechimini topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand – madaniyatlar chorrahasi

Sharq me’morchiligi durdonalari, Samarqandning muhtasham gumbazlari sayyohlar tasavvurini lol etib kelmoqda. Yaponiyaning “The Sekai Nippo” gazetasida jurnalist Mikixiko Koshio mazkur tarixiy shaharning bir qator o‘ziga xos arxitektura yodgorliklari haqida hikoya qiladi.

Ongda – imon, tilda – haqiqat, dilda – e’tiqod ustuvor bo‘lsin

Shu yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusida o‘tkazilgan anjuman va unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqi mamlakatimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-madaniy hamda ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

Odob axloq – inson ziynati

Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatida bo‘lgan edi.

Inson manfaati – umummillat manfaati

Alloh taolo inson zotini dini, millati, irqidan qat’iy nazar mukarram ekanligini ta’kidlab: «Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik» (Isro, 70), deya marhamat qilib olamdagi odam bolalarini u kim bo‘lishidan qat’i nazar aziz va mukarram qilganini xabarini bergan.

Yuksak ma’naviyatli inson ikki dunyo saodatiga erishadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilgi «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ana shunday ulug‘ ishlar silsilasining yangi bosqichi sifatida tarixiy ahamiyatga ega. O‘zA muxbirining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov bilan suhbati mazkur xalqaro tashkilotning maqsad-vazifalari, buyuk muhaddis vatandoshimiz merosining bashariyat tamaddunidagi o‘rni va bugungi murakkab globallashuv sharoitida inson tarbiyasidagi ahamiyati haqida bo‘ldi. 

Mutafakkirlari ulug‘langan yurt

Mutafakkirlari ulug‘langan yurt 
Tarixdan yurtimiz mutafakkirlar diyori sifatida islom olamida mashhur bo‘lib kelgan. Yurtimiz allomalarining boy ilmiy-ma’naviy merosi asrlar osha nafaqat xalqimiz, balki butun musulmon dunyosi ma’rifati uchun manfaatli manba bo‘lib xizmat qilayotgani buning yorqin dalilidir. Movarounnahr diyorini “islom daraxtining serhosil shohlari”ga qiyoslanishi ajdodlarimizining islom tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berilgan yuksak e’tirof hisoblanadi.

"O‘zbekiston islomning haqiqiy izdoshlari uchun eng yaxshi namunadir"

Ma’lumki, 2016-2017 yillar Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashida O‘zbekistonning raislik davri hisoblanadi. O‘tgan yil 18 oktyabr kuni ushbu organning 43-sessiyasida mazkur davr “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori ostida o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘z milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik bo‘lgan intellektual va ma’naviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi o‘rin egallaydi. 

Andijondagi yig‘ilishda dolzarb vazifalar belgilab olindi

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Andijon viloyati imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdilar. Unda Din  ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi N.Xoliqnazarov va viloyatdagi masjid imom-xatiblari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev: Farzandlarimiz qachondan o‘z ota-onasi, o‘z yurtining dushmaniga aylanib qoldi?

Dunyoning turli burchaklarida turli terakt, qo‘poruvchilik harrakatlari, suiqasd kabi jinoyatlar sodir bo‘layotganidan xabaringiz bor. Bugungi kunda terrorizm balosidan hech bir mamlakat sug‘urtalanmagan. Afg‘oniston, Suriya, Iroq, Liviyada bo‘layotgan voqealar bunga misoldir.

Aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida ochiq muloqot

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2-3 iyun kunlari viloyatimizda bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyotda investitsiya loyihalari ijrosi bilan yaqindan tanishar ekan, oldimizda turgan dolzarb vazifalarni aniq-tiniq ko‘rsatib o‘tdi.