топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekistonning tashrif buyurish kerak bo‘lgan 10 ta ajoyib nuqtasi (fotogalereya)

Блог им. malika92
“Kommersant.uz” O‘zbekiston haqidagi sharhlar va yo‘lko‘rsatkich kitoblarda tilga olinmaydigan arxeologik, tabiiy va me’moriy yodgorliklarni keltirib o‘tdi.
Xo‘ja Gurgur ota massivi
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Surxondaryo viloyatidagi Boysuntov tizmasida joylashgan, 3720 metr balandlikka ega massiv yovvoyi tabiat oshyoni hisoblanadi. Unga Boysundan Olachopon, Qayroq va Dibolo qishloqlari orqali borish mumkin, ammo bu yo‘l massivning qiya nishabiga eltadi, u orqali cho‘qqiga ko‘tarilish uchun esa insondan katta mahorat va kuch-bardosh talab etiladi. Ikkinchi yo‘l Darbant darasidan o‘tib, Machay, Qizil Novur va Kentala qishloqlaridan chiqadi.
Maydanak baland tog‘ observatoriyasi
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

1970-yilda Shahrisabzdan 45 km janubroqda, Maydanak platosining g‘arbiy qismida qurilgan. Observatoriya Shimoliy yarim shardagi eng yaxshilaridan biri: bu yerda to‘rtta kometa, 80 dan ortiq asteroid, yangi “Samarqand” kichik sayyorasi kashf qilingan.
Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Mo‘ynoqqa Nukus orqali boriladi. Ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l taxminan 220 km. Nukusdan Mo‘ynoqqa har kuni ertalab avtobus qatnaydi.
I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Rus avangardi kolleksiyasi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik muzey Nukusda joylashgan. 1966-yilda rassom va san’atshunos Igor Savitskiy shahar hukumatini muzey yaratish zarurligiga ishontira oldi. Ajratib berilgan binoni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirladi va turli janrdagi asarlarni sotib olib, kolleksiya yaratishga kirishdi. Hozirda kolleksiya 90 mingta turli eksponatlardan iborat, ular orasida Luvrdagi eksponatlarning aynan nusxalari bor.
Derbent darasi
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Derbent yoki Darband darasi Surxondaryo viloyati Boysun tumani atroflarida joylashgan. Daraga kirishda Zindonak g‘ori bo‘lib, u yerda mahbuslar saqlangan. Undan tor yo‘l orqali Xo‘jamoy ota ziyoratgohiga o‘tiladi.
Shahrisabzdagi Oqsaroy
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Oqsaroy Amir Temurning ona shahri Shahrisabzdagi qarorgohi bo‘lib, 24 yil davomida qurilgan. Saroy bir nechta hovlilardan iborat bo‘lib, ular atrofida xonalar joylashgan. Oqsaroqning kirish peshtoqidagi arka O‘rta Osyodagi eng yirigi bo‘lgan, u 300 yil avval qulab tushgan. Ayni paytgacha saroydan faqat ikkita tarqoq minora qolgan, xolos.
Arashan ko‘llari
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Toshkent viloyati Qirg‘iziston va Namangan viloyati bilan tutashgan joyda 3000 metrdan yuqoriroq balandlikda Arashan ko‘llari joylashgan. Arashan radon konlaridan sal teparoqda so‘fiylar ziyoratgohi joylashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, ulkan tosh va tog‘ echkisi shoxlari bilan bezatilgan qabr — muqaddas Arashan buvining qabri.
Termizdagi budda ibodatxonalari
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Eski Termiz qadimiy shahridan shimoli-g‘arbda 1963-yilda buddiylik ibodatxonalari majmuasi topilgan. Majmua maydoni 1,5 kvadrat kilometrni tashkil etib, ibodatxonalar va xo‘jalik inshootlaridan iborat, ular eramizdan avvalgi III—I asrlarga tegishli.
Urung‘och nefrit ko‘li
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Ug‘om-Chotqol milliy bog‘ida, 1227 metr balandlikda joylashgan noyob tabiiy suv havzasi. Undagi suv nefrit tusida jilolanadi. “Urung‘och” uyg‘ur tilidan “yorqin nefrit” deb tarjima qilinadi.
Hazrati Dovud g‘ori
Foto: “Kommersant.uz”
Foto: “Kommersant.uz”

Samarqanddan 40 km janubi-g‘arbda, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan g‘orga yetib borish uchun 1303 ta zinadan chiqish va yana 200 ta zinadan tushish kerak. Bu yerda Dovudning qo‘l va oyoq kaftlari izini ko‘rish mumkin, ularga qo‘l tekkizish, rivoyatlarga ko‘ra, niyatlar ushalishiga olib keladi.
Manba

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.