топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy va ijtimoiy ta`minot huquqlaridan farqi

Mehnat huquqi
Қонунчилик
Ma`lumki, hayotda ijtimoiy munosabatlar bir biri bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo`ladi. Shu bois muayyan ijtimoiy munosabatlar huquqning qaysi sohasiga taalluqli ekanini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, mehnatga oid munosabatlarga fuqarolik — huquqiy munosabatlar juda yakin turadi.   
Fuqarolik — huquqiy munosabatlarning ob`ekti — muayyan mehnat topshirig’ini bajarish yoki xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan holatlarni o`rganish va tartibga solishda mujassamlashadi.
            Odatda uning ob`ektlari sirasiga, birinchidan, ashyolar, ikkinchidan, harakatlar, uchinchidan, ijodiy mehnat natijalari, to`rtinchidan, mulkiy harakterga ega bo`lmagan shaxsiy huquqlar kiradi.
            Ayni vaqtda mehnat huquqi bilan ma`muriy huquq o`rtasida muayyan farq va o`zaro bog’liqlik mavjudligini aytib o`tish lozim. Mehnat huquqining ma`muriy huquqdan asosiy farqi shundaki, ish beruvchining butun xokimiyati muayyan korxona doirasi bilan cheklangan. SHunday ekan, u faqat shu korxona xodimlariga nisbatan qo`llaniladi, ma`muriy huquq nomalari esa barcha fuqarolarga tadbiq etiladi.
            Mehnat huquqi bilan qishloq xo`jaligi huquqi orasidagi farqni ajratishda jiddiy qiyinchiliklar vujudga keladi. CHunki mehnat huquqi mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga soladi. Qishloq xo`jaligi huquqi esa qishloq xo`jaligi kooperativi (sharkat) a`zolarining mehnati bilan bog’liq munosabatlarini tartibga soladi.
            Mehnat huquqi ijtimoiy ta`minot huquqidan tubdan farq qiladi. Birinchi galda, ular har ikki huquq sohasida qo`llaniladigan uslub jihatidan farqlanadi. Ijtimoiy ta`minot huquqi uslubining o`ziga xosligi shundan iboratki, bu huquq sohasi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar shartnomaviy negizga tayanmaydi va asosan markazlashtirilgan huquqiy normalar orqali tartibga solinadi.   

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.