топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat huquqining tizimi

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Mehnat huquqi tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy jihatdan asoslangan tarzda joylashish tartibi va klassifikatsiyasi tushuniladi. Bu tizim ikki qismga: umumiy va maxsus qismga bulinadi.
       Umumiy qismda mehnat huquqi tushunchasi va predmeti, usullari, asosiy vazifalari, asosiy manba va tamoyillari, mehnat huquqining sub`ektlari, mehnatga oid huquqiy munosabatlar, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomasi va kelishuvlari kabi institutlarga taalluqli huquqiy nomalar o`rganiladi.
      Maxsus qismda esa, mehnatga oid munosabatlarning  alohida jihatlarini boshqaruvchi yoki ular bilan bog’liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo`lgan institutlar va o`ziga xos huquqiy normalar o`rganiladi. Ular jumlasiga:
aholini ishga joylashtirish;
mehnat shartnomasi(kontrakt);
ish vaqti;
dam olish vaqti;
mehnatga haq to`lash;
kafolatli to`lovlar va kompensatsiya to`lovlari;
mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi;
mehnat intizomi;
mehnat muxofazasi;
ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo`shimcha kafolat va imtiyozlar;
mehnat nizolari kabi institutlar kiradi.
Mehnat huquqi tarmog’i va mehnat qonunchiligi tizimlari o`rtasida muayyan farq mavjudligini ta`kidlab o`tish lozim. Mehnat huquqi tizimi asosan huquqiy normalar majmuasini o`z ichiga qamrab olsa, mehnat qonunchiligi tizimi esa mehnatga oid barcha xujjatlarni qamrab oladi.
 
             YUridik adabiyotda mehnat huquqi fanining tizimi, predmeti  va mazmun — mohiyati jihatidan mehnat huquqi hamda mehnat qonunchiligi tizimlariga qaraganda kengroq ekani e`tirof etilgan.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.