топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Muhammad Yusuf tavallud ayyomi yurtimizning har bir go‘shasida keng nishonlanmoqda

Маънавият
O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf hayot bo’lganida bu yil 63  bahorni qarshilagan bo’lar edi  Xalq dardini sodda til bilan bayon etib, yurtiga muhabbatini otashin satrlar ila kuylagan shoir ash’orlarini o’qiganingizda ko’ngilga yaqin misralar qalbimizni titratadi.

Kamtar va kamsuqum shoir she’rlari muxlislarni goh yig’latadi, goh kuldiradi. Shu bois, muxlislar uning kitoblarini kitob do’konlaridan  qidirib yuradilar. Uning beg‘ubor she’rlarini yod aytib, kuyga solib yuradilar. Ha, shoirni “Qizg‘aldoq”,“Ko‘klamoyim”, “Xalq bo‘l elim”, “Jayron”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Mehr qolur”, “O‘zingdan qo‘ymagin xalqim”  kabi aksariyat she’rlarini o‘qir ekansiz, beixtiyor beg’ubor bolalik hamda navqiron yoshlik yillariga qaytasiz. Xalqona va umrboqiy satrlar muallifi  hamisha barhayotdir.    

Shu kunlarda O’zbekiston Xalq shoiri M.Yusuf tavallud ayyomi yurtimizning har bir go‘shasida  keng nishonlanmoqda. She’riyat shaydolari shoir  tug‘ilib o‘sgan qishloq Qoraqo‘rg‘onga  tashrif buyurib, u yashagan uy, o‘qigan  qadrdon maktab, uning xoki qo‘yilgan qabristonni ziyorat qilib, uning xotira majmuasi poyiga guldastalar qo‘yishmoqda.
 
ERKA KIYIK
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo‘lib, sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birdek g‘arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. 
Sening ko‘zing qora, mening ko‘zim qora,
Sening bag‘ring yara, mening bag‘rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.