топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat shartnomasining taraflari

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Mehnat shartnomasining taraflari Mehnat kodeksining 72-moddasida ko`rsatilgan.
Quyidagilar, mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi: xodim 16 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxlar (Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining o`quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma`naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta`lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o`qishdan bo`sh vaqtida bajarishi uchun — ular o`n besh yoshga to`lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o`rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladi);
            Ish beruvchi-korxona, jumladan, uning rahbarlari timsolida, korxonaning alohida tarkibiy bo`linmalari, mulkdorning o`zi ayni vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 18 yoshga to`lgan  ayrim shaxslar.
            Umuman, qonunchilikda 16 yoshga to`lgan shaxslarning ishga qabul qilinishi belgilangan. Demak, fuqarolarda mehnatga oid huquqiy layoqat ular 16 yoshga to`lgandan boshlab vujudga keladi, Fuqarolarda huquqiy layoqat va muomala layoqati vujudga kelishi masalasida ham mehnat huquqi fuqarolik huquqidan farq qiladi. Chuchonchi, Fuqarolik  huquqida huquqiy layoqat bilan muomala layoqatining paydo bo`lishi davri o`rtasida vaqt nuqtai nazaridan ma`lum tafovut bo`lsa, mehnat huquqida bu ikki kategoriya bir-biri bilan uzviy bog’liq  va bir paytda vujudga keladi. Chunki har qanday jonli mehnat va bir individiumning shaxsiy erkiga bog’liq faoliyatdir.  Shuning uchun ham mehnat majburiyatlari vakillari orqali amalga oshirilishi mumkin emas. Fuqarolik huquqida esa, aksincha, bunga yo`l qo`yiladi. Masalan, topshiriq shartnomasini olib ko`raylik. Bu shartnomaga binoan, vakillar topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobiga harakat qilish burchini olgani sababli o`ziga berilgan vakolat doirasida bajargan barcha qonuniy harakatlari topshiriq beruvchi uchun bevosita huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi.
            Taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari yig’indisi mehnat shartnomasining mazmunini tashkil etadi. Mehnat shartnomasi quyidagi ikki shart asosida tuzilishi mumkin: 1) asosiy shartlar, ya`ni bularsiz Mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas; 2) qo`shimcha (ixtiyoriy) shartlar, ya`ni bular haqida kelishish majburiy emas.
            Mehnat shartnomasi mazmuni taraflar kelishuvi bo`yicha, shuningdek mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Asosiy shartlar mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.
            Quyidagilar Mehnat shartnomasining shartlari hisoblanadi:
            - ish joyi, ya`ni hodim ishga qabul qilinayotganda korxona, muassasa tashkilotning nomi;
            - xodimning mehnat vazifasi mazmuni lavozim yo`riqnomasi, malaka ma`lumotnomasi  va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutahasislik, malaka yoxud lavozimga oid ish;
            - ishning boshlanish kuni — qonun hujjatlariga muvofiq tuzulgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan taqdirda, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay, ishga tushishi lozim.
            Mehnat haqi miqdori va boshqa shartlar.  Mehnat haqi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo`lmasligi, uning eng ko`p miqdori esa chegaralanish mumkin emas;
            - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, ayrim mehnat shartnomalarini tuzishda zarur shartlar ro`yxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasini tuzishda ishning nafaqat boshlanish sanasi, balki uning tomom bo`lish sanasi ham qayd etiladi. Xodimning muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab ishga qabul qilishda u bajarishi lozim bo`lgan ish aniq ko`rsatilishi zarur. O`rindoshlar bilan mehnat shartnomasini tuzishda qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan eng ko`p muddat doirasida bajarilishi lozim bo`lgan kundalik ishning aniq muddati belgilanadi. Shunisi ham muhimki, mehnat shartnomasini tuzish paytida hodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasida pasaytirilishi mumkin emas.
            Yuqorida ta`kidlanganidek, taraflarning kelishuvga ko`ra, Mehnat shartnomasida qo`shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular taraflarning majburiyatlarini aniqlash, ularni to`ldirish, xodimga qo`shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishni nazarda tutishi mumkin.
            Qo`shimcha shartlar quyidagilar kiritilishi mumkin:
            - xodimgi mehnat sharoitlari belgilangan  YATMM va MM da nazarda tutilgan qo`shimcha mehnat majbariyatlarini yuklash;
            - bir necha kasbda ishlar tartibi va shartlari ko`rsatilgan  mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida ber necha kasbda ishlash;
            - xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan taqdirda, sinovnnig aniq muddati belgilanishi;
            - xodim yuqori malaka uchun, agar bu amaldagi qonun xujjatlarida, jamoa shartnomasida yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, murakkabroq ishlarni bajarish bilan bog’liq bo`lgan mehnatga haq to`lashning yuqoriroq miqdorini yakka tartibda belgilash;
            - xodim uchun belgilangan ish vaqti;
            - qo`shimcha haq to`lanadigan va haq to`lanmaydigan dam olish kunlari ti`tillar berish;
            - ijtimoiy - maishiy tusdagi shartlar;
 
            - muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka qo`llash.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.