топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Korxonada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir huquqiy munosabatlar

Mehnat huquqi
Қонунчилик
“Aholini ish bilan  ta`minlash to`g’risida”gi qonunda ta`kidlanganidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarda stipendiya to`lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi, ularning mehnat qilish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Shogirdlikka oid huquqiy munosabatlar tuzilgan shartnoma asosida kelib chiqadi va ular ishsiz fuqaroni yangi kasbga o`qitish bilan bog’liq bo`ladi. Bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishi, ularni ijtimoiy foydali ish bilan ta`minlashga ko`maklashuvchi eng muhim omili, aholini ijtimoiy himoya qilish izchil choralaridan biri sifatida qaralishi lozim. SHu munosabat bilan, O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligida 1999 yil 2 iyulda 762-sonli raqam bilan ro`yxatga olingan. Mazkur nizomda O`zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o`qitish va qayta o`qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi belgilangan. Nizomda ko`rsatilishicha, bu tizim tarkibiga:
- O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan shug’ullanadigan tuzilmaviy bo`linmalari;
- mehnat organlarining joylardagi o`quv markazlari;
- korxona, muassasa, tashkilotlarning o`quv bo`linmalari;
- oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari;
- tegishli ruxsatnomaga ega bo`lgan tijorat va xo`jalik hisobidagi tashkilotlar, uyushmalar;
- shogirdlikka kasb o`rgatish imkoniyatlariga ega bo`lgan “hunarmand”uyushmasiga a`zo bo`lgan tadbirkor halq ustalarining maktablari.
            Mehnat organlarida ro`yxatga olingan va ishsiz deb e`tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
            - ishsiz shaxs zarur kasb, malakaga ega bo`lmagani tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo`lmaganda; 
            - ishsiz shaxsning kasb ko`nikmalariga mos keladigan ish yo`qligi sababli kasbini o`zgartirish zarur bo`lganda;
            - ishsiz shaxs kasbga bog’liq bo`lgan kasalligi tufayli, uzoq tanaffusdan keyin ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar joriy qilinishi munosabati bilan avvalgi kasbi bo`yicha ishlash qobiliyatini yo`qotganda.
            Bu qoida, uning turidan qat`i nazar, pensiya olish huquqiga ega bo`lgan va mehnat organlarida ro`yxatdan o`tgan shaxslarga ham joriy qilinadi. Ularning mehnat organlari orqali ish qidiruvchi shaxs sifatida ro`yxatga olinish huquqi saqlab qolinadi.
“Aholini ish bilan ta`minlash haqida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq, ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish mehnat organlarining yo`llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Mahalliy mehnat organida ro`yxatga olinib, ishsiz sifatida e`tirof etilgan shaxslarning huquqlari shundan iboratki, ular shu organning mutaxassislari tomonidan kasb tanlash va kasbga muvofiq ta`lim olish imkoniyatlariga, bepul maslahatlar olish, davlat mablag’lari hisobidan yangi kasbni egallash yoki malakasini oshirish imkoniyatlaridan to`liq foydalanadi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.