топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehnat huquqi tushunchasi

Mehnat huquqi
Қонунчилик
 
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida yetakchi o`rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi.
Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari  bilan ajralib turadi:
Mehnatga oid munosabatning sub`ekti — xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi.
Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim o`rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida — talablariga bo`ysunishi  mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri.      
Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada,  ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi.
Xulosa qilib aytganda,  mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi.
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga:                      
Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni;
Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ;
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni;
Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni;
Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Mehnat sohasidagi tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda, odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi.
Ishga joylashtirishga doir munosabatlaro`rta umuta`lim, hunar texnika bilim yurtlari, texnikumlarni tamomlagan yoshlarni, urush nogironlari va qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, iste`foga chiqqanlarni, shuningdek jazoni o`tab bo`lgan shaxslarni, mehnat va ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi, korxonalarning bankrot bo`lishi oqibatida ishdan bo`shatilgan kishilarni hamda aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi.
Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir munosabatlarasosan xodimlarning o`qishi, muayyan kasb yoki mutaxassislikka ega bo`lishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan  o`z malakasini oshirishi jarayonida shakllanadi.
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlar. Bu kabi munosabatlar amalda vakolatli davlat idoralarining korxonalarda mehnatni muxofaza qilish va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilish jarayonida namoyon bo`ladi.
 
Mehnat nizolarini hal qilishga doir munosabatlar. Bunday nizolar asosan mehnatni tashkil qilish, shart — sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonida yuzaga keladi. Ko`pincha mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim o`rtasida vujudga kelgan kelishmovchilik o`z vaqtida hal qilinmagan taqdirda ro`yobga chiqadi. Ammo mehnat nizolari jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.