топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

So'zmulkining sultoni

Navoiyni anglash
Bugun 2017 yil 6 fevral sanasida Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida Buyuk daho, sharqning so’nmas yulduzi, dunyoni o’z asarlari va ijod bilan lol qoldirgan shoir va so’zmulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 576 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib  o’tdi.
 
Bobokalonimizning betakror, chuqur falsafaga ega bo’lgan komillik haqida o’y-u qarashlari, inson tarbiyasida  uning  go’zal xulqi barcha qarashlardan yuqori turishini takidlab o’tkan, inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan bunday qarashlar insoniyat uchun qadrlidir. Birgina quloq uchun eng go’zal dur deb tariflagan “so’z” ning naqadar qudratli kuchga ega ekanligi haqida misollarning o’zi qancha!?
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan tashkil etilgan tadbir mehmonlaridan biri  teatr va kino aktrisasi Dilnoza Kubayeva shunday so’z oldilar:
Menimcha hozirgi kunga qadar men ishtirok etkan talaba yoshlar tomonidan tashkil etilgan tadbirlar ichida eng saviyali va maromida ijro etilgan sahna ko’rinishi aynan bugun mana shu universitetda bo’lib o’tdi. Bugungi tadbirda mehmon sifatida ishtirok etib shuni bildimki, bizning yoshlar haqiqiy o’z ajdodlarining davomchilar…iqtidorli, qiziquvchan, ko’zlarida nur porlab turuvchi bunday yoshlarning borligi biz kabi xalq xizmatida yuradigan kichkinagina aktrisalarni ko’zlarini quvontiradi. Yana shuni aytib o’tmoqchimanki aynan Alisher Navoiydek buyuk daho bizning bobomiz ekanligi bizga faxr tuyg’usini beradi va bu faxr bizning yuragimizda, go’zal qalbimizda qolmog’I lozim.
Dilnoza Kubayeva o’z fikri bilan o’rtoqlashar ekanlar ayni paytda aynan Alisher Navoiy hayotiga bag’ishlangan  spektaklda(to’qima obraz) Guli ro’lini ijro etish aynan ularga nasib qilganini aytib o’tdilar.
Va unga berilgan monologdan parcha keltirib o’tdilar.

Tadbirda Universitet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, shoirning barcha uchun yod bo’lib ketgan g’azal-u ruboiylari, masnaviy-u fardlar ham o’zbek ham ingliz tilida yoddan aytib o’tildi. Yuqori saviyada olib borilgan tadbir, ishtirokchilar va mehmonlar uchun manzur keldi. Talabalarning bu kabi tadbirda faol ishtirok etishlari, o’z iqtidori, nutq ma’daniyatini ko’rsata bilishlari biz kabi bilimga chanqoq yoshlarni o’z ustida yanada ishlashga turtki bo’ladi degan umiddaman.
 
P/S Bu kabi tadbirlar yanada ko’proq tashkil etilishini tilab qolamiz.
 

1 изоҳ

avatar
shunday tadbirlar yanada ko’proq tashkil etilishini hoxlar edim
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.