топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Umumiy huquq nazariyasida huquqiy munosabatlar o`zaro huquq va majburiyatlar bilan bog’liq bo`lgan sub`ektlar o`rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqa sifatida ta`riflanadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari doimiy ravishda mehnat huquqi normalari asosida faoliyat yuritadi.
Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi barcha ijtimoiy munosabatlar mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solingan bo`lib, ular doimo mehnatga oid huquqiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatning har bir turkumi mazmuni jihatidan o`ziga xos huquqiy xususiyatga ega bo`lib, u davlatning normativ-huquqiy hujjatlari ta`siri natijasida kelib chiqadi.
Umumiy tarzda tan olingan va mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar;
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan ish beruvchilar o`rtasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid huquqiy munosabatlar;
Ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar;
Korxonada kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga oid munosabatlar;
Mehnat muhofazasini nazorat etishga oid huquqiy munosabatlar;
Mehnat nizolarini ko`rishga oid protsessual huquqiy munosabatlar.
Mehnat huquqi normalarining qo`llanilishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlarning barchasini mehnatga oid huquqiy munosabatlar deya tariflash mumkin.
Mehnat huquqining mazmun-mohiyati va asosiy o`zagini xodimlarning mehnatga oid munosabatlari tashkil etadi.
Ularning boshqa munosabatlardan farqi shuki, bu munosabatlar  xodim mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanilishi natijasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar sifatida namoyon bo`ladi, chunki mehnat jarayonida unga nisbatan huquq normalari qo`llaniladi. Natijada xodim mehnat sohasida muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar uzluksiz davom etgani sababli harakat yoki topshiriq bajarilgach, tamom bo`lmaydi. Bu munosabatlar shu jihati bilan boshqa, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan farq qiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar topshiriq, pudrat shartnomasi, mualliflik haqidagi shartnoma bajarilgach tugaydi. Mehnat munosabatlari esa uzluksiz ravishda va belgilangan tartibda davom etaveradi.  
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar o`z sub`ektiga ega va aynan shu sub`ektlarning huquq va majburiyatlari mehnatga oid huquqiy munosabatlarning mazmun — mohiyatini tashkil etadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning huquqiy shakli sifatida xodim bilan ish beruvchi o`rtasida mehnat yuzasidan kelib chiqadi.
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.