топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Namunali bitiruvchilar taqdirlandi

номли блог ttymi-man

«Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» fakulteti bitiruv kechasi tadbirini tashkil etdi. Unda “TTE va TL” fakulteti dekan o‘rinbosarlari N.K. Aripov, D.X. Rixsiev, M.N. Masharipov, professor – o’qituvchilar hamda bitiruvchi talabalarishtirok etdi.
Ma’naviy — ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.K. Aripov so‘zga chiqib yig‘ilganlarni imtihon va sinovlardan muvaffqiyatli o’tgani bilan muborakbod etdi.
To’rt yil davomida o‘zining namunali xulqi, a’lo o‘zlashtirishi va davomati bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelgan barcha talabalarni taqdirlab, ota – onalariga minnatdorchilik xatlarini topshirdi.
Shuningdek, fakultet dekan o‘rinbosari D.X. Rixsiev ham so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarni bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqqiyatli himoya qilib olganliklari bilan qutlab, ularning kelgusi hayotlarida va mexnat faoliyatlarida katta zafarlar tiladi. Institutda olingan nazariy ko‘nikmalarini amaliyotga tadbiq etishlarida kattadan — katta muvaffaqqiyatlar tiladi.
Talabalar tomonidan ham fakultet rahbariyati va dekanat xodimlariga, professor – o‘qituvchilarga iliq va samimiy fikrlar bildirildi.
Talabalar professor – o‘qituvchilarining ishonchlarini oqlashga va kelajakda O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirdilar.
Institutda an’anaga aylangan “Talabalik bahori” festivalida faol ishtirok etgan talabalarga ham N.M. Masharipov tomonidan iliq fikrlar bildirildi. U o‘z nutqida fakultet uchun o‘z mehnatlarini ayamay, sidqidildan shu kabi konkurs va festivallarda o‘z mahoratlarini namoyish etgan talabalarga minnatdorchiligini bildirdi, esdalik sovg‘alar va maqtov yorliqlari topshirildi.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.