топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat huquqining uslubi va vazifalari

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda huquqshunoslikning ushbu sohasida qo`llaniladigan uslubning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko`rsatib o`tish mumkin:
Birinchidan, bu mazkur munosabatlarni tartibga solinishini markazlashtirilgan hamda lokal normalar uyg’unlashtirilgan holda qo`llaniladi.
Ikkinchidan, bu uslub mehnatga oid munosabatlarning qonunlar va shartnomalar asosida tartibga solish jarayonida uzviy bog’liqligida namoyon bo`ladi. Bu xol Mehnat Kodeksining 4-modda 2-qismida yaqqol ifodalangan.
Uchinchidan, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda korxona mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirok etishi belgilab qo`yilgan.
To`rtinchidan, Mehnat Kodeksining 10 — moddasida munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga solishda halqaro huquqiy normalar, shuningdek, davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo`llanishi nazarda tutilgan.
            Agar O`zbekiston Respublikasining  halqaro shartnomasida yoki Halqaro Mehnat tashkilotining O`zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyasida xodimlar uchun mehnat to`g’risidagi mamlakatimizda qabul qilingan qonun va boshqa normativ xujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo`lsa, u holda halqaro shartnoma yoki konventsiya qoidalari qo`llaniladi.
             Mehnat huquqi uslubining dastlabki belgisi — bu mehnat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning markazlashtirilgan va lokal usullarining uyg’unlashtirilgan holda qo`llanishida namoyon bo`ladi.
             Mehnat Kodeksining 9-moddasida ta`kidlab o`tilganidek, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va uning xududiy bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
            Mehnatga oid munosabatlarini lokal usulda huquqiy jihatdan tartibga solishda korxonadagi ish vaqti rejimini, mehnat ta`tili grafiklari, jamoa shartnomasining mazmuni va shartlari, markazlashtirilgan tartibdagi normativ xujjatlarda belgilangan xodimlarning qo`shimcha imtiyoz va kafolatlari aks ettiriladi. Bunda, bir tomondan ish beruvchi, ikkinchi tomondan esa, mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirok etadi.
             Ma`lumki, mehnat huquqi muayyan vazifalarni bajaradi. Mehnat huquqining vazifalari deganda, huquqiy jihatdan ta`sir o`tkazishning asosiy yo`nalishlari tushuniladi. Bu xol muayyan huquq normasining jamiyat hayotida qanday ahamiyat kasb etishi va aynan nimaga xizmat qilishini anglatadi.
Mehnat huquqi quyidagi ikki vazifa: ishlab chiqarish va himoyalashni bajaradi.
Umuman olganda, mehnat huquqi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy — tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan uning:
-iqtisodiy vazifasi ishlab chiqarishga ta`sir o`tkazish orqali namoyon bo`ladi;
-siyosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonida xodimlar ijtimoiy — siyosiy faolligining oshishida aks etadi;
-g’oyaviy tarbiyaviy vazifasi ijtimoiy mehnatning takomillashuvi hamda xodimlarni ma`naviy — ma`rifiy tarbiyalashda ifodalanadi;
ijtimoiy vazifasi mehnat qilish huquqining erkinligini ta`minlashda namoyon bo`ladi.
 
Mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan bunday ijtimoiy munosabatlar xuddi shu huquq nomalari bilan birgalikda mehnat huquqi fanining predmetini tashkil etadi. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.