топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yoshlar modasi va dizayn festivali 2015

Kamolot YIH
Жамият
''Yoshlar haftaligi''ning ikkinchi kuni dasturidan o'rin olgan ''Yoshlar modasi va dizayni'' festivalningi namoyishi bo'lib o'tdi. Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tgan ushbu tadbirning dastlabki qismida Maftuna Fatiddinova, Munisa Fotixxo'jayeva va Gulhayo Numonovaning milliy mato atlas vo boshqa matolar uyg'unligidagi zamonaviy ko'ylaklari namoyish etildi. Keyingi qismda Asal Sanayevaning ''Joziba'' deb nomlangan to'plami taqdim etildi. Undan so'ng Gulshanoy Azimovaning milliy naqshlar tushirilgan choponlardan iborat ''Andijon gulshani'' nomli to'plami tomoshabinlarga havola etildi. Ozod Ro'ziboyevning ''Bek'' liboslar to'plamidan o'rin olgan o'g'il bolalar uchun kuzgi va bahorgi mavsum uchun mo'ljallangan kiyimlari yig'ilganlarga manzur bo'ldi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.