топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat shartnomasining aralash fuqarolik huquqiy shartnomalaridan farqi

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqlab olish murakkab bo`lgan hollarda uning quyidagi belgilari asos qilib olinishi mumkin:
            Birinchidan, xodim Mehnat shartnomasiga muvofiq, qandaydir ishni bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan ixtisos, malaka yoki lavozimga oid ishni, ya`ni belgilangan mehnat vazifasini bajarish majburiyatini oladi (agarda mehnat shartnomasida bir necha kasbni bajarish to`g’risida kelishilgan bo`lsa, u ikkita yoki undan ko`proq vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olishi mumkin).
            Mehnat shartnomasining bu sharti xodimning korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga, muayyan muddatga bo`lsada, rasmiy jihatdan korxonaga qabul qilinganidan, mehnat jamoasi tarkibi ro`yxatiga kiritilganidan qat`i nazar, mazkur jamoaga qo`shilganini anglatuvchi hamda boshqa shartnomalardan farqini bildiruvchi asosiy belgisi hisoblanadi.
            Mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim mehnat tarkibi qoidalariga bo`ysungan  muayyan ixtisos, malaka, lavozim bo`yicha ishni bajarish majburiyatini oladi. Mehnat intizomiga bo`ysunish esa faqat mehnatga oid huquqiy munosabatlarga xosdir.
            Ikkinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim belgilangan mehnat shartnomasini bajarish, ya`ni belgilangan ish vaqti davomida ishlash, o`rnatilgan ishlab chiqarish normasini bajarish majburiyatini oladi. Korxona o`rnatilgan ichki mehnat  tartibi qoidalariga bo`ysungan  muayyan ixtisoslik, malaka, lavozimiga oid ishni bajarishi uning shu korxonaning xodimi sifatida, ya`ni mehnat shartnomasi asosida ishlashini bildiradi.
 
            Uchinchidan, xodimning mehnat shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlari qat`iy belgilab qo`yilgani sababli uning bajarilishi boshqa shaxsga topshirilishi aslo mumkin emas.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.