топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+76.63
avatar

"Бобурнома" да географик жой номлари

Батафсил

Истиқлол берган имконият

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан


Ватанимиз мустақиллигининг 23 йиллиги давомида халқимиз эришган ютуқлар, амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари, ушалаётган орзулар ҳақида қанча фикр билдирсак оз. Чунки истиқлол туфайли инсон омилига, унинг фаровонлигига бўлган эътибор кундан — кунга ортиб бормоқда. Бу мустақиллигимизнинг дастлабки кунлариданоқ энг улуғ неъмат   —  тинчлик йўлидан оғишмай  бораётганимиз самарасидир. Муқаддас заминимизда ҳар бир оила, ҳар бир инсон тонгни қаршилар экан бугунги, эртанги ҳамда келажакдаги ишларини эмин — эркин режалаштиради, хавотирсиз ўз юмушлари билан банд бўлади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов мустақилигимизнинг 23 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзида шундай дейди: “Мустақиллик, истиқлол дегани улуғ неъмат аввало, халқимизга озодлик ва эркин ҳаётни берган, инсоний шаънимиз, миллий онгимиз, қадр-қимматимизни тиклаб, барчамизга ўзлигимизни англаш туйғусини, тилимиз, муқаддас динимизни, қадрият ва урф-одатларимизни қайтариб берган, Ватанимиз тарихида ҳеч нарса билан қиёслаб бўлмайдиган буюк санадир.Мустақиллик биз учун — бу ўз тақдиримизни қўлга олиб, юртимизнинг ер ости, ер усти бойликларига эгалик қилиш, беқиёс моддий ва маънавий салоҳиятимизни амалга ошириш, жаҳон миқёсида ўзимизга муносиб ўрин эгаллаш демакдир” (“Халқ сўзи” газетаси 2014 йил 1 сентябрь)

9-SINFDA OPTIK ASBOBLAR MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMA

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан
Mavzu: Optik asboblar

«Optik asboblar» Mavzuning texnologik xaritasi
Mavzu    Optik asboblar
Maqsad    Optik asboblarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. o’quvchilarni optik asboblarning (lupa, fotoapparat, mikroskop) tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishtirish va ularning fan hamda turmushda qo’llanilishi haqidaqi ma'lumotlar berish.
Vazifalar    o’quvchilarga optik asboblarning xarakteristikalari haqida ma'lumotlar berish va ularga misollar keltirish. o’quvchilarga optik asboblar (lupa, fotoapparat, mikroskop) va ularning ishlatilishi haqida ma'lumotlar berish, uning turmushda va fandagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
o’quv
jarayonining mazmuni    Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish.
o’quv jarayo- nining amalga oshirish texnologiyasi    Metod: kichik ma'ruza orqali taqdimot, «aqliy hujum», «Sinkveyn», guruhlar bilan ishlash.
Vosita: 9-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, lupa, fotoapparat, mikroskop, optik disk, kompyuter, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sinolarning suratlari, o’quvchilar taqadigan emblemalar, lupa, fotoapparat, mikroskop, kadaskop, slaydlar.
Nazorat: og'zaki nazorat, guruhlarni baholash.
Baholash: 5 ballik tizim asosida.

Kutilayotgan natijalar    o’qituvchi.
Optik asboblar mavzusini hayotiy misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. o’quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko’nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o’z-o’zini nazorat qilishga o’rganadi.
Kelgusi rejalar    o’qituvchi.
o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo’llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tatbiq etish uchun o’z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo’llanilishi bilan tajribasini boyitish. o’quvchi.
Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini, jarayonni tasawur qilish, amaliyotda qo’llash. Qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o’rganish. o’z fikrini ravon bayon qila olish. Kompyuterda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.

   
    Mashg'ulot bosqichlari

Bosqichlar    Mazmuni    Metodlar    Vaqti
1-bosqich: tashkiliy qism        Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish.        Og'zaki muloqot.    3 daqiqa
2-bosqich: takrorlash    o’qituvchi ishtirokida o’tilgan mavzuni takrorlash va guruhlar bilan ishlash.    Guruhlarda ishlash, amaliy topshiriq baja- rish va guruhlar taqdimoti.    12 daqiqa
3-bosqich: mavzu bayoni    o’qituvchi optik asboblar to’g'risida o’quvchilardan so’rash hamda mavzuning asosiy mazmuni to’g'risida- gi ma'ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) — jamoaviy ish.    «Aqliy hujum», og'zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.    15 daqiqa
4-bosqich: mustahkamlash    Mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlari, tushunchalarini guruhdagi faoliyatlari orqali aniqlash.    «Sinkveyn» elementi, qisman izlanish, o’z-o’zini baholash.    10 daqiqa
5-bosqich: mashg'ulot yakuni va mus- taqil ish uchun topshiriq        Darsda g'olib bo’lgan guruh va faol qatnashgan o’quvchilarni rag'batlantirish, mashg'ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish.    o’quvchilarni rag'batlantirish.    5 daqiqa

Mashg'ulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar:
    — lupa;
    — fotoapparat;
    — proyeksion apparat;
    — mikroskop.
   
I. Darsning tashkil etilishi:

    sinfga kirishda o’quvchilar o’qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o’z joylarini egallaydilar;
    salomlashib, davomat aniqlanadi; d) o’quvchilarning darsga hozirligi
ko’rib chiqilib, guruhlarga bo’linadi:
    1-guruh    — «Beruniy»;
    2-guruh    — «Ulug'bek»;
    3-guruh    — «lbn Sino».
   


II. o’tilgan mavzuni takrorlash.
o’qituvchi tomonidan oldindan
tayyorlab qo’yNgan savol va topshiriqlarni .guruhlar boshlig'i tanlab oladilar.
«o’zing bajar» shartida guruhiar amaliy topshiriqlarni bajarib, taqdimot qiladilar.
    1-guruhga:    «Yorug'likning qaytish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
    2-guruhga:    «Yorug'likning sinish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
    3-guruhga:    «Linzada tasvir hosil qilish» (yorug'lik manbai, qavariq linza, ekran) kabi topshiriqlar beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni: optik as- boblar
Reja:
    1. Lupaning tuzilishi.
    2. Fotoapparatning ishlashi.
    3. Mikroskopning tuzilishi.

Yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida «Aqliy hujum» metodidan foydalaniladi.
    1. o’quvchilarga muammoli savollar beriladi (lupa, fotoapparat, mikroskop va optik disklar ko’rsatiladi, ulardan qayer- larda foydalanish mumkinligi so’raladi).
    2. O'quvchilarning fikrlari va g'oyalari tinglanadi.
    3. o’quvchilar tomonidan berilgan j fikr va g'oyalar umumlashtiriladi.
Shundan so’ng o’quvchilarga optik asboblar haqida to’liq ma'lumot beriladi. ■ Slayd orqali mavzudagi optik asboblar tasviri katta ekranga chiqarib, o’quv- chilarga havola etiladi va tushuntiriladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash «Sinkveyn» metodi orqali quyidagicha amalga oshiriladi.
«Sinkveyn» — berilgan mavzu bo’yicha bir necha so’z orqali o’quv matnini bayon qilish metodi. Mazkur metoddan ko’zlangan maqsad bu mavzuni o’rganish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Amalga oshirish bosqichlari:
    1. o’quvchilarni ushbu metodni bosqichlari bilan tanishtirish.
    2. Mavzu bo’yicha «Sinkveyn» tuzi- shini o’quvchilarga taklif qilish.
    3. Barcha guruhlar ishni yakunlagandan so’ng ularni taqdimotini tashkillashtirish.
«Sinkveyn» tuzish qoidalari:
«Sinkveyn» — mavzuga oid biror-bir tushunchani besh qatordan iborat qofiyasiz she'r orqaii tasvirlash metodi bo’iib, birinchi qator mavzuga oid bitta jism, atamaning nomidan iborat bo’ladi. Ikkinchi qator ikki so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi jism yoki atamaning sifati ifodalanishi lozim. Uchinchi qator uchta so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi so’z bilan bogliq harakat aks etishi lozim. To’rtinchi qatorda mavzuga munosabatni biidiruvchi 4 so’zli misra hosii qiiinadi. Beshinchi qatorda birinchi so’zning sinonimi yoki birinchi so’zni izohlovchi ta'rif beriladi.
Mazkur metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
«Sinkveyn» tuzish namunasi:
    1. Linza.
    2. Linza — shaffof jism.
    3. Linza — tasvir hosil qiladi.
    4. Linzalar — mikroskoplarda, ko’zoynaklarda, fotoapparatlarda ishlatiladi
    5. Linza — yorug'likni sindiruvchi shaffof jism.

Har bir optik asbob uchun «Sinkveyn» tuzishni davom eting.

Namuna:
1-guruh. «Fotoapparat”.
1.
2.


 
2-guruh.    „Lupa“.
1.
2.
   
   
   
3-guruh.    „Mikroskop“.
1.
2.
   
   
   
V.O'quvchilarni baholash.
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo’yiladi. olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar alohida rag'batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Kundalik turmushda qo’shimcha yana qanday optik asbob- lardan foydalanilayotganligi to’g'risida ma'lumot va mavzuga oid savollarga javoblar tayyorlash. 20-mashqni yechish.
ILOVALAR
Mashg'ulot davomida ishlatiladigan slaydlar va tarqatma materiallar:

1-slayd.
Lupa deb nimaga aytiladi?
 
 
Fokus masofasi 25 sm.dan bir necha barobar kichik bo’lgan yig'uvchi linzaga lupa deyiladi.
Lupa — buyumlarni ko’rish burchagini kattalashtirib beradigan qavariq linza.
Lupaning kattalashtirish formulasi quyidagicha:
K=D0/F.

2-slayd.
Fotoapparat qanday tuzilgan?
Fotosuratga olish avvalgi asrning boshicfa kashf etilgan. 1840-yilda birinchi marta Oy, 1842-yilda Quyosh suratga olingan. Fotoapparatning asosiy qismi 1 obyektiv va 2 kameradan iborat. Tasvir 4 kameraning orqa tomonida to’nkarilgan haqiqiy va kichraygan holda hosil bo’ladi. Kameraning shu joyiga fotoplyonka joylashtiriladi.

 
Fotoapparatda ekran vazifasini o’lchami katta bo’lmagan plyonka (yoki plastinka) bajaradi, chunki tasvir kichiklashtirilishi kerak. U, albatta, haqiqiy bo’lishi kerak, chunki mavhum tasvir plyonkaning yorug'lik sezgir tarkibiga ta'sir qila olmaydi. Bunday tasvir linzaning ikkilangan fokus masofasida yotganida hosil bo’ladi. Bu tasvir linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida yotadi.






3-slayd.
 
Mikroskop qanday asbob?
 
Mikroskop — yaqin masofadagi ko’zda bevosita ko’rinmaydigan juda mayda obyektlarni kattalashtirib ko’rsa- tadigan optik asbob.
Mikroskopdan bak- teriyalar, hujayralar kabi mayda obyektlarni ko’rish uchun foydalaniladi.

Диний ва экстремистик секталар рамзларининг ўзига хос жиҳатлари

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан


     
Одатда оқимлар диний рамзлардан фойдаланишда аъзоларга уларнинг таъсирини орттириш учун ўзига хос ранг, шакл ва тимсоллар қўллайдилар. Бунда асосан қора, қизил, сариқ, оловранг каби ёрқин ранглар ишлатилади.

Mening bobom va buvim -mahallamiz faxri.

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан
 
“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.”
 
Reja
 
I.               Kirish. Keksalarni ezozlagan yurt haqida.
 
II.            Asosiy qism.
 
1.                      Mening bobom, buvim – qishlog`imizning ko`rki.
 
2.                      Xonadonimiz farishtalari.
 
3.                      “Keksalarni ezozlash yili". Davlat dasturi haqida.
 
4.                      E`zoz, bu – ezozlash, siylash, azizdeb bilish.
 
III.          Xulosa. keksalarga hurmat yanada oshdi.
 
 
 
 
 
 
 
“Qarisi bor uynining parisi bor”.
 
Keksalarni ezozlash- azaliy, milliy fazilatlarimizdan  bo`lib, hurmat – izzat, e`tibor, e`tirofdan ham yuqori turadi. Chunki, bizda keksalar ko`cha kuydami, tuy- ma`rakadami, bozoru- mahalladami, duch kelgan keksa kishi, tanishmi, notanishmi e`zozlangan. Keksa kishi qulog`i og`irligi, yaxshi ko`ra olmasligi yoki kayfiyati yo`qligi, yoki boshqa sabablar tufayli e`zozga e`tirof bilan javob bermasaham, muhokama qilmay ehtirom ko`rsatilaveradi. Xuddi shu munosabat o`zbek xonadoniga mosdir. Bizning uyimizdagi bobom va buvim ham anashunday e`zozda.
 
Keksami, demak, e`zozga sazovor.
 
Mening bobom va buvim mahallamiz ko`rki. Negaki bobom va buvim o`z qilgan ishlari bilan mahallamiz ko`rki hisoblanadi. Bobom 7 nafar farzandni voyaga yetkazgan. Buvim shu farzandlarni oq yuvib oq taragan hamma farzandlarini tarbiyali ,o`qimishli qilib tarbiyalagan. Bobom va buvim mahallamizdagi hamma insonlarga birdek maslahat go`ydir. Hozirgi kunlarimizning nechog`lik kutilganligini qayta-qayta tushuntiradilar.
 
2014- yil 5- dekarbda O`zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Prezidentimiz bu yilga  “Keksalarni e`zozlash yili” deb nom berishni taklif etdi. Shunda Prezidentimiz ma`ruzasida aytilganidek, “Bir uylab ko`raylik, “ Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyala xonadonlarimizning fayzi va farishtasi” degan maqol va hikmatli so`zlarimizda qanday  chuqur ma`no bor. Haqiqatdanham, qaysi xonadonda otaxon yoki onaxon, bo`lsa, u oilada, albatta, fayzli baraka, farovonlik, ahillik bo`lishini barchamiz yaxshi bilamiz.
 
Yana ma`ruzada “Bugun faxriylarimizni hurmatini joyiga qo`yish, har qaysi keksa odamning yuragida etibborish, ko`nglini  ko`tarish, shu bilan birga, ularni hayotini mazmunli qilish yo`lida olib borayotgan ishlarimizning kuchaytirish, samarasini oshirish” – ligi alohida ta`kidlanadi.
 
Biz bu o`rinda ham jamiyatimizda ustuvor bo`lgan ma`naviy va moddiy rag`bat ham ohangligini yaqqol ko`z oldimizga keltiramiz.
 
— keksa avlod, har bir keksa insonga nisbattan mehr oqibat, hurmat- ehtirom va g`amxo`rlik ko`rsatish;
 
— keksa avlod hayotini mazmunini boyitish;
 
-ular hayotiga daxldor bo`lgan muamamolarni yechishda yoshlar va o`rta avlod vakillarining burchi hamda ma`suliyatini yanada oshirish;
 
Keksalarimizni, bobo va buvilarimizni elyurtga xizmatlari kattadir. Va shunga mos iltifotga, yaxshi gapga hurmat- izzat, e`zozga munosibdir. Ular yoshligini shu aziz vatan xizmatiga bag`oshlagan, farzand- naberalarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, uyli- joyli qilib, yaxshi- yomon kunlarini, hayot nimaligini. Odam qanday yashashi kerakligini ko`rib, bilib sinagan. Millatimizning 70-100 yillig tarixida guvoh. Xonadonlar fayzi, farishtasi......
 
Keksalarni hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash ularni moddiy va ma`naviy qo`llab quvatlash ko`lamini kengaytirish, yoshi ulig` insonlar ayniqsa, 1941-1945- yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taminoti va tibbiy xizmat ko`rsatish takommillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o`zbek xalqining ko`p asrlik qadriyat va an`analri ruhida tarbiyalashda keksalarni o`rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015 yilning “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilinishi munosabati bilan “Keksalarnie`zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa yo`nalishlari etib quydagilar belgilandi.
 
Keksalarda hurmat ko`rsatish, pensiya taminoti va ijtimoiy qo`llab- quvatlash tizimini takommillashtirish, yoshi ulug` insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma`lumotnoma va tasdiqlovchi tiklashdagi hujjatlarni olish xizmatlarni ko`rsatishni eng qulay tizimini shakllantirish, keksalarni, avvalambor, fashizm ustidan qozongan g`alaba va Vatanimizni qayta tiklashda munosib hissa qo`shgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxrilarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo`llab quvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug` insonlar, birinchi navbatda, yolg`iz qariyalar va nogironlarga ko`rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro`yixatini kengaytirish, faxriylar va yoshi ulug insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat  ko`rsatish darajasini va sifatini oshirishdir.
 
 E`zoz, bu azizlash, siylash, azizdeb bilish, aziz tutish, aziz kishiga munosabat degani. Aziz- ollohning sifatlaridan biri ya`ni olloh bizni yaratgani uchun aziz bilinadi, aziz tutiladi va e`zozlanadi.
 
E`zoz, bu yaxshi insonlarni tanish, notanish keksalarga hurmat – izzatni so`zda- yuzda- ko`zda harakartalida ko`rinishi. Inson ma`naviyatini ko`zimiz oldida zohir bo`lishi.
 
Men ham mahallamda, uyimizda yoshi ulug` insonlarni ko`rganimda hurmatini joyiga qo`yib, xulqimizdagi e`zozni qo`llayman.
 
 Bizning “Javonobod’ mahallamizda keksalarni e`zozlash, ulardan xabar olish yo`lga qo`yilgan. Yaqinda bo`lib o`tgan 8 – mart xotin-qizlar bayramida Navruz bayramlarida maktabimizga yoshi ulug` otaxon va onaxonlarimizni taklif qildik.
 
Yurtimizning inson manfaatlarini va qadri yuksak sanalgan davlat ekanligida yana birbor amin  bo`ldim chunki:
 
-              bizning keksalarimiz- farzand, nabiralari quchog`ida:
 
-              bizning keksalarimiz- davlatimizni moddiy va ma`naviy ardog`ida
 
-               bizning keksalarimiz- qilgan mehnatidan rohatda;
 
-              bizning keksalarimiz- tobora uzoq, sog`lom umur ko`rayotir;
 
-  bizning keksalarimiz e`zozda davron surayotur;
 
 
 
 
 
Samarqand viloyati
 
Samarqand tuman Kulbai poyon QFY 27-umum ta`lim maktab 8- A sinf o`quvchisi  Zokirova  Firo`zabonu
 
+998937272827
 

"Кексалар -хаётимиз зийрати "

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан
Ёдгорова М.О.БухМТИ “Ижтимоий фанлар” кафедраси ассистенти, Бобоева Ю.10-13 МИАТ гуруҳи талабаси Эъзоз, қадр, эҳтиром замирида одамзотга хос энг олийжаноб, пок туйғуларбўлган гўзал фазилатлар мужассамдир. Ушбу гўзал фазилатлар билан жумла жаҳонни нуру зиёга буркамоқ мумкин. Зеро, инсон қадр этаркан, қадр топади, эъзози сабаб эса элда азизланади. Бизнинг юксак эҳтиромимизга сазовор зотлар эса, шубҳасиз, ёши улуғларимиз, нуроний кексаларимиздир. Мустақилликка эришганимиздан сўнг муҳтарам Президентимиз И.А.Каримов томонидан миллий қадриятларимиз, урф-одатларимиз, анъаналаримиз қайтадан тикланди. Бир сўз билан айтганда ўзлигимизга қайтдик.

Олмалиқ

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ОЛМАЛИҚ – Или дарёси бўйида жойлашган тарихий шаҳар, ҳозир уйғур тилида Кулжа, хитой тилида Йининг () деб номланади. Туркийлар ҳоқонлиги даврида Олмалиқ муҳим стратегик аҳамиятга эга шаҳарлардан бири саналган. Чиғатойхон даврида (1226-42йй) унинг пойтахти ҳисобланган. Туғлуқ Темур ҳукмронлиги (1351-63) даврида муҳим ислом шаҳарларидан бирига айланган.


Олмалиқ шаҳри тўғрисида Ўрта аср сайёҳларидан Даоизм тарғиботчиларидан  Қуи Чужи ва марокашлик Ибн Баттута ҳамда Бобурнинг холаваччаси Мирзо Муҳаммад Ҳайдарнинг асарларида кенг маълумот берилган.


“Б.” да Олмалиқ Фарғона вилоятининг шимолида жойлашгани хабар қилинган (1б).


                (Тошкент вилоятидаги Олмалиқ (1951 й ташкил топган.) шаҳри билан чалкаштирманг.)


Ибрагимов Режабали,


Хитойшунос


Ад.: Н. Иброҳимов. Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиёга саёҳати

Устод Ҳасанали

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

УСТОД ҲАСАНАЛИ – Бобур хизматидаги меъмор, уста. Кобул аркида пишиқ ғиштлардан иморатлар қурган. Бобур Хожа Калонга ёзган мактубида Кобул қўрғонининг қурилажак иморатлари Устод Ҳасанали чизган тарҳ асосида битказилишини тайин қилган (“Б.”, 360а).


Б.Й.

Панжоб

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ПАНЖОБ (форсча беш сув)-Жанубий Осиёдаги географик минтақа. Покистоннинг шарқий ваҲиндистоннинг шимолий қисмини ўз ичига олади. Покистоннинг Панжоб вилояти, пойтахт Исломобод ва Озод Кашмир ҳудуди, Ҳиндистоннинг Панжоб штати, Чандигарҳ иттифоқ ҳудуди, Ҳарияна, Ҳимачал Прадеш, Жамму штатларининг ва Деҳлининг маълик қисмини ўз ичига олади. Илк мусулмонлар даврида Панжоб сўзи пайдо бўлган ва Бобурийлар даврида оммавийлашган.Жҳилам, Чиноб, Рави, Сатлеж ва Биас дарёларининг ҳаммаси Ҳинд дарёсига келиб қўшилади. Панжоб Эронийлар, греклар, кушонийлар, ғазнавийлар, темурийлар, бобурийлар, афғонлар ва инглизлар тасарруфида бўлган. Ислом, сикҳизм ва ҳиндуизм ва бошқа динлар мавжуд. Эр.ав. 326 й. Панжобга Искандар Зулқарнайн бостириб кирган. Эр.ав. 305 й. Панжоб Маурийлар империяси таркибига киритилган. 711 й. ўн саккиз ёшли Султон Муҳаммад бин Қосим Тоифий бошчилигадаги араблар рожа Даҳурни мағлуб этиб Панжобни эгаллайди ва ислом дини кириб келади. Шундан сўнг Панжобда фақат мусулмонлар ҳукмронлиги бошланада ва тахминан минг йил давом этади.1758 й. Панжоб маратҳлар қўлига ўтади. Аммо Аҳмадоҳ Абдолий томонидан қувиб чиқарилади. 18 а. ўрталарига келиб Сикҳлар давлати пайдо бўлиши ва инглизларнинг суқилиб кириши оқибатида Панжоб 36 қисмга бўлиниб кетади. 1857 й. сипоҳийлар қўзғолонидан сўнг Панжобнинг асосий қисми Ост Индия компанияси бошқаруви остига ўтади. 1947 й. Ҳиндистон озодликка эришагнидан сўнг Буюк Британия таъсири остида Покистон ажралиб чиқади ва Панжоб ҳам иккига бўлинади. Покистондаги Пандоб вилояти маркази сифатида Лоҳур, Ҳиндистондаги Панжоб бош шаҳри сифатида Чандигарҳ танланган. Ҳиндистон Панжобида Амртисар, Чандигарҳ, Лудиана, Фаридобод ва Жаландҳар, Покистон Панжобидаги Лоҳур, Мўлтон, Файсалобод, Равалпинди, Исломобод каби шаҳарларда миллиондан кўп аҳоли яшайди. Панжоб аҳолисиснинг этник таркибини мўғул, туркман, араб, ўзбек, форс ва сикҳлар ташкил қилади.


         Бобур Кобулда ўз давлатига асос солганидан сўнг бир йил ўтар –ўтмас Ҳиндистонга юриш қилади ва мулаймон тоғлари этаги бўйлаб Мўлтонгача боради. Бҳира, Хушоб, Чиноб, Чиниват каби вилоятларни ўз тасарруфи доирасига олади.  Панжоб ҳокими Давлатхон унга элчи жўнатиб дипломатик алоқа ўрнатади ва биргаликда Деҳлига юриш қилишни таклиф этади. Аммо кейинроқ Бобурга қарши иш юрита бошлайди. 1525 й. декабрида Бобур Панжобни ўз давлати таркибига қўшиб олади. “Б.” Панжобдаги жуда кўп шаҳар ва қишлоқлар, дарё, ўрмон ва тоғлар, қуш ва ҳайвонлар таърифи келтириб ўтилган.


Б.Й.


 

Бобурнинг маҳрами

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ҚОСИМБЕК ҚАВЧИН – Умаршайх Мирзо саройидаги беклардан бири. Бобурнинг момоси Эсан Давлат Бегимга қариндош бўлган. Бобур даврида амир ул умаро ва Ҳумоюнга Бек атка даражасига кўтарилган. Умаршайх Мирзо вафотидан сўнг Ўш ҳокими вазифасини бажарган. Сарипул жангида қўшиннинг ғул қисмини бошқарган.  Бобур Андижон ва Самарқанд тахтидан ажралиб сарсон юрган кезларида Масчодан Тошкентга боришга қарор қилганида улар ажралиб кетишади. Сабаби Тошкент мўғул хонлари тасарруфида бўлиб, Бобурнинг Самарқандга қилган юришларидан бирида, Шероз яқинида Қосимбек қавчин бебошлик қилган мўғуллардан бир нечасини сиёсат учун ўлимга буюрган (“Б.”, 39б). Ҳисорга бориб Хусравшоҳ хизматига кирган Қосимбек қавчин кейинроқ Кобулни эгаллаган Бобур ёнига қайтиб келган. Бобурнинг Ҳирот саафрида бирга бўлган ва барча дипломатик муносабат ва учрашувларда иштирок этган (“Б.”, 186аб). Кобулга қайтишда йўлдан адашиб қалин қор бўронига дуч келишганларида Қосимбек ўғиллари билан бирга қор тепиб йўл очган (қ. Чахчарон воқеаси). Қандаҳор фатҳидан сўнг Қосимбекнинг талаби билан Бобур дарҳол у ердан чиқиб Кобулга қайтади. Бу пайтда Бобурни Қандаҳорда деб ўйлаган Шайбонийхон келиб қалъани қамал қилади, аммо Бобурни ушлай олмайди. Бу воқеани баён қилар экан Бобур Қосимбекни тажрибалик киши эди деб зикр қилган (212б). Дараи Хуш юришида кекса ёшда бўлишига қарамай яхши ҳаракат қилгани учун Бобур унга Бангиш вилоятини жулду қилиб берган. Қосимбек Замини Доварни эгаллаган фурсатда оламдан ўтган. Бобур унинг чин мусулмон, шубҳали таомлардан парҳез қилиши ва тадбиркор инсон бўлганини қайд қилиб ўтган (“Б.”, 14б). Унинг ўғиллари ва куёвлари ҳам садоқат билан Бобурга хизмат қилган.


Б.Й.       


                                                                       

Қарши

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ҚАРШИ  — Ўзбекистон Республикасининг қадимий шаҳарларидан бири. Қашқадарё вилоятининг маркази. Аҳолиси 280 минг кишидан зиёд (2013 йил). Буюк Ипак  Йўлида, шимолий – шарққа  қараб Самарқанд, шарққа қараб Шаҳрисабз (Кеш), жанубга қараб Термиз, ғарбга қараб Бухорога бориладиган карвон йўлларидаги чорраҳада жойлашган. Шаҳардан Қашқадарё дарёси оқиб ўтади  Шаҳар атрофи текисликдан иборат.


Бобир Мирзо “Б”да Қарши шаҳрини шундай таърифлайди. “Яна Қарши вилоятидурким, камоброқ (кам сувроқ) ердур, баҳори ҳўб бўлур, экини ва қовуни яхши бўлур. Самарқанддан жануб саридур, бир нима ғарбқа мойил, ўн саккиз йиғоч йўлдур. Бағриқаро йўсунлик қумкина бўлурким, қилқўйруқ дерлар, Қарши вилоятида беҳад ва бениҳоят бўлури учун ул навоҳида мурғаки Қарши” дерлар (“Б” 49-бет)


Бобурнинг Шайбонийлар  билан олиб борган  кураши қисман Қарши билан боғлиқ. 1500 йил Самарқандни олганда Қарши ҳам унинг ихтиёрига ўтган. Бобур Мирзо Қашқадарё вилоятини “Қарши вилояти” номи билан келтиради.


 


Қадимдан Қарши шаҳри манбаъларда “Боло”, Нашебобо”, “Нишкапа”, “Нахшаб”, “Насаф” ва XIV асрдан бошлаб Қарши деб атала бошланган. Шаҳар милоддан аввалги VIII-VII асрларда Ерқўрғон ўрнида вужудга келиб, унинг  атрофи қалъа девори билан ўралган. Милоддан аввалги VI асрда шаҳар кенгайиб, майдони 150 гектарни ташкил этган. Тахлилчилар ҳисобига кўра, VIII – XII асрларда Ўрта Осиёда уч мингдан зиёд муҳандис олимлар яшаб ўтганлиги, шулардан 400 нафари Насафда ижод қилганлиги, Чингизхон истилосигача бу ерда илм, фан, санъат ривожланиши жиҳатдан  минтақада нуфузли шаҳарга айланганлигини кўрсатади.


Буюк Соҳибқирон Амир Темур даврида шаҳар атрофи ғишт ва пахса девор билан ўралиб, бу ерда қурилган Одина масжиди ва қўрғон ҳудуди 40 гектарни ташкил этган.


Мустақиллик даврида Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги муносабати  билан шаҳар мутлоқ қайта қурилди. Шаҳар нафақат республикамиздаги маданий марказлардан бирига айлантирилиш билан бирга, йирик саноат марказларидан бирига айланди. У ердаги Шўртан, Химия, Муборак неъфт ва газни қайта ишлаш заводларини на фақат республикада балки дунёда ҳам танишади. Вилоятда саноат махсулотлари 5311,9 миллиард сўмни, истеъмол товарлари 521,3 миллиард сўмни, қишлоқ ҳўжалиги махсулотлари 21 трилион 114 миллиард сўмни, асосий капиталга қаратилган инвестицияларга 2824,4 миллиард сўм, қурилиш ишларига 947,8 миллиард сўм пуллик хизматлар 719,6 миллиардни, экспорт 342 951, 9 долларни, импорт эса 406 391,3 долларни ташкил этади (2013 й). Жумладан Қарши шаҳрида (2013 йил 1 январ) саноат маҳсулотлари ишлаб чиқариш 429.8 миллиард сўмни, истеъмол моллари 238.5 миллиард сўмни, асосий капиталга қаратилган инвестициялар 442.8 миллиард сўмни, қурилиш ишлари 282.9 миллиард сўмни, савдо айланмаси 842.2 миллиард сумни, пуллик хизматлар 250.4 миллиард сумни, экспорт 64935.2 АКШ доллари, импорт 131990.7 АКШ долларини ташкил этишиёқ унинг салобатини кўрсатиб туради.


А.Б.

Амир Темурнинг ўғли

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ШОҲРУХ МИРЗО (1376-1447) – Амир Темурнинг тўртинчи ўғли. Отаси томонидан Хуросон ҳокими этиб тайинланган. Соҳибқирон вафотидан сўнг Самарқанд тахтини Ҳалил Султон галлаб олади ва салтанатда ички низолар авж олиб парчаланишга тушади. Шоҳрух Мирзо 1409 й. Мовароуннаҳр ва Хуросонни бирлаштириб Ҳиротни пойтахтга айлантиради. Унинг иқтисодий ва маданий жиҳатдан гуллаб-яшнаши, юксак меъморий обидалр бунёд этилишини таъминлаган. 


 Катта ўғли Улуғбек Мирзони Мовароуннаҳр ҳокими этиб тайинлайди (“Б.”, 50а). 1414 й. Деҳлини забт этган Саййид Хизр Хон Шоҳрух Мирзо номига хутба ўқита бошлайди. Шоҳрух Мирзо Ҳиндистоннинг энг жанубидаги Бижонагар рожалиги билан дипломатик алоқа ўрнатиш учун Абдураззоқ Самарқандийни элчи сифатида жўнатган.


Бобур Темурийлар шажараси ва Ҳирот ҳақида маълумот берар экан кўп марта Шоҳрух Мирзони тилга олган (“Б.”, 6б,10а, 50аб, 163б, 172а, 176б.).      


Б.Й.

Ҳисори Феруза

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ҲИСОРИ ФЕРУЗА – Панжобда, Деҳлидан 160 км шимоли-ғарб томонда жойлашган шаҳар. Бобур Ҳумоюнни Ҳисори Ферузани эгаллашга тайин қилган ва 1526 й. 26 февраль куни бўлган тўқнашувда ҳумоюн ғалаба қозонган. Бобур Ҳисори Ферузани Ҳумоюнга жулду қилиб берган (“Б.”, 263а). “Б.” да Ҳисори Феруза саркоридан тушадиган даромад 13 075174 танга экани қайд қилинган (292а). Кейинчалик Ҳисори Феруза Бобурий подшоҳзодалар ўртасида катта аҳамиятга эга бўлган. Айнан Ҳисори Ферузага ҳоким бўлган ҳар бир Бобурийзода келажакда бошига тож кийган, Акбар, Жаҳонгир, Шоҳжаҳон ва Аурангзеб.


Б.Й.  


 

Кўксарой

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

КЎКСАРОЙ – Темурийлар салтанатининг Самарқанддаги саройи. 1370 й. куз пайтида улкан қурилтойда Самарқанд атрофини мустаҳкам девор билан ўраш ва Арки аъло қуриш тўғрисида қарор қабул қилинган. Амир Темур томонидан 1371 й. қуриб битказилган. Тўрт қаватли гумбазли бино бўлган. Асосан ҳаворанг ишлатилгани учун Кўксарой деб ном олган. Кўкарой ичида резиденция, қабулхона, кутубхона,  зарбхона, қамоқхона каби иморатлар ҳам бўлган. Чет эллик элчилар учун махсус меҳмонхона ҳам бўлган. Кўксаройда кўктошдан тарашланган тахт ҳам бўлган. Амир Темур авлодидан кимки тахтга даъвогар бўлиб зафар қозонса ҳам, мағлуб бўлиб боши кесилса ҳам Кўксаройга чиқарилган. Бобур бу ҳақда “ҳатто кинояти бўлуб эрдиким, фалон подшоҳзодани Кўксаройга чиқардилар… ” деб зикр этган (“Б.”, 37а) ва олий иморат деб таъриф келтирган.


Б.Й.   

Дҳолпур

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ДЎЛПУР, Дҳолпур, Даулпур (धौलपुर) – Ражастан штатида жойлашган тарихий шаҳар. Аҳолиси 126,142 (2011й.). 700 й. рожа Дҳолан томонидан асос солинган. 1050 й. шаҳар деворлари қайта таъмирланган. 1194 й. Ғурийлар давлати, 1502 й. Лўдийлар салтанати тасарруфига кирган. Панипат жангидан сўнг Лўдийлар ҳукмронлигига барҳам берилгач, Дўлпур ҳокими Муҳаммад Зайтун ўзини мустақил султон деб эълон қилади. Бобур Дўлпурни Жунайид барлосга иноят қилиб, шаҳарни зўрлаб олишни тайинлайди (“Б.”, 299а). Буни эшитган Муҳаммад Зайтун қўрққанидан таслим бўлиб Бобур ҳузурига келган. Бобур Дшлпурни холиса деб эълон қилган (“Б.”, 305а). Бобур Дўлпурда боғ-роғлар яратиб обод масканга айлантирган. Олур Мирзо вафотидан сўнг ҳарам аҳлининг кўнглини кўтариш мақсадида Бобур барча маликаларни Дўлпур сайрига олиб борган (“Ҳ.”, 16а). Бобурийлар давлатида холиса саналган Дўлпур муҳим аҳамият касб этган.


Б.Й.  

Темур Боғи

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

БОҒИ НАВ (ЯНГИ БОҒ)- Амир Темур томонидан 1404 йили Самарқанднинг жануб томонида, ҳозирги Лолазор қишлоғи ўрнида бунёд этилган боғ. Чорбоғ услубидаги бу оромгоҳнинг тўрт томони ҳам пахса девор билан ўралган бўлиб, ҳар бир бурчакда минора қад кўтариб турган. Боғ ўртасида улкан қаср ва унинг олдида ҳовуз бўлган.


Бобур Самарқандда Султон Маҳмуд мирзонинг ўғиллари ўртасидаги ҳокимият алмашинуви ҳақида баён қилаётиб, Дарвиш Муҳаммад тархоннинг учинчи ўғли Султон Али мирзо Қаршидан Боғи Навга келтиртиргани ва у ерда акаси Бойсунқур мирзони Кўксаройга чиқариш режа тузилганини, аммо бандда турган Бойсунқур мирзо таҳорат қилиш баҳонасида Боғи Навдан қочиб кетганини ҳикоя қилган (“Б.”,36аб). Кейинчалик Бобур ўзи ҳам Самарқандни фатҳ этганидан сўнг, Шайбонийхон Самарқанд томон қўшин тортганида унга қарши урушга аҳд қилиб Боғи Навда беш олти кун черик йиғиш учун турганини ҳам “Бобурнома” да зикр қилиб ўтган.


Ботир ЙЎЛДОШЕВ

Ҳиндистонлик савдогар

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ЯҲЁ НУҲОНИЙ-Ҳиндистонлик савдогарлар бошлиғи. Кобулга мол олиб келганида Бобур қабулида бўлган ва унга хилъат инъом қилинган. Бобур Ҳиндистонни забт этганида Яҳё Нуҳоний аввалига укасини жўнатиб, қуллуқ изҳор қилган ва сўнгра ўзи ва бошқа саккиз мингтача нуҳонийлик Бобурга давлатхоҳлик билдиришган. Бобур Яҳё нуҳонийга ўн беш лаклик ер ва сарупо кийдириб унинг хизматини тақдирлаган. 


Ботир ЙЎЛДОШЕВ


 

Тамғочи

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан

ШОҲИЙ ТАМҒОЧИ-Бобур хизматидаги мирза. Бобур 1528 й.Чақмоқбекка Аградан Кобулгача бўлган масофани ўлчашни буюриб, Шоҳий Тамғочига ёзиб боришни тайинлаган (“Б.”, 351а). Ҳар тўққиз курўҳда минора, ҳар ўн саккиз курўҳда ёмхона қурдириш вазифасини юклаган. Чақмоқбек ва Шоҳий Тамғочи ўлчаган масофани Бобур “М.” асарида мил билан назмий тарзда ифодалаган.


Б.Й.