топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDTI «Tafakkur sinovlari» ko’rik-tanlovi

Kamolot YIH
Жамият

 
SamDTI «Tafakkur sinovlari» ko’rik-tanlovi
2016 yil 4 aprel kuni «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati Samarqand Davlat tibbiyot instituti boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan institut talabalari orasida «Tafakkur sinovlari» ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Mazkur tanlov «O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturining maxsus bandlarini ijrosi asosida o’tkazilib, asosiy maqsadi talaba-yoshlar siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, ularga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.
SamDTI «Tafakkur sinovlari» ko’rik-tanlovi 1-sonli talabalar turar joyi «Ma’naviyat va ma’rifat» zalida o’tkazildi.
Institut talabalari 3 jamoaga birlashib tanlovda ishtiroq etdilar: «Lider» (davolash fakulteti), «Jasorat» (pediatriya fakulteti), «Zamon yoshlari» (tibbiy pedagogika fakulteti).
Ko’rik-tanlovda ishtiroq etgan talaba-yoshlar Vatanimizning eng yangi tarixi, huquqiy madaniyat va amaldagi qonunchilik bo’yicha o’z bilimlarini namoyon etdilar. Musobaqalar uch bosqichda bo’lib o’tdi. Murakkab kurash natijasida «Zamon yoshlari» jamoasi g’olib deb topildi va institut jamoasini viloyat bosqichiga ko’rsatish huquqini qo’lga kiritdi.
Ko’rik-tanlov faol ishtiroqchilari va g’oliblari diplomlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
 

 
Jyuri a’zolari ishtiroqchilarni tanlov qoidalari bilan tanishtirmoqda
 

 

 

 
Jamoalar faol baxslashmoqda
 

 

 
Ovoz berish jarayoni
 

 

 
Tanlov g’oliblarini taqdirlash
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.