топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+104.06
avatar

Қариси бор уйнинг париси бор

Батафсил

Кексаларга барча шароит яратилган маскан

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Пойтахтимиздаги “Чинобод” санаториясида дам олаётган икки отахоннинг суҳбати диққатимни тортди. 

– Бугунги фаровон ҳаётимизнинг қадри бўлакча. Болалар, неваралар, эвараларимни кўриб ҳавасим келади: ўқияпти, дунё кўряпти. Қайси ишга қўл урмасин, барча имконият бор. Юртимиз тинч -тотув, дастурхонимиз тўкин. 

– Нимасини айтасиз, илгарилари ота-оналаримиз қариликни бўйнига олиб, уйдан ташқарига чиқмас эди. Бугун Юртбошимиз бошчилигида биз, нуронийларга алоҳида меҳр-эътибор кўрсатилаётир. Биз каби кексалар ҳар томонлама қўллаб-қувватланмоқда. Бир йилда бир марта хоҳлаган санаторияда бепул даволаниш имконияти яратилди. Шунинг учун ҳам сизу биз мана шундай роҳатижон масканларда соғлиғимизни тиклаб, мароқли ҳордиқ олиб ўтирибмиз-да. Ёши улуғ инсонларнинг саломатликлари учун қайғуриб, тиббий кўрикдан ўтишимиз, муолажа олишимиз учун елиб-югуриб хизмат қилаётган шифокорларни дуо қиламиз.

Кексаларни эъзозлаш - миллий қадриятларимиздан бири

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
2015 йил 22 сентябр куни Яшнобод туманидаги “Усмон Носир” маҳалла фуқаролар йиғини мажлислар залида. “Кексаларни эъзозлаш — миллий қадриятларимиздан бири” мавзусида маънавий-маърифий тадбири бўлиб ўтди  тадбирда  ЎзМТДП Тошкент шаҳар Яшнободтуман Кенгаши, “Усмон Носир”маҳалла фуқаролар йиғини раиси ва аёллар қаноти бўлими қатнашди. Тадбирда бизнинг мамлакатимизда кекса авлод вакилларига эътибор ва ғамхўрлик, ҳурмат-эҳтиром, меҳр-оқибат кўрсатиш маънавий ҳаётимизнинг том маънода ажралмас қисмига айлантиришдир.

Кексаларимизга бўлган юксак эътибор

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Маълумки, миллий қадриятларимиздан бири ёши улуғ инсонларни қадрлашдир. Зеро, кексаларнинг олтин ўгитларига амал қилиб яшаш комиллик, турмуш фаровонлигимиз ва тинчлик-осойишта ҳаётимиз гаровидир.
“Қариси бор уйнинг париси бор”, “Қари билганини пари билмас” каби ҳикматли иборалар неча минг йиллар мобайнида ҳаётда ўз исботини топиб келган ҳақиқат эканлигини яхши англаймиз. Аслида ҳам, бир умр меҳнат қилиб, фарзанд тарбиялаб, эл-юрт корига яраб яшаётган ҳар бир инсон кексайганда ҳурмат-иззат кўриб, эъзозланиб, ҳаётидан рози бўлиб яшашга муносибдир.
Халқимиз кексаларни ҳамиша ҳурматлаб, эҳтиром кўрсатади. Ёшларимиз нуронийни кўрса, қўли кўксида, саломга шай, хизматга тайёр туради. Маслаҳати-ю панд-насиҳатига лаббай, дейди танбеҳига доим қулоқ тутади. Уйининг, дастурхонининг тўрини ёши улуғларга атайди.

Нуронийларимиз доимо эътиборда

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Ёши улуғ инсонларга меҳр-эътибор кўрсатиш халқимизга хос азалий фазилат. Бир неча минг йиллик анъана ва қадриятларимизда бу хусусият асосий мезонлардан саналади. Қариси бор уйнинг файзи, баракаси ўзгача бўлади. Оилавий қадриятлар бардавомлиги, қариндош-уруғ ўртасидаги меҳр-оқибат, фарзандлар таълим-тарбиясида уларнинг ўрни жуда катта. 

Президентимиз ташаббуси билан Кексаларни эъзозлаш йили деб эълон қилинган жорий йилда бу қадрият яна ҳам ўзгача улуғворлик касб этиб, юртимиздаги ҳар бир хонадон, маҳаллада ўз ифодасини топмоқда. Ёши улуғ инсонларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, ижтимоий муҳофаза қилиш, уларга муносиб турмуш шароити яратиш, умрига умр қўшиш каби эзгу мақсадлар мужассам “Кексаларни эъзозлаш йили” Давлат дастури асосида бу борада кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. 

Дастурда белгиланган хайрли ишларда юртимиздаги нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳам фаол иштирок этаётгани эътиборлидир. 

Mening bobom,buvim mahallamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
                               Reja:
I.Kirish:
a) 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili.
b) Qarisi bor uyning parisi bor.
II.Asosiy qism:
a)     Bobom va buvim oilamiz qo`rg`oni.
b)     Bobolar o`giti-kelajak mevasi.
c)      G`amxo`rim, shirinso`zim buvijonim.
III.Xulosa:
     Bobo va buvijonimizni sevaylik, qadriga yetaylik.
 
Keksalar o`giti,
    Hayotning negizi.
  “Bu muqaddas vatanda azizdir inson”.
    Darhaqiqat,olam atalmish bu dunyoda har kimning o`z o`rni bor.
   Bolalar tug`iladi,ulg`ayadi,o`smir bo`ladi va kattalar olamida yashab o`z  rizqu-nasibasini terib yeydi. Eng asosiysi avlodini davom ettiradi”-deydilar mening bobom va buvijonim. Men bu so`zlarning ma`nosini unchalik tushunmasamda ,ammo bobomlarning har bir so`zini jon qulog`im bilan eshitaman. Bobom va buvijonimni yoshlari ancha keksayib qolganlar,ammo o`zlari ham dalada mehnat qilib qo`llaridan ketmon tushmaydi.Tinmay mehnat qilib bizni ham shunga undaydilar.Yaqinda bir quvonarli voqea ro`y berdi.5-dekabr kuni Toshkentdagi “O`zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz kirib kelayotgan yangi 2015-yilni “Keksalarni e`zolash yili” deb e`lon qildi.
   Bu xabarni televizordan eshitib o`tirgan bobom va buvijonimning ko`zlaridan yosh chiqib ketdi.Bu sevinch yoshlari edi. Oldimga qo`yilgan ovqatni mazza qilib yeyatgan edim.Bobom va buvimdagi  bu o`zgarishni ko`rib darhol nima gapligini so`radim.Shunda bobojonim ollohimga  ming bora shukr,yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng biz qariyalarga hurmat va e`tibor oshgan. Doimo fikrimizni eshitguchi,bizni dardimizni tinglovchilar bor.
  Nafaqamizni vaqtida olib ,bepul yo`llanma bilan sanatoriyalarga borib dam olib kelayapmiz.
  Buvim esa xursand bo`lgancha, endi yana ham hurmatimiz oshadi.Bizni shuncha qadrlagan yurtboshimiz omon bo`lsinlar,deb dasturxon so`ngida ming-ming duolar bilan fotiha qildilar.
   Yoshim katta bo`lsa ham buvim bilan yotaman.Doimo buvimni ertaklarini tinglab uxlab qolaman,lekin shu kuni buvijonim ertak aytmadilar,bobom bilan ancha paytgacha suhbatlashib o`tirdilar, yoshliklarini eslab bir burda nonga  zor bo`lgan kunlarini xotirlab,bugungi to`kin-sochinlik kunga shukronalik keltirdilar.
 Bobom va buvijonimning menga ertakday bo`lib ko`ringan gaplarini eshitib turib bobomning nega bunday tinimsiz mehnat qilib, doimo bizni ham shunga undashini tushundim.
   To`g`ri-da, qarisi bor uyning parisi bor.Yillar davomida o`rgangan tajribalarini qo`llab uni mustahkam ushlab turadilar. Bobom va buvim- “oilamiz qo`rg`oni “ ,nega deganda bizlarni tarbiyalab, ota-onamizni ham tergab turadi. Ularga halol ishlab, o`z burchini  vijdonan bajarishini aytadilar.
 Otam va onamning yoshlari katta bo`lsa ham bobomning gaplaridan chiqmaydilar, doimo bobom va buvimning hurmatlarini joyiga qo`yadilar.
  Men bobomni quyoshga,buvijonimni farishtaga o`xshataman.
 Yurtimizda ham keksalarni e`zozlab ko’plab ishlar olib borilmoqda. Bu haqida ommaviy axborot vositalarida tinmay ma`lumot bermoqda.
Nafaqat yurtimizda, balki xorij yurtlarda ham anjumanlar bo`lib o`tibdi. Bu haqida men gazetadan o`qib bildim.
 O`zbekiston Respublikasining  Parijdagi elchixonasida mamlakatimizni “Keksalarni e`zozlash yili “ Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishiga bag`ishlangan davra  suhbati bo`lib o`tibdi.Unga  Fransiya tashqi siyosati mahkamasi,akademik va ekspert doiralari Vakillari qatnashibdi. Anjumanda Prezidentimizning 2015 yil 18-fevral kuni tasdiqlangan “Keksalarni e`zozlash” yili davlat dasturidan ko`zlangan maqsad, keksalarning turmush darajasi haqida suhbat bo`lib o`tibdi.
  Bu haqidagi xabarni o`qib juda xursand bo`ldim va bobojonim va buvijonimni yanada yaxshi ko`rib ketdim.
Qalbimdagi iftixorim,
Aslo sinmas g`ururim,
    Siz mehribon tayanchim,
Oftobimsiz bobojonim,
                                                           Farishtam buvijon .
Xulosa o`rnida shuni aytmoqchiman-ki, doimo  bobojonimiz va buvijonimizning duosini olishga harakat qilaylik, xalqimiz aytganidek, oltin olma .duo ol, duo oltin emasmi? Shu haqida biz yoshlar o`ylab ko`raylik va bobolarimiz va buvijonlarimiz so`zlariga amal qilaylik.
 
             Qashqadaryo viloyati Koson tuman XTMFMTTEB qarashli  48-sonli maktab 9-«A» sinf o`quvchisi  Mustafoyeva Rushananing  “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”  mavzusida “Eng yaxshi insholar”  tanlovi Ziyo NET resurs markaziga.
Fan o’qituvchisi: Ergasheva Go`zal
 
Telefon: +99890 6174985   

Mening bobom,buvim mahallamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
                               Reja:
I.Kirish:
a) 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili.
b) Qarisi bor uyning parisi bor.
II.Asosiy qism:
a)     Bobom va buvim oilamiz qo`rg`oni.
b)     Bobolar o`giti-kelajak mevasi.
c)      G`amxo`rim, shirinso`zim buvijonim.
III.Xulosa:
     Bobo va buvijonimizni sevaylik, qadriga yetaylik.
 
Keksalar o`giti,
    Hayotning negizi.
  “Bu muqaddas vatanda azizdir inson”.
 Darhaqiqat olam atalmish bu dunyoda har kimning o`z o`rni bor.
   Bolalar tug`iladi,ulg`ayadi,o`smir bo`ladi va kattalar olamida yashab o`z  rizqu-nasibasini terib yeydi. Eng asosiysi avlodini davom ettiradi”-deydilar mening bobom va buvijonim. Men bu so`zlarning ma`nosini unchalik tushunmasamda ,ammo bobomlarning har bir so`zini jon qulog`im bilan eshitaman. Bobom va buvijonimni yoshlari ancha keksayib qolganlar,ammo o`zlari ham dalada mehnat qilib qo`llaridan ketmon tushmaydi.Tinmay mehnat qilib bizni ham shunga undaydilar.Yaqinda bir quvonarli voqea ro`y berdi.5-dekabr kuni Toshkentdagi “O`zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz kirib kelayotgan yangi 2015-yilni “Keksalarni e`zolash yili” deb e`lon qildi.
   Bu xabarni televizordan eshitib o`tirgan bobom va buvijonimning ko`zlaridan yosh chiqib ketdi.Bu sevinch yoshlari edi. Oldimga qo`yilgan ovqatni mazza qilib yeyatgan edim.Bobom va buvimdagi  bu o`zgarishni ko`rib darhol nima gapligini so`radim.Shunda bobojonim ollohimga  ming bora shukr,yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng biz qariyalarga hurmat vae`tabor oshgan. Doimo fikrimizni eshitguchi,bizni dardimizni tinglovchilar bor.
  Nafaqamizni vaqtida olib ,bepul yo`llanma bilan sanatoriyalarga borib dam olib kelayapmiz.
  Buvim esa xursand bo`lgancha, endi yana ham hurmatimiz oshadi.Bizni shuncha qadrlagan yurtboshimiz omon bo`lsinlar,deb dasturxon so`ngida ming-ming duolar bilan fotiha qildilar.
   Yoshim katta bo`lsa ham buvim bilan yotaman.Doimo buvimni ertaklarini tinglab uxlab qolaman,lekin shu kuni buvijonim ertak aytmadilar,bobom bilan ancha paytgacha suhbatlashib o`tirdilar, yoshliklarini eslab bir burda nonga  zor bo`lgan kunlarini xotirlab,bugungi to`kin-sochinlik kunga shukronalik keltirdilar.
 Bobom va buvijonimning menga ertakday bo`lib ko`ringan gaplarini eshitib turib bobomning nega bunday tinimsizmehnat qilib, doimo bizni ham shunga undashini tushundi.
   To`g`ri-da qarisi bor uyning parisi bor.Yillar davomida o`rgangan tajribalarini qo`llab uni mustahkam ushlab turadilar. Bobom va buvim “oilamiz qo`rg`oni “ ,nega deganda bizlarni tarbiyalab, ota-onamizni ham tergab turadi. Ularga halol ishlab, o`z burchini  vijdonan bajarishini aytadilar.
 Otam va onamning yoshlari katta bo`lsa ham bobomning gaplaridan chiqmaydilar, doimo bobom va buvimning hurmatlarini joyiga qo`yadilar.
  Men bobomni quyoshga,buvijonimni farishtaga o`xshataman.
 Yurtimizda ham keksalarni e`zozlab ko’plab ishlar olib borilmoqda. Bu haqida ommaviy axborot vositalarida tinmay ma`lumot bermoqda.
Nafaqat yurtimizda, balki xorij yurtlarda ham anjumanlar bo`lib o`tibdi. Bu haqida men gazetadan o`qib bildim.
 O`zbekiston Respublikasining  Parijdagi elchixonasida mamlakatimizni “Keksalarni e`zozlash yili “ Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishiga bag`ishlangan davra  suhbati bo`lib o`tibdi.Unga  Fransiya tashqi siyosati mahkamasi,akademik va ekspert doiralari Vakillari qatnashibdi. Anjumanda Prezidentimizning 2015 yil 18-fevral kuni tasdiqlangan “Keksalarni e`zozlash” yili davlat dasturidan ko`zlangan maqsad, keksalarning turmush darajasi haqida suhbat bo`lib o`tibdi.
  Bu haqidagi xabarni o`qib juda xursand bo`ldim va bobojonim va buvijonimni yanada yaxshi ko`rib ketdim.
Qalbimdagi iftixorim,
Aslo sinmas g`ururim,
    Siz mehribon tayanchim,
Oftobimsiz bobojonim,
                                      Farishtam buvijon .
Xulosa o`rnida shuni aytmoqchiman-ki, doimo  bobojonimiz va buvijonimizning duosini olishga harakat qilaylik, xalqimiz aytganidek, oltin olma .duo ol, duo oltin emasmi? Shu haqida biz yoshlar o`ylab ko`raylik va bobolarimiz va buvijonlarimiz so`zlariga amal qilaylik.
 
             Qashqadaryo viloyati Koson tuman XTMFMTTEB qarashli  48-sonli maktab 9-«A» sinf o`quvchisi  Mustafoyeva Rushananing  “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”  mavzusida “Eng yaxshi insholar”  tanlovi Ziyo NET resurs markaziga.
Fan o’qituvchisi: Ergasheva Go`zal
 
Telefon: +99890 6174985   

Нуронийларга бағишланган мусиқий тадбир

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Пойтахтимизнинг Ғафур Ғулом номидаги маданият ва истироҳат боғида Кексаларни эъзозлаш йилига бағишланган “Мумтоз наволар” туркумидан маърифий-мусиқий тадбир бўлиб ўтди. 
“Қўшиқ-ла кўраман оламни” деб номланган мазкур тадбирда Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти ўқитувчиси, Ўзбекистон халқ ҳофизи Оролмирзо Сафаров билан ижодий учрашув бўлиб ўтди. Унга уруш ва меҳнат фахрийлари, нуроний отахон ва онахонлар, мусиқа санъати ихлосмандлари таклиф этилди.

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
 
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
 
Reja:
 1.    Keksalari e’zoz topgan yurt.
 2.    Bobomning o’gitlari – kelajagim poydevori .
 3.    Bobomning mahalladagi o’rni.
 4.   Yurtimizdagi  keksalarning  ikkinchi jahaon  urushida  tutgan  o`rni.
  5.  Qariyalarni  e’zozlab,  duosini  olaylik .
 
    Biz tinch, osoyishta, farovon yurtda yashamoqdamiz. Bizning yurtimizda barcha hur va baxtiyor. Shunday insonlar qatorida keksa nuroniylar ham bor. Bizning yurtimizda qadim – qadimdan keksalarni e’zozlash, ardoqlash yuksak qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar, bu sharafli burchni barcha sharaf ila ado etib kelmoqdalar. Keksa nuroninylarni e’zozlash, ularga mehr – muhabbat va g’amxo’rlik ko’rsatish borasida yurtimizda ko’plab ishlar olib borilmoqda. 2002- yil – Qariyalarni qadrlash, 2015 – yil – Keksalarni e’zozlash davlat dasturlarini amalga oshirilganligi shular jumlasidandir. “Keksalarga e’zoz, ehtirom ko’rsatgan insonlar hech qachon kam bo’lmaydi”, — deydilar. Shunday ekan, yurtimizda ularga ko’rsatilayotgan ehtirom maqsadga muvofiqdir. Keksalar bizning, yurtimizning faxri. Shunday ekan, ularni ko’z qorachig’imizdek asrab -  avaylaylik. Ularning duosini olib yashash barchamiz uchun ulkan baxt va bu baxt barchamizga nasib qilsin!
“Qarisi  bor uyning  parisi  bor”, “Qari bilganni  pari  bilmas”  kabi  hikmatli  naqllarning  yillar  mobaynida  hayotda   o`z  isbotini  topib   kelgan  haqiqat  ekanligi  barchamizga  ayondir. Aslida  ham   bir  umr  mehnat  qilib,  farzand tarbiyalab,  el — yurt koriga  yarab  yashayotgan   har   bir  inson  keksayganda  hurmat– izzat  ko`rib,  e`zozlanib, hayotidan   rozi   bo`lib  yashashga  munosibdir.
   Bobomning  yillar to’zonidan o’tgan, hayotning baland– pastliklarini ko’rgan nurafshon yuzlariga boqqanimda, O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ushbu misralari yodimga tushadi:
 
                              Men Vatanni na kitob, na
                              Jaridadan o’rganganman.
                              Momolarning yuzidagi
                              Xaritadan o’rganganman
 
                             Bobolarning tayog’i-yu
                             Chorig’ini ko’rgandayman
                             Men Vatanni so’rilardan
                             So’qmoqlardan o’rganganman
   
 O’zida olam – olam ma’nolarni mujassam etgan bu sherda, go’yo mening qalbimdagi, ya’ni mening yuragimdan taralayotgan hissiyotlar o’z aksini topgandek. Keksalarimiz bosib o’tgan yo’llari, ularning boshidan kechirgan voqialari bizga katta saboq va ibrat maktabi bo’lib xizmat qiladi. Qolaversa, ularning o’gitlari, dono maskahatlari biz yoshlarni nurofshon kelajak sari etaklaydi. Men shuning uchun ham doimo bobomning nasihatlariga amal qilaman. Bobom: “Bilimli inson hech qachon mag’lub bo’lmaydi, shuning uchun o’qib, izlan hech kimdan kam bo’lmaysan ”, — deydilar. Bobomning bu gaplari menga go’yoki qanot bo’ladi. Ularning bu gaplarini eshitishim bilanoq yanada ko’proq o’qishga, izlanishga harakat qilaman. Bobomning nasihatlari – kelajagim poydevori. Shuning uchun men doimo ularga amal qilaman. Chunki, imorat poydevori qanchalik mustahkam bo’lsa, imorat shuncha mustahkam bo’ladi. Shunday ekan, men bobomning nasihatlari asosida yaratilayotgan kelajagim porloq bo’lishiga ishonaman.
    Mening bobom mahallamizning eng keksa nuroninylaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mahallamizda bobomning hurmati baland. Bobomning ko’pgina yaxshi hislatlari bor. Ulardan biri bu bobomning rostgo’yligi. Bobom insonlarning yaxshi tomonlarini ham, yomon tomonlarini ham yashirmasdan yuzlariga aytadilar. Men bobomning bu hislati bilan faxrlanaman, ammo ba’zi insonlar bobomning bu hislatidan ranjiydilar, lekin bu noo’rin. Chunki tanqid ham insoning yaxshi tomonga o’zgarib, o’z kamchiligini to’ldirishiga ulkan hissa qo’shadi.
 
    To’qson ikki yoshni qarshi olgan bobom, hozirda farzandlari va naberalarining mehri qurshovida. Bizning mahallamizda barcha keksalar e’zoz va ehtiromdalar. Mening bobom ham shular qatoridadir. Men bobomni mahallamiz faxri va iftixori deb bilaman va ular bilan faxrlanaman. Keksa nuroniylarimiz baxtimizga doimo sog’, omon bo’lishsin. Ularning yillar to’zonida toblangan yuzlarida hamisha shodlik nur chochib tursin. Har bir insonga keksalik gashtini surish nasib aylasin! Bu kabi tilaklar O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ushbu she’rida ham aks ettirilgan:
   
                     Har kimning ham sochlariga oq tushsin
                     Ajin tushsin, yuzlariga dog’ tushsin .
                     Har  kimning ham quvvat ketib belidan
                     Qullariga asov bir tayoq tushsin. 
 
 Keksalarni e’zozlash siz – u bizning burchimiz va vazifamiz. Biz ularning qadriga o’z vaqtida yetaylik va ularni qalb qo’rimiz bilan ardoqlaylik.
 
                   Keksalar sanalar mahalla ko’rki,
                   Yurtning obodligi, faxri va fayzi.
                   Oftobday nur sochar ularning yuzi,
                   Keksalar el- yurtning ulkan suyanchi.
 
       Mamlakatimizda  ikkichi  jahon  urushida  halok  bo`lgan  yurtdoshlarimiz  xotirasini yod etish, olovli jangohlardan omon qaytgan, og’ir kunlarni sabr bilan yengan faxriylarimizga yuksak hurmat – ehtirom, mehir – oqibat ko’rsatish milliy qadriyatga aylangan 1999 yili Prizenendimiz tashabbusi bilan 9 – may “xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilinishi, poytaxtimida Xotira maydonining  barpo etilishi mamlakatimizda inson, uning qadr — qimmati bebaho qadryat sifatida e’zozlanishi yana bir bor tasdiqlandi.
 
 Maydonda“Magu alanga” yodgorligi, Motamsaro ona haykali qad roslagan, Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik jangchilarning ismi-  familiyasi bitilgan“Xotira kitobi” o’rnatilgan.
 Shu kunlarda bu tabbaruk maskan har qachongidan gavjum. Har birimiz motamsaro ona haykali qarshisida o’yga cho’mamiz. Uning poyiga bitilgan “Sen doyimo qalbimdasan, jigarim” so’zlari millatimizning xalqimizning qurbon bo’lgan farzandlariga cheksiz ehtiromni anglatib, qalblarimizga doimo aks – sado berib   turadi. Naqshinkor ayvonlar ichida jilo taratib turgan Xotira kitoblarini varaqlab, bugungi tinch, farovon kunlarimiz uchun jonini fido etgan bobolarimiz nomini yoddga olamiz.
 Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug’. barchamiz ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, olovli jangohlardan omon qaytgan bobolarmizga, og’ir kunlarni sabr bardosh bilan yengan, mashaqqatli daqiqalarda ham o’zligini yo’qotmagan. Yurtdoshlarimizga xurmat — ehtrom mehr – oqibat ko’rsatilayotganiga guvoh bo’lib turubmiz. Unutib bo’lmas kechmish saboqlari shukronaga undaydi.
 Xotira va qadrlash tushunchasi mazmun -  mohiyatida xalqimizga xos ezgu fazilatlar mujassam. Shunday ekan, fashizimga qarshi kurashda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz ruhini yod etish, baxtimizga safimizda omon yurgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni qadrlash har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. 
   Xulosa qilib yatganda, yurtimizda o’tib ketgan otaxon-u onaxonlarimizdan, ularni qilgan ishlaridan faxrlanishimiz kerak. Biz bobolarimiz, buvilarimizni yaxshi ko’rishimiz, doimo ularni ahvollaridan xabar olishimiz kerak. Bizning bobo – buvilarimiz hech qachon yomonlik tilashmaydi. Ular bizga doimo yaxshilik tilashadi. Bizning yurtimizda bobo, buvilarimiz borki, ularni qo’llari duoda. Har birimiz shu yurtda tug’ilganmizdan faxrlanishimiz kerak.
         Prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar: ”Keksalarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, og’irini yengil qilish, qadrlash va e’zozlashimiz” kerak.
 
 Keksalar jamiyatning ilg’or hayotiy qatlami sifatida boyligimizdir– ularni asarab– avaylashimiz ham qarz, ham farz. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan”Keksalar fazilati-hayotimiz ziynati”, ”Qariyalar mehri xuddi oftobdir”, ”Keksalarga yuksak
 
ma’naviyat belgisi” shiorlari ostida turli xil tadbirlar joriy etildi. Bugun erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar keksalarimizning unitilmas xizmati bor.Yurtboshimiz mana shunday ulkan, tinch yurtni boshqarsalar hamki, yoshi ulug’ keksalarga suyanar ekanlar. Bobomiz Sohibqiron Amir Temur ham yurtni boshqarishda qariyalardan ko’mak so’ragan ekanlar. Bir kuni shiddatli jang bo’libdi. A. Temur jang ostida qolgan och va tang ahvolda edi. Shunda Temurbek hali yosh edi. Arang borib bir eshikni taqqilatibdi.  Bir onaxon chiqib uni uyiga taklif etibdi unga bir bo’lak non va ozroq ovqat beribdi. Ovqatni yeb bo’lgach, onaxon A. Temurning yarasini malham bilan tuzatibdi. Endi A. Temur ketay deb turganida onaxon– agar Temurbek shoshilmaganida edi, bunday yiqilishlar bo’lmasdi debdi. Onaxon A. Temurni tanimagan edi. Keyin A. Temur u qanday shoshildi deb so’rabdi. Mo’tabar ona agar Temurbek birdan katta hududlarni emas, avval kichik– kichik hudularni egallaganda edi, u hozirgi urushda g’alaba qozonardi, debdi. Shunda Amir Temur men o’sha shoshqaloq Temurbek bo’laman. Men xatoyimni endi tushundim, debdi-yu onaxonga rahmat aytibdi. Shundan buyon keksa qariyalar maslahatini olib ish boshlabdi.
 Prezidentimiz ”Keksalarni e’zozlash” davlat dasturida qariyalar uchun 230 million AQSH dollari ajratilganini qayd etadilar.
 Keksalik  — donolik. Keksalik  — baxt. Ularni e’zozlab duosini olaylik.
 Kekslar duosi oltindan qimmat,
 Siz duo qilsangiz bo’lgay ijobat.
          Gullar o’zingizda fayz-u barokat,
          O’zingiz donishmand, so’zingiz hikmat
          Davr keldi qaddingizni tuting keksalar
          Qarilik gashtini suring keksalar.
 Darhaqiqat, keksalar duosi haqida gap ketganda nuroniy otaxon va onaxonlarimizning yorug’ chehralari ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Oltin olma, duo ol,
 
duo oltin emasmi? degan xalqimizning hikmatli so’zlari qulog’imiz ostida jaranglayveradi. Farzandlarim, nabiralarim unib- o’ssin degan bobo- buvilarimiz esa qo’llarini duoga ochib, yaxshi niyatlar qila verishsin, ularning duolarini olib, qobil farzandlar bo’lib voyaga yetaversinlar. Zero, keksalarni e’zozlash biz farzandlarning
 
burchimizdir. Duo olib o’sgan yurtning kelajagi doimo porloq, tanlangan yo’li bexatar bo’ladi. Mo’tabar ota-onalarimizni rozi qilish dunyodagi eng ulug’ va eng savob ishdir.
     Uzoq yashab mehnat qilib
     Ko’pni ko’rgan keksalar
     Yelishganlar oilam deb
      Ham yugurgan keksalar
    Oqil, dono keksalarning duosini olaylik!
   Biz ham elga xizmat qilib o’shalardek bo’laylik
 
 Buxoro viloyat Buxoro shahar
15 – umumiy o’rta ta’lim  maktabi
  8-  sinf o’quvchisi
 Muxamedjanov Rustam
 
“Оқ олма, қизил олма” ҳамда “Эҳтиром” деб номланган шахсий фотокўргазма

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси Фарғона вилояти бўлимининг кўргазмалар залида таниқли ёзувчи ва санъатшунос Нодир Норматовнинг “Оқ олма, қизил олма” ҳамда рассом Султонбой Деҳқоновнинг “Эҳтиром” деб номланган шахсий фотокўргазмаси ташкил этилди. 

“Кексаларни эъзозлаш йили” Давлат дастури ижроси доирасида ташкил этилган тадбирда ёзувчи ва шоирлар, адабиётшунослар, мусаввир ва ҳунармандлар, санъатшунослар, профессор-ўқитувчилар, талабалар иштирок этди. 

Mening bobom, mening qahramonim

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Salom, yuqoridagi postlarni to`g`risi o`qigim kelmadi. Sababi u yerda hamma o`zining bobosi va buvisini maqtagan, ular erishgan yutuqlari haqida maqola yozganlar. To`g`ri bu maqtovga loyiq. Lekin real hayotda ularning yarmidan ko`pi ota-onasi, buvisiyu bobosidan 1 haftada bir martta habar oladi. Chunki onaning ko`ngli bolada, bolaning ko`ngli da-la-da. Maqolalar bir xil kontekstga ega. «Mening bobom 70 yosh, urushga qatnashgan, mahallada hamma ularni hurmat qiladi» shu gapning iloji boricha cho`zib katta matn hosil qilishga harakat qilishadi. Haqiqat, chinakam qahramonlik nima ekanligini bilish uchun urushda qatnashish, yoki mahallada faol qariya bo`lish shart emas. Odamning olasi ham olmosi ham ichida bo`ladi. Pessimistik ruhda yozilgan maqolani ko`rib hayron bo`lmang. Sababi tun yaqinlashgan sari har qanday realist ham melanholik holatga kelib qoladi. Mening bobom, ha mening bobom men uchun haqiqiy qahramon. 6 yoshimda ukam bilan yetib qolganman, oilamiz krizis paytni boshidan o`tkazayotgan davr. Ota bo`la turib farzandini yo`qotgani yetmaganday, ikki nafar nabirasini «Otam qachon keladi» degan savollariga javob berish ular uchun qanchalik mushkul bo`lgan. Biz bebosh, aql hushimizni yig`ib olmagan kichik bolachalar edik. Har kuni tongda bobom bizni maktab-bog`chaga olib borar ekan «Otam qani ?» degan savolga «Otang ana Quyoshni dumalatib chiqmoqda, hozir charchagan, ahir Quyoshni dumalatishni o`zi bo`lmaydi, u dam olayapti» der edilar. Men ukamdan yoshim katta bo`lgani bois allaqachon otam yo`qligini bilan edim. Vaqtlar o`tib ukam ham maktabga chiqdi. Men esa shaxrimizning eng zo`r maktabida o`qir edim .Sinfimizda ko`proq boy shaxslarning farzandlari o`qigani bilan bobom meni ulardan kam qilib qo`ymas edi. Bobom urushda qatnashmagan, lekin menga hayotdagi muammolar jangidan qanday qutulish sirlarini o`rgatganlar. 8 sinf bo`lishim bilan bobom meni Sartarosh jiyanlariga shogirtlikga berdilar. Usha paytlarda yo`l haqqiga 200 so`m berar edilar. Lekin kunlarning birida o`zim peshona terim bilan 1800 so`m ishlab topib bobomga «Mana sizga, oling o`zim ishladim, o`z qollarim bilan» deganimda yuzlarini shapkalari bilan berkitib rosayam yig`laganlar. Bu kunlarni unutib bo`lmaydi. Maktabni bitirib litseyga kirganimda kompyuterga judayam qiziqishim ortib ketdi. Bir kuni bobomga menga kompyuter uchun videodarslik kerak deganimda, shanba kuni ertalab Yangiobod bozoridan 3-4 ta videodarslik olib berdilar. Keyinchalik har shanba kuni soat 6 da Yangioboddan disk oladigan bo`ldi. O`zingiz o`ylab ko`ring yoshi salkam 65 ga chiqgan bobom ertalab uyg`otib bozorda o`zi uncha tushunmagan mavzuga oid disklarni olib o`qishimni hohlar edi. Mana hozir shu bilimlar orqali yaxshi ish joyida ishlayman. Mana jasorat qanday bo`ladi. Bobom hali ham tirik va men ulardan hali juda ko`p bilimlarni o`rganishim lozim. Bobom, mening dunyoyim, Bobom mening qahramonim

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
1.Prezidentimizning keksalarga bo’lgan e’tibori.
2.Qarisi bor uyning parisi bordir.
3.Buvijonimning hikoyalari.
4.Biz yoshlarning keksalar oldidagi burchimiz
 
Meni deysiz yorug’ yulduzim,
Ma’noga boy ijodkor qizim.
Erkalatib deysiz goh “Ko’zim”
Buvijonim so’zlari a’lo.
 
Yurtboshimizning keksalarga bo’lgan e’tibori bilan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilindi.  Bu yil munosabati bilan joylarda  turli xil tadbirlar bo’lib o’tdi. Bu tadbirda nafaqat maktab yoshidagi  bolalar  shuningdek, kattalar ham birdek  qatnashdi. Bu mehnat tadbirlardan maqsad-qarovsiz, boquvchisiz keksa yoshdagi insonlarga yordam qo’lini  cho’zish, ularni uy yumushlariga  yordam berishdir. Boquvchisi  va g’amxo’rlik  qiladigan  kishisi bo’lmagan kishilarga nafaqalar, mehnatga yaroqli kishilarga  esa yangi  ish o’rinlari  ajratilyapti. Xalqimiz keksalarni borida  qadrlaydi, e’zozlaydi.
Mening bobom va buvim  mahallamiz faxrlaridir.  Bekorga “Qarisi bor uyning parisi bor” deb aytishmaydi.  Bobomning ko’zlaridan nuroniylik hissi ufurib turadi. Bobomdan hozirgacha  biror muammoni  yechimini topish uchun maslahat so’rab kelishadi. Bobom esa bu ishdan  charchagan emaslar. Bu  ishni xuddi oddiy  holdek qarshilaydilar. Men har doim: “Bobojon  nega endi  qilayotgan ishingizdan hech charchamaysiz”,- deb  aytaman. Bobom esa:
---Bolam sen hali hayot qiyinchiliklariyu mashaqqatlarini ko’rmagansan. Hayot bamisoli baland cho’qqilardan iboratdir. Shu cho’qqilar  esa qiyinchilikdir. Ularga to’g’ri yo’l  ko’rsatib, nasihat berish bizning zimmamizdadir,- deb aytadilar.
Menga bobomni shu so’zlari xuddi yoqimli kuydek tuyiladi. Ayniqsa, bobomning kitoblari bir dunyo xazinadek. Ularda shunday dono fikrlar bitilganki, hatto butun mol-u dunyoyingizni sotib ham bunchalik qimmatli fikrlarni topa olmaysiz. Ularning pand-nasihatlari oltindanda qimmatroqdir.
Buvijonim  ham menga juda ko’p ibratli va qiziqarli hikoyalar so’zlab beradilar. Ularni tinglab turib, dunyoda qilichdanda o’tkir narsa--so’z ekaniga yan bir bor guvoh bo’laman. Hammasidan ko’ra, buvimning bir hikoyalari juda yoqadi. Agar shu hikoyani aytib bersalar har doim bobom va buvim esimga tushadi .
Kunlardan bir kuni qalam o’chirg’ichga debdi:
 men juda afsusdaman!
− Nega? Deb so’rabdi o’chirg’ich.
− Chunki men tufayli bot- bot shikastlanasan xatolarimni tuzata turib ma’lum bir qismingni yo’qotasan. Shu zaylda kichrayib boraverasan. Shunda o’chirg’ch: shundaykuya, lekin sen borliging sababli men ham mavjudman. Men sening xatolaringni tuzatish uchun yaratilganman. Bilaman, men bir kun tugayman. Lekin men bu vazifadan juda xursandman.
Agar o’ylab qarasak ota-onamiz ham- shu qalam va o’chirgichga o’xshaydi, negaki, ular ham bizning xatolarimizni tuzata turib- sochlariga oq oralaydi, qaddilari ma’lum bir darajada o’zgaradi. Ya’ni keksayishadi. Shuning uchun ham ularni asrab- avalashimiz zarurdir. Bobom ham shunday kishilardan. U kishi ham bizning xatolarimizni tuzatadilar.
Biz yoshlarning keksalar oldidagi burchimiz shundan iboratki, ularni nasihatlariga har doim amal qilishimiz. Har doim ularni hurmat qilishimiz, tez-tez hollaridan xabar olishimiz zarur.  Har tongda, sahar uyg’onar ekanmiz, atrofda mayin shabadalar, daraxtlar bargining shivirlashi, qushlarning sayrashi bilan birga bizni  duo qilib turgan bobo-buvilarimizga ko’zimiz tushadi. Jamiyatda oilasining barcha tashvishlarini o’z yelkasiga  ortib kelayotgan, shu bilan birga barchaga o’rnak bo’layotgan shunday keksalar mamlakatimiz ardogi’dadir. Bobom va buvim doim menga shunday deydilar:  Kundan-kun osoyishta hamda farovon hayotni yuragida o’rab ildam borayotgan mustaqil O’zbekistonimizning har bir o’tayotgan damlari  bir burda nonimizdek aziz va tabarrukdir. Kattalarni hurmat kichiklarni izzat qilish xalqimizga xos qadriyatlardan har kun ko’cha yoki shahardan o’tar ekanmiz keksalarga salom berish ham bizning burchimizdir. Aslida buni burch deb ham bo’lmaydi chunki, odob avvalo salomdan boshlanadi. Keksalarni ko’pincha poydevorga o’xshatiladi. Chunki ular qanchalik yosh va baquvvat bo’lishsa biz ham tinch va totuv bo’lamiz. Xulosa shuki, keksalar bizning faxrimizdir. Ularni qancha avaylab-asrasak shuncha kam. Ko’chada ketayotganda u yo’ldan bu yo’lga o’ta olmayotgan so’qir yoki keksa kishilarni yo’ldan o’tishiga yordam berishimiz lozim. Ularni qo’lida og’ir yuk kursak, darhol  yukni olib og’ir yumushlariga yordam berish eng  katta burchimizdir
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman 26 maktab 8 A sinf Safarova Muqaddas

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
                                                          Reja :
 
1. Qadr ko’rsatgan, qadr topadi.
2. Qarisi bor uyning parisi bor.
3. Buvijon, duolaringgiz doimo ijobat.
4. Bonojon, buvijon siz bilan faxrlanaman.
 
Baxtim o’ylab turarsiz har dam,
Boshim silab qilmagansiz kam.
O’pib bizning peshonamizdan,
Bobojonim-aziz insonim,
Buvijonim-aziz insonim,
 
        Mamlakatimizda yangi yilga “Keksalarni e’zozlash yili”, deb nom berishi biz kabi yoshlarning,barcha kishilarning shodligiga shodlik ulashdi. Negaki, har bir uyning qariyasi bor. Hukumatimiz tomonidan ularga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik bevosita  ham tegishli. Aslida biz,ya’ni keksa kishilarning farzandlari, nevaralari ular haqida ko’proq o’ylashimiz, g’amxo’rlik ko’rsatishimiz zarur. Ammo shunga qaramay hukumatimiz tomonidan ularga brilayotgan e’tibordan ko’nglmiz tog’dek ko’tarildi. Mana shunday ezgu tadbirlarni  o’tkazish tufayli xalqimizni yanada jipslashtirish, mehr-oqibat,  hamjihatlikni, oilani yanada musahkamlash,  kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ayol zotiga, avvalambor, onalarga cheksiz  mehr va ehtirom ko’rsatish singari qadriyatlar xalqimiz va shuurimizdan chuqur o’rin egallaydi.
           Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida xalqimizning qadimiiy va shonli tarixini uzviy davom ettirish, shu tarixning o’chmas sahifalarini, ajdodlarimizning  buyuk me’rosini, qadriyat va urf-odatlarini  yoshlarimizga tobora farovon va fayz-u barakal qilish yo’lidagi say-harakatlari  haqida ko’p gapiradilar va bu  borada salmoqli ishlar qilinmoqda.
          Xalqimizda  “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar uyimizning fayz-u farishtasi” degan chuqur ma’nolarni  anglatadigan ko’plab iboralar bo’lganidek,  haqiqatdan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxon, yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta, fayz-u Baraka, farovonlik, ahillik hukmron bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz.
         Xalqimizda qadr ko’rgan qadr topadi, degan purmano gap bor.  Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, ularni qarlash, ko’nglini ko’tarish, shu  bilan  birga, ularning hayotini mazmunli qilish  yo’lida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Ertasini o’ylagan xalq hech qachon  keksasini e’tiborsiz qoldirmaydi. Ularning                  
pand- nasihtlarini  eshitgan inson yurgan yo’lidan to’xtamay doim olg’a intiladi,
ortga hech qachon chekinmaydi.
           Yuqorida aytib o’tgaimizdek “Qarisi bor uyning parisi bor”.  Mening  bobom va buvim ham xonadonimiz farishtasidir. Hozirda bobom hayot bo’lmasalarda, har kuni dasturxon atrofida buvijonim duoga qo’l ochar ekanlar, bobojonimni  xotirlaydilar. Ularning qilgan ishlari erishgan yutuqlari haqida so’zlab berib, ulardek  bo’lishiga va ular singari inson bo’lishimizga chorlaydilar. Hozirda  buvim  o’n bir farzandning  jonkuyar onasi, ya’ni mahallamizning faxrli  “Qahramon ona” laridan biridirlar. Shu bilan birga bir qancha shirindan-shakar nevara-yu, evaralarning mehribon buvisi hamdirlar. Mahallamizda bo’ladigan to’y-u tantana yoki birorta tadbir buvimning maslahatisiz o’tmaydi. Mahalla to’rida  bir qancha faxriy orden-u  medallari bilan bobomning suratlari tursa, mahalladagi to’ylar, yig’inlar, tadbirlar to’rida buvijonim turadilar. Bobom va buvimni elga tanitgan mashaqqatli mehnatlari, elga munosib tarbiyalagan farzandlardir.  To’rt farzandlari ma’rifat va ma’naiyat  taratib ta’lim sohasida  yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanadilar. Ular orasida oliy toifali ustoz, xalq ta’limi a’lochisi unvoniga  sazovor bo’lgan ustozlar  ham bor. Bu albatta, bobom va buvim hizmatlaridir.
       Men ham maktab o’quvchisi bo’lsamda talaygina  yutuqlarga erishdim. Hozirda 8-sinfda tehsil olaman. Bundan tashqari “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, viloyat kengashi  qoshidagi” “Iste’dod chorlovi”, klubi a’zosiman. Bir qancha she’rlarim  gazeta sahifalaridan o’rin oldi. 2014-yilning dekabr oyida “E’zoz yog’dusi ”nomi ostida  17-son nashri biln  chop etilgan kitobdan she’rlarim joy oldi.  Shuningdek  Qarshi shaxridagi “Voha” gazetasidagi  “Yosh” muhbir  bo’lib faoliyat ko’rsatmoqdaman. Bu yutuqlarimning barchasi bobom va buvimning  duolari  samarasidir. Bu  yutuqlarim sizniki bobojon, siznikidir buvijon.
 
Orzuyim olam jahon,
She’r qalbda oshufta jon.
 Duo qiling buvijon,
Ko’kka yozayin qanot.
         Buvimga qarab turib, mehrim yanada toshadi. Oppoq sochlari, hayotning mashaqqatli kunlari solib ketgan yuzlaridagi chizgin  belgilar, hassaga tayanib qadlarini ko’tara olmay qolgan  bukik bellari, ajin bosgan qadoq qo’llari,  barchasi  buvimning hayotlari tekis-ravon o’tmaganidan  dalolat beradi. Shunchalar mashaqqatli yo’lni  bosib o’tib, biror marta bo’lsada, biror kimsadan, yoki hayotlaridan nolomaganlar. Aksincha, hayotga mehr, quvoch bilan boqib barchaga barobar nasihat qiladilar. Shijoat bilan yashashga o’rgatadilar.
 
          Buvijonim, men sizga havas qilaman. Shukrona  keltirib aytgan so’zlaringgiz  “Mehnat qil, rohat topasan”,  “Halol bo’l, yutuqqa erishasan”kabi yuzlab o’gitlaringizga amal qilaman. Sizdek halol, mehnatsevar bo’lishga  astoyidil harakat qilaman. Bobojon, buvijon nomingizni oqlashga, insonlar o’rtasida hurmatingizni  yanada oshirishga harakat qilaman. Sizga, oilamizga munosib farzand bo’laman. Sizlar bilan doimo faxrlanaman.
 
Qashqadaryo viloyat Qarshi tumaniga qarashli 26 o'rta ta'lim maktabi 8 B sinf o'quvchisi Komilova Gavhar

1.     Keksalik- eng oily ne`mat.
2.     2015-yil – ``Keksalarni e`zozlash yili``.
3.     Bobom, buvim – menig faxrim.
4.     Bobo-buvimning o`gitlari.
5.     Keksalarni e`zozlash – avlodlar burchi.
                                                                                                                                                                                                                
                                                     Xotira muqaddas, xotira pokdir,
                                                        Ajdodlarning yodi o`chmas chiroqdir.
                                                        Keksa qadam qo`ysa o`shal joy qutlug`
                                                        Inson qadri baland, sha`ni ulug`.
                                                                                                      (Iqbol Mirzo).
 
         Keksalik-bu inson umrining sokin davri. Chunki inson keksayganida katta hayotiy tajribaga, teran aqlga ega bo’ladi. Keksalik umrning shunday bir fasliki, bu faslda inson boshqalarga o’rnak bo’ladigan, yaxshi- yu yomonni farqiga boradigan, oq-qorani ajarata oldaigan, sabr –toqatli, har bir ne’matning ayniqsa, tiriklikning qadriga yetadigan bo’ladi. Keksalik – donolik demak. Sababi ular yashab o’tgan hayotlari davomida ko’p narsalarni ko’rgan, hayot sinovlarida toblangandir. Ular ko’p hayotiy tajribalarga ega, oqil, mehribon, dono, adolat yuzasidan ish ko’radigan insonlar. Keksalarimizning  yuzlaridan nur yog’ilib turadi.Ular bizning duogo’y, nasihatgo’y mehribonlarimiz. Keksalik- donishmandlik, mas’uliyat, hayotiy tajriba va avlodlar o’rtasidagi ishonch ko’prigi. Qarilarimiz hayotda qadr,mehr-muruvvat, e’zoz, hurmat topgan. Shu sababli ham har bir marosimni ,to’y- hashamlarimizni ularning duolarini olib, to’rga o’tqazib, roziliklari bilan o’tkazamiz. Har bir ishni boshlashdan oldin ular bilan maslahatlashamiz. Keksalik- eng oliy ne’mat. Bunga yetganlar ham, yetmaganlar ham bor. Keksalik har kimga ham nasib etavermaydi. Keksalikka yetgan va uning gashtini surgan inson dunyoda eng baxtli inson hisoblanadi.
        Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan har bir yilga alohida nom berilib va shu asosda ishlab chiqariladigan davlar dasturlari yurtimizning yanada taraqqiy etishi, xalqimiz turmushining tobora farovon bo’lishiga xizmat qilmoqda. Keksalarimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945- yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy nafaqa ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida yurtboshimiz tomonidan 2015- yilga “Keksalarni e’zozlash yili” deya nom berish to’g’risidagi farmonini e’lon qilishdi. Bu farmon mamlakatimiz konstitutsiyasining qabul qilinganiga 22 yil to’lgani munosabati bilan o’tkaziladigan tantanali marosimda barchaga e’lon qilindi. Shu asosida yurtimizda davlat dasturi e’lon qilindi. Ushbu davlat dasturida yolg’oz keksalar, nafaqaxo’r va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash, tibbiy – ijtimoiy muassasalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash ishlari asosiy o’rinda turadi. Bundan tashqari keksalarga har doimgidanda ko’proq mehr-muhabbat, sadoqat, e’zoz, hurmat – ehtirom ko’rsatish davlat dasturimizning bosh va asosiy maqsadi hisoblanadi. Qariyalarimizga har tomonlama ko`mak bo`lishi uchun davlatimiz tomonidan aynan ana shu davlat dasturi uchun mablag`lar ajratilgan. Qariyalar uchun barcha shart – sharoitlar yaratib berilgan.
      Qarilarimiz  bizning boshimizdagi tojlarimiz. Ular bilan xonadonlarimiz nurlarga, fayzga to`ladi. Ular bor joydan fayz-u baraka ko`tarilmaydi. Xonadonlarida doim shod – xurramlik, kulgu hukm suradi. Qarilar bo`lgan uyda tinchlik, osoyishtalik bo`ladi. Bunday xonadonlarga kirgan insonning bahri dili ochilib, ko`ngli yayraydi, o`zini xotirjam his qiladi. Axir bejizga dono xalqimiz: “Qarisi bor uyning – parisi bor” deyishmagan. Hamma singari mening ham jondan aziz, suyukli bobojonim va buvijonim borlar. Ular bizning davlatimiz. Xonadonimizning fayz-u barakasi, farishtalari. Men bobojonim va buvijonimni juda ham yaxshi ko’raman. Ular mening maslahatgo`ylari. Doim biror nimada qiynalib qolsam ulardan maslahat so`rayman. Menga hayotiy tajribalardan kelib chiqib maslahatlar beradilar. Xafa bo`lganimda yuragimni ko`taradilar. Qiyinchiliklarimni yengishda ko`mak beradilar. Bobom bilan buvijonim juda yaxshi insonlar. Ularni hamma hurmat qiladi. Bobojonim Ichki Ishlar bo`limida boshliq bo`lib 31 yil davomida ishlaganlar. Shu yillar davomida avvaliga leytenant bo`lib o`z faoliyatlarini boshlaganlar, keyin kapitan, keyin mayor, keyin esa polkovnik bo`lib o`z faoliyatlarini yuritganlar. O`z ishlariga sadoqat bilan, mehr qo`yib islaganlar. Ishlarini juda ham yaxshi ko`radilar. Sababi, Vatanimizni juda ham sevadilar, u uchun jon berishga tayyorlar. Shu sababli ham shu kasbni tanlaganliklarini doim aytadilar. Bobojonim ishlariga sidqidildan yondashganliklari va bu kasbni sharafli ado etganliklari tufayli ularga juda ko`p mukofotlar berishgan. Ko`pgina davlatlar tomonidan ham tomonidan ham ko`pgina mukofotlar, maqtov yorliqlari bilan taqdirlanganlar. Juda ham ko`p shogirdlari bor. Ular haligacha kelib bobomning hollaridan xabar olib ketishadi. Mana hozirgi kunda bobojonimning qilgan xizmatlari uchun yurtboshimiz tomonidan ko`pgina u kishiga imkoniyatlar eshigi ochildi. Hozirda bobojonim turli dam olish maskanlariga borib o`z salomatliklarini tiklab keladilar. Buvijonim ham o`qimishli, ziyoli, aqlli ayol. U kishi o`qituvchi. Bir umr bolalarga ta`lim-tarbiya berib kelganlar. Har bir bolani o`z farzandlaridek ko`rgan ekanlar. Bobojonim bilan buvijonim doim bir-birlariga yordam berib, bir-birlarini tushunib yashashganliklari tufayli mahalladagi eng ahil, eng namunali oila bo`lganlar. To`rt farzandni o`stirib, ularni o`qitib, mana hozir menga o`xshagan nabiralarning bobo va buvisi bo`lib o`tiribdilar. Mahallada ham ularni hamma hurmat qiladi. Hammalari kelib hollaridan xabar olib turishadi. Ular mahallamizning faxrlari hisoblanadi. Hamma ular bilan faxrlanadi, e`zozlashadi. Men ham bobojonim va buvijonim bilan faxrlanaman.
       Bobojonim va buvijonim meni yaxshi inson bo`lib voyaga yetishimni istaydilar. Shu sababli, doim menga nasihatlar qiladilar. Doim yaxshi inson bo`lishimni, hammaga yaxshiliklar qilishimni, kattalarga hurmatda bo`lishimni va shu qatorda yaxshi o`qib, bilim olib, Vatanimni sevib, fidoyi inson bo`lishimni uqtiradilar.  Bobojonim har doim nabiralarini oldilariga chaqirib, sizlar ham yaxshi kasbning egasi bo`linglar, deya nasihatlar qiladilar. O`zlari haqida so`zlab beradilar. Bizlar ham hayotda qoqilmasligimiz uchun, kelajakda yetuk shaxslar bo`lib yetishishimiz uchun harakat qiladilar. Biz nabiralar ularning gaplarini ikki qilmaymiz. Doim ular aytganlarini qilamiz. Ularning o`gitlariga quloq solamiz.
       Keksalarni e`zozlash, hurmat qilish, ularga ehtirom ko`rsatish bizning azaliy urf-odat va qadriyatlarimizdan sanaladi. Keksalarni e`zozlash-milliy fazilatlarimizdan bo`lib, hurmat-izzat, e`tirof, e`tibordan ham yuqori turadi. Chunki bizda keksalar ko`cha ko`ydami, to`y-marakadami, bozor-u mahalladami, duch kelgan joyda, tanishmi, notanishmi e`zozlab kelinadi. Keksa kishi qulog`i og`irligi, yaxshi ko`ra olmasligi yoki kayfiyati yo`qligi, yoki yana boshqa sabablar tufayli  e’zozga e’tibor bilan javob bermasa ham, muhokama qilmay ehtirom ko’rsatilaveradi. Keksami, demak, e’zozga sazovor. Ularni ardoqlash kerak. Bu haqida  shoirlarimiz  she’rlar ham yozishgan:
 
 Har bir ishda bosh bo’lar,
Har lahza duo qilar.
Faqat yaxshilik tilar
Keksalarni e’zozlang.
  Yoqlab turing har kuni ,
Unitmangiz siz shuni .
 Bu hayotning mazmuni
                                                Keksalarni e’zozlang.
         Biz o’sib kelayotgan yosh avlod yoshu ulug’ keksalarni, qariyalarni hurmat qilib, ularga ehtirom ko’rsatmog’omoz lozim. Doim ular bilan faxrlanib, ularning aytganlarini qilib, nasihatlariga quloq solmog’imiz kerak. Ularni e’zozlab, qadrlariga yetaylik. Zero, qariyalarni e’zozlash – bizning sharafli burchimiz. 
 
Buxoro viloyati Buxoro shaxri 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi 
9-A sif o'quxchisi Raxmatova Nilufar

Минг йиллик умр мазмуни

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Қишлоқда яшаган бир киши оилали, бола-чақали бўлиб, умрининг асл дамларини турмуш ташвишлари-ю рўзғорни бутлашга сарфлаб бир куни Яратганга илтижо қилибди:
– Раббим, умрим поёнига етяптики, бундоқ ўйлаб қарасам ўзим учун, ўзимнинг роҳат-фароғатим учун ҳеч қайғурмабман. Шу сабабдан сенга илтижо қиламан. Агарда имкони бўлса, мега минг йил умр ато этгинки, ана шу умрни роҳатда ўтказай, – дебди.

“Bobom , buvim” – zamonamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият

“Bobom, buvim” – zamonamiz faxri.
 
Re’ja:
 
I.               Kirish.
 
1. Nuroniylarimiz xonadonlarimiz farishtasi
 
  1.         Asosiy qism
 
  1. Qarilikni donolik bezar,
 
Yoshlikni – kamtarlik
 
  1. Keksalarni e’zolash yili davlar dasturining amalga oshgan va oshirilayotgan maqsad, vazifalari
  2. Jasorat, burch, matonat
  3. Xotira muqaddas, qadr abadiy!
 
  1. Xulosa.
 
  1. Otasi, onasi bor odamlar hech qachon qarimaydi.
 
                            Ko’nglim nurga to’lar – sizlar bor uyda,
 
                         Olam gulga to’lar – sizlar bor uyda.
 
                         Tinch totuvlik kuylanar bugun har kuyda,
 
                         Sizning ham hissangiz bor bugungi kunda!
 
         Har bir yangi ishni, to’y-hashamlarni boshlashimizdan avval ota-onalarimiz buvijonlarimizdan, ko’pni ko’rgan keksalardan maslahatlar, ko’mak va fotiha oladilar. Chunki ular qilgan duo amalga oshar ekan. Bir kitobda o’qishimcha yosh bolalar va qariyalar ollohga yaqin turishar ekanlar. Ularning qilgan niyatlari shuning uchun o’z ijobatini topadi. Keksalar uzoq, olis tarixning tirik guvohlari. Ularsiz ko’cha-ko’y, mahalla va uylarimizni tasovvur eta olmaymiz. Ularning har ishda, oilamizda qolaversa qalbimizda o’z o’rnilari bor. Ularning duolari, pand-u nasihatlari, maslahatlari bilan ish ko’ramiz. Zero, dono xalqimiz shunday deydi! “Qari bilganni pari bilmas”.
 
         Nuroniy bobo-buvilarimiz o’zlarining hayot yo’llarida ko’p jumboqlarga, muammolarga duch kelganlar va ularni odilona, oqilona bartaraf etganlar. Shunday keksalarimizni ko’rganimizda ular bilan suhbatlashganimizda ularga havasimiz keladi. Ha qarilikni “donolik” bezar ekan. Bobo va buvilarimizning har so’zidan hikmat, shukronalik, hozirgi dorilamon kunlarning imkoniyatlari seziladi. Ular bizni yaxshilikka, shu yurt uchun, vatan uchun yonib yashashga, shukr qilishga, ezgulikka, hozirda yaratilgan keng ko’lamli imkoniyatlardan oqilona foydalanishga undaydilar. Bobom va buvimning menga ta’kidlaydigan gaplaridan biri shunday: “Qizim doimo kamtar bo’l. Qaysidir yutuqqa erishsang havolanib takabburlik qilma. Insonning muhim fazilatlaridan biri kamtarlikdir. Haqiqatdan ham shunday.
 
“Kamtarga kamol,
 
Manmanga zavol.
 
Buvijonimning aytishlaricha masjidga gerdayib kirgan kishining ibodati ijobat bo’lmas ekan. O’zlari ham bunga qat’iy amal qilgan ekanlar. Muxtasar qilib aytganda “Qarilikni donoolik bezar, Yoshlikni kamtarlik”
 
         O’zbek xalqida azal-azaldan buyon keksalarni asrab avaylash, nasihatlariga quloq tutish odamiylik xususiyatlarimizdan biridir. Shu boisdan prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2014-yilning 12-dekabrida “Keksalarni ezozlash yili” davlat dasturini ishlab chiqarishda respublika komissiyasini tashkil qildilar. Bu farmoyishga muvofiq 64 yoshdan 74 yoshgacha bo’lgan aholi keksalar, 75 yoshdan 89 yoshgacha esa qariyalar, 90 yoshdan keyin esa uzoq umr ko’ruvchilar hisoblanadi. Bu dastur samarasi o’laroq yurtimizda keksa avlod vakillariga bir qator afzalliklar yaratildi. Xususan sog’liqlarini tiklash maqsadida bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Respublika salomatlik poyezdlarida malakali shifokorlar viloyatlarga borib, u yerdagi keksalarning salomatligiga hissalarini qo’shdilar. Shuningdek butun umri, ish faoliyati davomida ko’plab yutuqlarga erishgan keksalargan turli xil sog’lomlashtirish sihatgohlariga, ziyoratgoh joylarga yo’llanmalar berilmoqda. Bu boradagi ishlar hozirgi kunda jadal tus olmoqda. Zero ular bunday sharafga loyiqdirlar.
 
         “9-may Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinayotganiga 15 yildan oshdi. Bu sana mardonavorlik namunasini namoyish etgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ko’rsatilayotgan ehtirom, tinch va osuda kunlarimizga shukronalik ramziga aylanib bormoqda. Bu kunga bag’ishlangan tadbirlar “Jasorat, burch, matonat” bu so’zlar zamirida hayot haqiqati mavjud. Bobolarimiz, buvilarimiz qalblarida jasorat bilan, bukilmas iroda, matonat tufayli o’z burchlarini amalga oshirganlar. Hayotning eng og’ir damlarini ham sabr-bardosh bilan yengib o’tgan, vatan ravnaqi yo’lida fidoiy bo’lganlar. Bu haqiqiy matonatning sarchashmasidir. Xotira va qadrlash kunida bu dunyodan o’tganlarni esga olamiz va tiriklarni qadrlaymiz, asrab avaylaymiz. Bizning qishlog’imizda ham urushning og’ir davrlarini ko’rgan va unda ishtirok etgan bobolarimiz bor. Ulardan biri Sharof Jabborov. Bayram munosabati bilan u kishining uylarida suhbatlar uyushtirildi. Bugungi kunda haqiqiy  zamonamiz faxri bo’lgan bobomiz shunda  deydilar: “O’sha yillarni eslasam, etim junjikib ketadi. Turmush sharoiti og’ir hayot kechirish nihoyatda qiyin edi. Bugun esa yurtimiz tinch-osuda hayotimiz, osoyishtaligimiz bardavom bo’lasin. U kishiga bayram munosabati bilan prezident sovg’alari topshirildi. Keksa-yu yosh barchamiz birdek bobomizga havas qilamiz. Xotira muqaddas – qadr abadiydir. Shu boisdan respublika “Nuroniy” jamg’armasi homiyligida 34 jilddan iborat “Xotira kitobi” nashr etildi. Unda 430 mingdan ortiq vatandoshlarimiz haqida ma’lumotlar bor.
 
         Mahallamizda bir qator nabiralar, chevaralar, evaralar ko’rgan otaxon-u onaxonlarimiz bor. Ular umrining shu chog’igacha hayot sinovlaridan o’tib yetib kelishgan. Ulardan shu yoshgacha qanday kelganliklarini so’raganimda buning sababini ular halol mehnat, sabr-toqat, ishonch deb javob berdilar.
 
Men bir gazetadan o’qigan edim “Otasi-onasi bor insonlar hech qachon qarimas ekan”. Haqiqatdan ham nabiralari bo’lsa ham keksa bo’lsa o’z onasi uchun bola bo’lib qolaveradi. Nuroniylar bizning faxrimiz, uyimizning fayzi, quvonchi, xonadonlarimiz obodligidir. Ularni hamisha e’zozlash, qadrlash farzandlik burchimizdir. Hamisha bu dunyoda vafot etganlarni xotirlab, keksalarni qadrlabyashaylik.Zero:
 
“Inson aziz
 
Xotira – muqaddas
 
O’tmish xotiralar borar olislab,
 
Tinchlik qo’shiqlar bezar olamni.       
 
Koson tuman 15-umumiy o’rta ta’limj maktabning
 
IX B sinf o’quvchisi Jamilova Gulchehra
 
“Bobom – buvim zamonamiz faxri”
 
Reja:
 
I.                   Kirish:
 
1.      Keksalarni e’zozlash har birimizning burchimiz
 
II.Asosiy qism:
 
1.      Qari bilganni pari bilmaydi
 
2.      Jasorat, burch, matonat
 
3.      Qutlug’ xonadonning fayzli nuroniylari
 
III. Xulosa:
 
1.      Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug’
 
O’zbek xalqida azal-azaldan keksalarga hurmat-e’tiborda bo’lish, ularni asrab-avaylash, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish, ularni e’zozlash urfu-odat hamda insoniylik xususiyatlaridan biridir. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Barchamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda har yilga nom berish an’ana bo’lib qolgan, 2015-yil esa yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Bu dasturni e’lon qilishdan maqsad yoshga oid kasalliklar, jumladan ko’rish va eshitishning zaiflashuvi kabi kasalliklar profilaktikasi hamda keksa avlod vakillarini har biri yosh toifasining alohida ehtiyojlariga e’tibor qaratishdir. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining fikriga ko’ra, 60-yoshdan 74 yoshgacha bo’lgan aholi -  keksalar, 75 yoshdan 89 yoshdagilar esa – qariyalar, 90 va undan ortiq yoshdagilar uzoq umr ko’ruvchilar hisoblanadi.
 
Bizlar qayerda bo’lmaylik, kim bo’lmasin qariyalarni qadrlash qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmaydi”, “Qari kelsa – oshga, yoshi kelar – ishga” degan tub ma’noli maqollarimiz borligi bejiz emas. Negaki, o’zbek xalqiga xos va mos urf odati va turmush tarzi shu kabi xalq og’zaki ijodida o’z aksini topadi. Ayniqsa, men bobomning aqli-farosatlariga tan berganman. Ular juda ko’p ertak, afsona, rivoyat va hadislarni biladilar. Bobom menga har doim “Ona qizim vaqtning qadriga yetinglar” – deb nasihat beradilar. Men bobom bilan buvimning hayot mazmunini o’zida jamlagan beg’ubor va samimiy so’zlarini eshitib, o’yga tolaman. Chunki, ular hayotda bo’lgan voqealarni so’zlab beradilar. Bobom, buvim kabi nuroniylar har bir xonadonimizning parisi hisoblanadi. Ular bu xonadonning ting, osoyishta, fayzli va nurli bo’lishi uchun o’z jonini berishga ham tayyordirlar. Zero, keksalarimiz uyimiz tinchligimizning qo’rg’onlaridir!
 
            Mamlakatimizda har yili 9-mayda nishonlaydigan umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o’z hayotini Vatan ozodligi uchun qurbon qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ko’rsatilayotgan ehtirom, bugungi dorilamon kunlar, tinch-osoyishta hayotimiz va xalqimiz farovonligi uchun faxrlanish hamda minnatdorlik ramziga aylandi. Ushbu tadbir “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida o’tkazildi. Bunday nomga ega bo’lgan tadbir shiorimiz o’zi ulkan va chuqur ma’noga ega. Muxtasar aytganimda, jang maydonlarida jon bergan, urushdan qaytmaganlarni eslash, bugun oramizda sog’-salomat hayot kechirayotgan nuroniylarimizga g’amxo’rlik ko’rsatish bizning muqaddas burchimizdir. Buning isboti qishlog’imizning eng keksa urush fidoiysi Jo’ra bobo Sattorovdir. Dunyoda buvisi-yu bobosini yaxshi ko’rmaydigan bola topilmasa kerak. Men ham bobom va buvimni juda ham yaxshi ko’raman. Ular hayotning eng qiyin damlarini ham sabr-bardosh bilan yengib o’tgan, Vatan ravnaqi yo’lida ko’plab insonlar fidoiyligining guvohi bo’lishgan. Urushda qatnashgan bobolarimizning mardlik va jasoratlari xalqimiz xotirasidan hech qachon o’chmaydi. Men bobom, buvimning har bir so’zidan doimo o’zgacha shijoat, kuch olaman. Biz yoshlar keksalar holidan xabar olib, ularning og’irini yengil qilishimiz, pand-nasihatlarini qalbimizga muhrlab olishimiz lozim. Zero, ular bizning doim ardog’imizda va e’zozimizdadir.
 
                                     O’tmish xotiralar borar olislab,
 
                                     Tinchlik qo’shiqlari bezar olamni.
 
            Inson xotirasi, aql-zakovati bilan tirik va baxtiyordir. Zero, xotirasidan ayrilgan, tarixini unutgan, o’z ajdodlari, vatandoshlarimiz qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug’lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan e’tibor xalqimizning ana shunday o’lmas qadriyatlarini, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan, olovli maydonlarda o’z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog’ida!
 
            Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan minglab, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. O’tganlarning xotirasini yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo’lib kelgan.
 
  — Toqqa chiqsang toyrilma,
 
Qanot bo’lsang qayrilma.
 
Vatan deya yashagin,
 
Aslo undan ayrilma.
 
Gar niyat pok dillarda,
 
Gullar ungay yo’llarda.
 
Niyati buzuqlar-chi,
 
Sarson o’zga ellarda!
 
“Inson – aziz
 
Xotira muqaddas!”
 
Koson tuman 15-umumiy o’rta ta’limj maktabning
 
IX A sinf o’quvchisi Murodullayeva Roziya
 
Buxoro shahar 22 umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi Aslonov Amirbekning “Mening bobom va buvim — mahallamiz faxri” mavzuda yozgan inshosi.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият

 “Mening bobom va buvim — mahallamiz faxri
Reja:
 
1.     “Qarisi bor — uyning parisi bor”.
2.     Mahallalarga bo’lgan e’tibor.
3.     Oila — davlat tayanchi, saodat beshigi.
4.     Keksalar yoshlar ezozida.
 
“Qarisi bor uyning parisi bor”. Bu gap zamirida olam-olam ma’no yotadi. Darhaqiqat har bir xonadon o’zining qarilari bilan o’zgacha fayzli, totuv ko’rinadi.    Bizning bobo va buvijonlarimiz mahallamiz faxri, tayanchi. Biz ularni doimo ardoqlaymiz, ezozlaymiz. Ularning har bir hikmatli so’zlariga quloq tutamiz. Bergan nasihatlarini uqib olamiz. Chunki ular hamma narsani biladilar desak adashmagan bo’lamiz. Agar uyda ular bo’lmasalar xuddi uydan fayz ketganday bo’ladi. Shuning uchun ularning qadrlariga vaqtida yetishimiz lozim. Ularning ko’ngillariga ozor bermasligimiz, nasihatlariga quloq tutmog’imiz lozim. Ular ko’pni ko’rgan bo’lishadi. Bobo-buvilarimizning aytgan gaplarini o’zi bir ibratli so’zdir. Lekin ba’zi tengdoshlarimiz bunday ibratli so’zlarni farqiga borishmaydi.
 
Mahalla bu — tarbiya maskani hisoblanadi. Mening faxrim bu mening mahallam. Azaldan o’zbek mahallasi chinakam milliy qadriyatlar maskani bo’lib keladi. O’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmant, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to’y-tomosha, hasharlarni ko’pchilik bilan o’tkazish, yaxshi va yomon kunda ham birga bo’lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla muhitida shakllanadi va rivojlanadi. Mustaqillik yillaridan so’ng mahallaga ko’plab mas’uliyatli vazifalar yuklandi. Muhallaning huquq va vakolatlari doirasi sezilarli kengaytirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mahalla to’g’risida shunday norma mustahkamlangan: “Shaharcha, qishloq va ovullar, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular 2,5 yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi   boshqarish organlarini saylashtartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi. ”       Biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviyat iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo’lsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko’rish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi Farmoniga ko’ra, yurtimizda “Mahalla” xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Mazkur jamg’arma mablag’lari kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat ” uylariga yo’naltirilgan.  Davlatimiz mahallalarga juda katta etiborini qaratdan.
 
«Oila — jamiyat negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim… Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o 'zining ko 'p asrlik mustankam va ma 'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi».
I.A.Karimov
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go'zal mo'jizalaridan biri bo'lib, u insonlarga xos «tabiiy-biologik», iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.Oilaga nisbatan ijtimoiy birlik deganda, ikki yoshning bir jamoa — oila bo'lib qo'shilishini, tinch-totuv    turmush    kechirishini    anglash    lozim.  Insonni buyuk ishlarga ilhomlantiruvchi kuch g'ururdir. Uning mazmunida oilasidan, ota-onasidan, Vatanidan, avlod-ajdodlari qoldirgan moddiy va ma'naviy merosdan, kasb-koridan, millatidan, ijtimoiy foydali  mehnatidan,   farzandlaridan  faxrlanish  hissi mujassamdir. Oilada ota-ona o’z farzandini oq yuvib, oq tarab o’stiradi. Unga tarbiya beradi, uning hech kimdan kam bo’lmasligi uchun yelib yuguradi. Shunday aqlli bolalar borki ular ota-onasining chizgan chizig’idan chiqmaydi, ularning gapini ikki qilmaydi.  Ular yaxshi o’qishadi. Natijada hammadan “ota-onangga raxmat” degan yoqimli so’z eshitishadi. Buning hammasi ota-onaning yaxshi tarbiya berganidan darak beradi. Ota-ona farzandiga yaxshi tarbiya bera oldimi, demak ularga ham ota-onasi yaxshi tarbiya bergan bo’lishadi. Shuning uchun esa avvalambor bobo va buvijonlarimizga raxmat deb qo’yishimiz kerak. Ana shunday bobo va buvijonlarimizni hech ikkilanmasdan mahallamiz faxri deya olamiz.
Muxtaram yurtboshimiz 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qildilar”. Bu yil bejizga bunday nomlanmadi. Ushbu yilda nuroniy bobojonlarimiz va mehribon, oqko’ngil buvijonlarimizga katta e’tibor qaratildi. Keksalarimiz bundanda ko’proq e’tiborga loyiqdirlar. Ular har tong uyg’ongach “xudoga shukr yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo buning sababchisi muxtaram prezidentimiz. Olloxning o’zi yurt boshimizni qo’llasin!” — deydilar.  Keksalarimiz nafaqat o’z nabiralari, balki qo’shnilarning bolalarini ham o’z bolasidek ko’radi. Bizning o’zbek qariyalari mehribon, oq ko’ngil, bolajon hisoblanadi. Ular hech qachon hech kimga yomonlik tilamaydi. Biz yoshlar keksalarni qancha e’zozlasak ham shuncha oz. Shuning uchun har kuni ular uchun foydali ish qilishga harakat qiling. Zero bizning yurtda “Keksalar yoshlar e’zozida”dir.
 
Фахрий спортчиларимиз эъзозда

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Олимпия шон-шуҳрати музейида спортимиз фахрийлари иштирокида “Ўзбек спорти фидойиларига эҳтиром” мавзусида маданий-маърифий тадбир ўтказилди
“Кексаларни эъзозлаш йили” Давлат дастури ижроси доирасида Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги, Миллий олимпия қўмитаси ва Тошкент давлат юридик университети ҳамкорлигида ташкил этилган тадбирда вазирлик ва ташкилотлар, спорт федерациялари вакиллари, талаба-ёшлар иштирок этди. 
Ўзбекистон Республикаси маданият ва спорт ишлари вазирининг биринчи ўринбосари М.Алиев, Миллий олимпия қўмитаси бош котиби О.Қосимов ва бошқалар юртбошимиз Ислом Каримов раҳнамолигида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар жараёнида ёши улуғ инсонларни эъзозлаш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишга доимий эътибор қаратилаётганини таъкидлади.

Mening bobom,buvim-mahallamiz faxriysi.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият

Mening bobom,buvim-mahallamiz faxriysi.
 
1.     Keksalar e’zozi-milliy qadriyat.
2.     Mening bobom-qishlog’imiz faxri.
3.     Ot izini toy bosar.
 
Momolari tetik yuzga kirsa ham,
Bobolari qaysi yigitlardan kam.
Zuryodlari bo’lsa bir hovliga jam,
To’shak yetmay to’nin to’shaydi o’zbek.
( Muhammad Yusuf )
O’zbek xalqi azal-azaldan keksalarni e’zozlashni milliy qadriyat sifatida bilib keladi. Xalqimiz keksalarni holidan xabar oladi. O’zbek yurtida keksalar bor joyda ,har kuni mehmon. Xalqimizda bir gap bor “Qarisi bor uyning parisi bor”. Keksalar yashaydigan joyda yomon odam tarbiya topmaydi. Keksa insonlarni mahallada yashaydigan odamlar yo’qlab turadi. Uyga kelgan mehmonni ko’rgan bobo va momolarimizning yuzlariga tabassum yugurib umrilari uzayishi, kuchlariga kuch qo’shilishi mumkin.
     Bu yilni Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildilar. Bu esa keksa insonlarga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishi  tabiiy. Jumladan, 2015-yil 6-mart kuni “1941-1945- yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Albatta bu kabi imkoniyatlarni ko’plab keltirish mumkin. Shu o’rinda, aytib o’tish lozimki, nuroniy otaxonu-onaxonlarimiznafaqat birgina yidagina emas, balki har kuni hurmat va ehtirom, sahovat, mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarimiz bulog’idan qonib suv ichadilar.  Biz yoshlardan esa ularga faqat e’tibor va hurmat kerak.  O’tkanlarni xotirlab, hayotlarini e’zozlashni kanda qilmaylik.
     Mening bobom Do’smatov T’oxtanazar qishlog’imizning ko’zga ko’ringan, ziyoli insonlaridan biri bo’lganlar. Bobom qishlog’imizdan chiqqan birinchi maktab direktori bo’lgan ekanlar. Ular maktabimizni ta’mirlash ishlarida, yangi binolar qurishda jonbozlik qilganlar. Ularning say-harakatlari bilan maktabimizning hozirgi binolari bunyod etilgani, meni har gal maktab ostonasidan qadam qo’yganimda g’ururlantiradi. Qishloqda bo’lgan to’y va marakalarda xalq xizmatida bo’lganlar. Bobom bilan yashab, og’ir kunlarida yonlarida turib, qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan, farzandlar tarbiyasida bobomga ko’maklashgan  inson buvim bo’ladilar. Buvim qishlog’imizdan muqaddas haj safariga brogan birinchi ayollardan ekanlar. Buvim ham qishlog’imiz taraqqiyotiga xizmat qilganlar. .Paxta dalasidami, bolalar bog’chasidami buvim mehnatkashliklari bilan obro’topgan ayollardan. “Kir yuvishu, non yopishni kechalari bajarar edim”-deb eslaydi buvim.
     Xalqimizda “Ot izini toy bosar”, degan dono naql bor. Bobom va buvim tarbiyalagan farzandlari hozirda mana shu ilm maskanida bolalarga ilm  bermoqda. Amakim Do’smatov Odilbek esa bobom kabi maktabni boshqaryapti. Maktabimizning hozirgi go’zal qiyofasi ularning tashabbuslari bilan qayta tiklangan. Maktabimiz tumaninmizdagi maktablar orasida eng obod maskan deb topilgan. Gilozoru,bodomzorlari kirgan har bir insonni ko’zini yashnatadi. Bu maktab ilm bulog’da qaynagan maskandir. Maktabimiz sharafiga qishlog’imizni “ziyolilar qishlog’I” deb ham atashadi. Men ham shu maskanda o’qir ekanman, bobom va buvimning ibratli hayotlaridan o’rnak olib, kelajakda ular singari inson bo’lib yetishishga harakat qilaman. Men ham ziyoli, qalbi pok, mehnatkash, insonparvar, yurt koriga yaraydigan, doimo xalq xizmatida bo’ladigan inson bo’lishni istayman va bunga harakat qilaman. Bobom va buvimga munosib farzand bo’laman.    
Olam yaralgandan beri,
Odam yaralgandan beri,
Ajdodlarim imdodini
Menga bering, menga bering.
 
To’xtanazarov Oqilbek Oybek o’g’li.    2015-yil, 15-may.