топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Samo bilan bo’ylashar varragim” tanloviga marhamat!

Samo bilan bo‘ylashar varragim / Мой воздушный змей парит в небесах
 
UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi  “Samo bilan bo’ylashar varragim” tanlovini e'lon qiladi!
 
 
Murojaat etishingiz uchun  telefon: ( 998 71) 246 0470

Tanlov shartlari:
Bu shartda ishtirokchilar “Samo bilan bo‘ylashar varragim“ mavzusida  yaratgan o‘z ijod namunalari (maqolalari) bilan ishtirok etadi. Maqolalar Fikr.uz saytida “Samo bilan bo‘ylashar varragim” nomli yaratilgan blogda joylashtiriladi. Maqolaning audio varianti (muallif tomonidan o‘qilishi shart)  baholash mezoniga ijobiy ta’sir etadi. Audio faylga yuklanishi va maqola tagida havola ko‘rsatilishi lozim.
Maqolaga bo‘lgan talab: 
•        Ijod namunalarning hajmi 2000 dan 4500 simvolgacha (probellarni hisobga olganda)  bo‘lishi,  Times New Roman shriftda, 13 hajmda yozilishi;
•        Fotolavhalar ham ijobiy baholanadi; 
•        Maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi;
•        Maqolada o‘quvchi-talabaning familiya, ismi va sharifi, elektron manzili va telefon raqami (ta’lim olayotgan bo‘lsa ta’lim muassasa nomi) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
 Tanlovda O‘zbekiston Respublikasidagi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan  internet foydalanuvchilari qatnashishi mumkin.

 Tanlov 2017-yil 10-martdan 5-aprelgacha o‘tkaziladi. Tanlovga kelib tushgan maqolalar 31 martgacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari Fikr.uz saytida 5 aprel sanasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg'alar bilan UZINFOCOM Markazida taqdirlanadi. (G'olib ishtirokchilar sovg'alarni olish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Markazga tashrif buyurishi lozim!).
 
P/S Tanlovda ishtirok etish uchun Nizomni o'qib chiqishingizni so'raymiz.
 
Nizom
 
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.