топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

«ISLOM KARIMOV – O’ZINING BUTUN HAYOTI VA FAOLIYATI DAVOMIDA O’ZBEKISTONNI MUSTAQIL DAVLATGA AYLANTIRGAN BUYUK SHAXS»

Маънавият
Картинки по запросу Islom Karimov
Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80-yillik yubileyiga bagishlanadi.
Ushbu maqolada Islom Karimovning hayoti, mehnat faoliyati, orden va medallar bilan taqdirlangani va davlat tashriflari ham keng yoritib berilgan.
Mustaqil O’zbekistonning asoschisi, O’zbekiston xalqining sevimli farzandi, biz kabi bilimli, iqtidorli yoshlarning sevimli otasi Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida tug’ilgan. I. Karimov 1945 yil  21 sonli maktabga birinchi sinfga o’qishga boradi. Islom Karimov maktabni a’lo baholarda bitirib, ma’lum vaqt o’tgach, O’rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent Davlat Texnika Universiteti) ga o’qishga kiradi va  ikkinchi mutaxassislik sifatida Toshkent xalq xo’jaligi institutida ham o’qiydi. Islom Karimov mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi  zavodidan boshlaydi u  yerda  master  keyin esa texnolog  bo’lib, ish olib boradi. Bundan tashqari, muhandis, yetakchi muhandis, respublika davlat plan komitetining raisi, Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari, Moliya vaziri kabi yo’llarni ham bosib o’tadi.
 
1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR sovet ittifoqi Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston prezidenti deb e’lon qilindi va  shu yildan boshlab prezidentlik lavozimida ish yurita boshladi. Islom Karimov mard, oliyjanob, matonatli, bardoshli va mehnatkash  inson bo’lgani uchun O’zbekistonni mustaqil davlatga aylantirish yo’lida hech narsadan qaytmadi va hech narsani ayamadi. Shuni ta’kidlash joiski, Islom Karimov prezident etib saylanishidan bir yil oldin 1989  yil, 21 oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi beriladi. Har bir davlatni o’zining tili, dini, urf-odatlari bo’lgani singari bizning davlatimiz ham o’z tiliga ega bo’ldi. Til bu millat ko’zgusidir. O’zbekiston o’zining davlat tiliga ega bo’lgandan keyin barcha maruzalar, ilmiy qo’llanmalar,  va  darsliklar  o’zbek  tilida chop etiladigan bo’ldi. Islom Karimov prezident bo’lib saylanganidan so’ng, 1991 yil Parlamentning 6 sessiyasida 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasini mustaqil davlat deb e’lon qilinadi. Bunday tinch, osoyishta, go’zal hayotni, chiroyli kunlarni orziqib kutmagan inson bo’lmasa kerak. Albatta, bu kunlarni hammamiz orziqib kutganmiz va xudoga ming shukurki, Islom Karimov tashabbusi bilan shu kunlarga erishdik. I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganidan keyin,  O’zbekiston degan davlatni dunyoga tanitish maqsadida bor kuch g’ayratini ishga soldi va tinimsiz harakat natijasida o’z maqsadlariga birma-bir, bosqichma-bosqich erishmoqda edi. Bizga ma’lumki, poydevor mustahkam bo’lsa, qurgan uyimiz baquvvat, mustahkam va chiroyli bo’ladi. Islom Karimov haqli ravishda o’zining tashabbuskorligi va mehnati orqali mana shu mustahkam, hech qachon yemirilmaydigan poydevorni o’rnatdi. Islom Karimov O’zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlari, tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatida mamlakatning istiqlol dasturini haqli ravishda ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir.
I.Karimovning tashabbusi bilan bir qator bayramlarimiz, urf-odatlarimiz va an-analarimiz ham qayta tiklandi. Bizni vatanimizdan chiqqan buyuk allomalarimizni, olim-u ulamolarimizni, yurtimizning tinchligi uchun bor kuch g’ayrati bilan jang qilgan bobolarimizni, urish qatnashchilarini biz xotirlamasak, bu ulug’ zotlarni kim xotirlaydi. Shu sababdan Karimov bu ulug’ zotlarni xotirlab, Xotira kunini  alohida bayram sifatida o’tkazishni ta’kidladi. Islom Karimov O’zbekiston Respublikasiga prezident bo’lganidan keyin, mustaqil davlatni har tomonlama himoya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ham ishlab chiqadi. Konstitutsiya – baxtimiz va qomusimiz garovidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Shuningdek, Konstitutsiyamiz 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iboratdir. Aytish joizki, o’zimizning Konstitutsiyamizga ega bo’lganimizdan so’ng, Islom Karimov bobomizning tashabbusi bilan yurtimizning davlat ramzlari, O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i (1991 yil 18 noyabr), O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi (1992 yil 2 iyul) va O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasiga (1992 yil 10 dekabr) ham ega bo’ldik. Albatta, biz bu ramizlarimizga osonlikcha erishganimiz yo’q. Davlat ramzlarini yaratishda Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning kechayu-kunduz tinimsiz mehnatlari singani bizga ma’lum. Davlat ramzlarni yaratishda (tuzishda) bir qancha olimlar, fan arboblari, arxitektorlar, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, hunarmandlar va chizmachi rassomlar jalb qilinadi. Arxitektor, hunarmand, chizmachi rassomlarning qilgan ishlari Karimovga maqbul kelmaydi. Bir kuni kechasi Karimov uylanib-uylanib, oppoq qog’ozga oddiy bo’yoqlar yordamida o’zining fikrlash doirasidan kelib chiqib, O’zbekistonning dovrug’ini ko’klarga ko’tarib turgan bayro’imizni rasmini chizadi va bu bayroq, Hokimliklarda, Prokraturalarda, Sud — huquq organlarida, Oliy ta’lim muassasalarida va tibbiyot birlashmalarining yuqori qismida ko’m-ko’k osmon uzra hilpirab turgani bayrog’imiz o’rnatilgan. O’zbekiston degan davlatni dunyoga mashhur qilayotgan sportchilarimizni shoxsupaga ko’tarilgan vaqtida davlat madhiyamiz yangraydi, va shu madhiya sadosi ostida havoda muallaq bo’lib tovlanib turgan bayrog’imiz, yuqoriga qarab ko’tarilganida dillarga quvonch va yuzlarga kulgu baxsh etadi. Islom Karimov O’zbekistonni mustaqil davlatga aylartirganidan so’ng, O’zbekistonni yanada rivojlantirish maqsadida, dunyoda tan olingan, taraqqiyotning “O’zbek modeli’’ni ishlab chiqdi.
Islom Karimov ishlab chiqqan taraqqiyotning o’zbek modelidagi tamoyillar orqali O’zbekistonni rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan to’siqlar va devorlardan voz kechdik va bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’ziga xos yo’lni tanladik va puxta o’ylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladik. Mana shu qurilgan yo’l O’zbekistonni ko’plab mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar, eksport-import va boshqa iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga asos bo’ldi.         Xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’ – e’tiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda I.Karimov tinimsiz xizmat qildi. Shuningdek, mustaqil O’zbekistonimiz boshqa nufuzli davvlatlar bilan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida 1992 yil 2 martda  Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi. O’zbekiston Islom Karimov rahnamoligida jamiyat hayotining barcha jabhalarida yuksak yutuqlarga erishdi va  O’zbekiston bugun o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lidan dadil odimlamoqda. Islom Karimov qisqa vaqt ichida, deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o’rnatdi, o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Jumladan, Rossiya, Latviya, Turkmaniston, Isroil, Shvetsariya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Xitoy va boshqa ko’pgina nufuzli davlatlar bilan ikki tomonlama, do’stona aloqalarni yaxshilash maqsadida shartnomalarni imzolagan. Bundan tashqari nufuzli xalqaro tashkilotlarda, 2005 yilda Rossiyada bo’lib o’tgan “Markaziy Osiyo hamkorligi’’ majlisida, 2005 yil Qozog’istonda bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari o’rtasida bo’lib o’tgan sammiti, Chexiyaga qilgan davlat tashrifida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash va NATO sherikchilik Kengashi sammitida qatnashgan va nutq so’zlagan.
Yuqorida keltirilgan nufuzli davlatlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik, iqtisodiy sherikchilik va do’stona munosabat o’rnatish maqsadida, davlat tashriflarida ishtirok etdi. Bu ishtiroki va davlat tashriflaridan ko’rinib turbdiki, O’zbekistonni rivojlangan iqtisodiy mamlakatga aylantirish va uning nufuzini yanada oshirishdan iboratdir. Islom Karimov rivojlangan mamlakatlar ro’yxatiga, bizning ham mamlakatimizni nomini kiritish yo’lida tinimsiz mehnat qildi va bu mehnatlarini samarasini bugungi kunda guvohi bo’lmoqdamiz. Karimov suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qo’shgan ulkan hissasi uchun, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori asosida 1994 yil 5 may kuni “O’zbekiston Qahramoni’’ unvoni bilan taqdirlanadi va shu unvonga qo’shimcha qilib, “Yulduz’’ medali bilan tantanali ravishda taqdirlanadi. Islom Karimov yetuk shaxs, tarixga muxirlangan mustaqilligimizning asoschisi sifatida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “Mustaqillik’’ ordeni bilan ham taqdirlanadi. Islom Karimov O’zbekistonni dovrug’ini dunyoga tanitishda va rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olishida bor kuch g’ayratini, mahoratini ishga soldi va bu borada matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun “Buyuk xizmatlati uchu” ordeni kavaleri bilan taqdirlandi. Shuningdek,  Do’stlik ordeni, Amir Temur ordeni, Mehnat, Qizil bayroq ordeni kavaleri va  Xalqlar do’stligi ordeni va medallari bilan taqdirlandi. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan va taqdirlangan. Bulardan, UNESCO “Avitsinna’’ oltin medali bilan 1996 yilning aprelida, Bolgariya Respublikasi ”Stara Planin” ordeni bilan 2003 yilning noyabrida, UNESCO “Aristotel” oltin medalini 2007 yilning avgust oyida, UNESCO “Buyuk ipak yo‘li” oltin medalini ham 2007 yilda oktabr oyida, Gruziya Respublikasi “Jasorat” ordeni esa 2013 yilning oktabrida va bundan tashqari, 2000 yilda Rossiyada bo’lib o’tgan xalqaro o’zbek kurashi turnirining kubogi bilan, 1999 yildagi Xalqaro havaskorlar kurashi assotsiatsiysining Oltin zanjiri bilan, 1997 yilda bo’lib o’tgan Osiyo olimpiya kengashi Oltin medali bilan va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi “Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” medali bilan 2015 yilda tantanali ravishda taqdirlangan. I.Karimov o’zining ishbilarmonligi, iqtisodchiligi, fan, ta’limni rivojlantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun ko’plab xorijiy mamlakatlarga qilgan davlat tashriflarida, u yerdagi universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professori hamda akademikligiga ham saylanadi. Misol qilib, 2002 yilda Yaponiya davlatiga qilgan davlat tashrifida  Soko Universitetining faxriy fan doktori etib, shu bilan bir qatorda 2002 yilning iyul oyida Yaponiyaning Vaseda Universitetining faxriy huquq fanlari doktori, 2001 yilning birinchi choragida Rossiya davlatiga tashrif buyirganida M.Lomonosov nomidagi Maskva davlat universiteti faxriy professori darajasiga ko’tarildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning davlatni boshqarishi va rahbarlik faoliyatiga xos bo’lgan g’oyat e’tiborli va ibratli bo’lgan bir fazilat borki, u ham bo’lsa, davlatni boshqarishdagi so’z nutqidir.I.Karimov seminarlarda, anjumanlarda, konferensiyalarda va mamlakatimizda bo’ladigan tadbirlar va bayramlarda so’zlagan nutqlari u kishining ich-ichidan, yuragidan chiqishi va inson qalbiga yetib borishi bu menimcha kamdan-kam insonda uchrasa kerak.Agar, yaqin tariximizga nazar soladigan bo’lsak, Islom Karimovning o’sha og’ir yillarda keskin muammolar girdobida turib, O’zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan g’oya va dasturlari uning Vatanimizning yorug’ istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan dalolat beradi. O’sha sovet davrida I.Karimovning boshqaruvchanligi va dono fikrlashi bugungi kunda biz kabi yoshlarga manba vazifasini bajarmoqda. O’zbekiston mustaqil davlatga aylanganidan so’ng, Islom Karimov tashabbusi bilan ta’lim soxasiga yanada ko’p e’tibor qaratilib, yoshlarimizni har tomonlama bilimli, dono, zukko bo’lib, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetilishida talim soxasining o’rni katta hisoblanadi. Islom Karimov aytib o’tganidek, “farzandlarimiz bizdan ko’ra, kuchli, bilimli, dono, va albatta baxtli bo’lishlari shart” deb ta’kidlagan edilar. Kelajak yoshlarimizning qo’lida deb baralla aytish mumukin. Farzandlarimiz kuchli, bilimli, dono va har sohada tez, aniq va to’g’ri qaror chiqarib, o’z maqsadlari yo’lida olg’a intilsalar hech qanday kuch va buzg’unchi g’oyalar ularga qarshilik ko’rsata olmaydilar.Bundan tashqari, talim, sport, san’at sohalariga e’tibor shuningdek, boshqa ko’pgina tarmoqlarga e’tibor, imkoniyatlar yaratib berilgani, bugungi kunda o’z aksini topmoqda va jadal suratda rivojlanmoqda. Bu o’rinda gap bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilgan, dunyoda o’xshashi kam bo’lgan O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida bormoqda. Ta’lim to`g`risidagi qonun (34 modda, beshinchi bob), kadrlar tayyorlash milliy dasturi barkamol avlod, yetuk, har qanday raqobatga bardoshli kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan O`zbekiston Respublikasi harakat dasturi hisoblanib, bu dastur “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” deb nomlanadi. Bizga ma’lumki, 1997 yil 29 avgustda qabul qilindi. Shuni ta’kidlash joizki, bu dastur ishlab chiqilganidan keyin, I.Karimovning qarori asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim va oliy ta’lim sohalariga katta e’tibor qaratildi. Jumladan, bu ta’lim maskanlarini zamon talabiga javob beradigan o’quv jihozlari bilan ta’minlash va ta’mir talab o’quv ta’lim maskanlarida qayta rekanstruksiya ishlari olib borilishini aytib o’tgani yoshlarga yaratib berilgan katta imkoniyat hisoblanadi.                                                                                                          Aytish joizki, oily talim sohasiga bergan etibori, xususan, men ta’lim oladigan oliygohda ya’ni Qoraqalpoq Davlat Universiteti misolida ko’rishimiz mumkin.  Islom Karimov tashabbusi bilan 2015 yilda Universitetining bosh binosida va fakutetlarda olib borilgan rekanstruksiya ishlari natijasida, o’quv xonalari, kompiyuter zallari, labaratoriya xonalari maxsus zamon talabiga javob beradigan jihozlar va asbob uskunalar bilan ta’minlandi va talabalar foydalanishi uchun qulay sharoit yaratib berildi. Bundan tashqar talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yangi ta’mirdan chiqqan sport zallari, kutibxona, oshxonalarni ham misol qilib keltirishimiz mumkin. O’qish jarayonida boshqa respublika va  viloyatlardan xususan, Turkmaniston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm, Toshkent va Farg’ona viloyatlaridan kelgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida qayta rekanstruksiyadan chiqqan va unga qo’shimcha qilib, 2016 yilda yangidan qurib foydalanishga topshirilgan 5 qavatli Talabalar yotoqxonasi bilan ta’minlangani olis hududdan kelgan talabalarga  berilgan imkoniyatlardan dalolat beradi.           
Ta’bir joiz bo’lsa, shuni ma’lum qilmoqchimanki, bizning yurtimizni dunyoga tanitgan va tarannum etgan ajdodlarimizdan, bobolarimizdan biri, buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda, o’rta asrlarda eng katta davlatlardan birining bunyodkri va jang sanatining yetuk namayondasi bo’lmish sohibquron Amir Temur bobomizni aytib o’tmoqchiman. Amir Temur bobomiz yoshligidan kuchli, bilimli,zukko inson bo’lgan. Davlatni boshqarishida uning dono, zukko va bilimli ekanligi tezda to’g’ri qaror chiqarishiga asos bo’la oladi. Nega bu so’zlarni aytiyapmiz, chunki, Islom Karimov ham Amir Temur bobomiz kabi favqulodda zukko siyosatchi, kuchli jasorat sohibi, bukilmas iroda egasi ekani barchamizga ma’lum. Mana shu qobiliyatlaridan kelib chiqib sodir bo‘layotgan murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur va teran anglashga, to’g’ri va aniq qaror chiqarishiga yordam beradi. Islom Karimov prezident lavozimida 1990 yildan 2016 yilga qadar faoliyat yuritdi va mamlakatni boshqargan dono rahbar, dono yo’lboshchi va millat etakchisi sifatida o’zbek xalqining ko’nglidan joy oldi va ishonchiga sazavvor bo’ldi. O‘zbekiston uning sa’yi — harakatlari bilan qisqa muddat (25 yil) ichida dunyoga tanildi va o’zini ko’rsata oldi. Shu sababdan,O’zbekiston ahli Islom Karimovni haqli ravishda mustaqil mamlakatning me’mori, istiqlol kurashchisi va bu kurashda hech qachon yiqilmqsdan porloq istiqbol sari harakat qiluvchi komil inson va davlat asoschisi deb biladi. Irodaliligi, qat’iyatliligi va bardoshliligi bilan bir qatorda ulug’ maqsadlari sari olg’a intiluvchi sarbon sifatida o’zining g’oyalarini ilgari surdi va xalqning ko’ngliga yo’l topib, mana shu yo’l orqali xalqni ishonchidan chiqa oldi, shu tariqa mamlakatda ahillik, birdamlik muhitini paydo qildi va yaratdi. Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi gavdalanganda haqli ravishda O‘zbekiston chinakam yurtboshiga ega bo‘ldi va  u ko‘p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirgan shaxs sifatida tarixda munosib iz qoldirdi.    2016 yil 2 sentabr, o’zbek xalqining boshiga og’ir musibat tushdi. O’zbek xalqining sevimli, jon kuyar farzandi, O’zbekiston degan davlatning yuragi bo’lmish mustaqilligimizning asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimov qayta tiklanmaydigan insult tufayli og’ir ahvolda vafot etdi.  Bu musibat ko’z yoshlar bilan yuvilib ketsa-yu, birinchi prezidentimizni bizga qaytarib bersa lekin ming afsuslar bo’lsinki, buni aslo iloji yoq. Shiddat bilan oqib turgan ariqdagi suvni teskarisiga oqmasligi singari, qancha harakat qilmaylik bobomizni ham ortga qaytarib bo’lmaydi.   Bizlardan talab qilinadigan narsa shuki, xudodan bobomizni ruhlarini shod, ohiratlarini obod qilishni, yotgan joylarini jannatdan bo’lishini parvardigordan so’rab qolamiz.
  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiyatchunoslik fakulteti 3 bosqish talabasi Tohirov Alpomish.
Foydalanilgan  adabiyotlar ro’yxati:
  1. Islom Karimov. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. Toshkent – “O’zbekiston” – 2011.
  2. Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent “Ma’naviyat” 2008.
  3. Islom Karimov. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”. Toshkent – ”O’zbekiston” – 1995.
  4. Islom Karimov. “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. Toshkent — “O’zbekiston” – 2015.
  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” o’quv-uslubiy qo’llanma. “O’qtuvchi” nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2012.
  6. Islom Karimov. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. “Sharq” nashriyot – matbaa kontserni bosh taxririyati. Toshkent – 1998.
  7. Islom Karimov. “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”. “O’zbekiston” Toshkent – 
  8. Jalolov, Q. Xonazarov. “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at”. “Sharq” nashriyot – matbaa kontserni bosh taxririyati. Toshkent – 1998.
  9. G’ulomov, R. Ubaydullayeva, E. Axmedov. “Mustaqil O’zbekiston”. Toshkent – “Mehnat” – 2001.
  10. islomkarimov.uz
  11. ziyouz.com
  12. uza.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.