топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

XXI asr – O`zbek yoshlari asri

O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti
Илм-фан
 
Hayot, taraqqiyot doimiy yuksalishda, yangi-yangi marralar sari odimlayveradi. Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli kuchdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, har tomonlama yetuk avlodgina bugun hayot oldimizga qo‘yayotgan o‘ta murakkab, og‘ir sinov va qiyinchiliklarni yengish, biz ko‘zlagan yuksak marralarni egallashning eng asosiy poydevori bo`la oladi.
 
Bugun har tomonlama rivojlangan texnalogiyalar asrida yashab turmoqdamiz va bunda har jihatdan bilimli, salohiyatli yoshlar o`zining o`rniga ega bo`lib bormoqda. Anashu izlanuvchan o`z kuchiga ega hamda glaballashuv asrida shaxsiy fikr va g`oyasiga ega talabgorlar orasida bugun biz o`zbek yoshlarini ko`rishimiz quvonarli hol, albatta. Mustaqillik tom ma`noda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochdi deya olamiz. O‘zbekiston tarixiy mezonlarga ko‘ra qisqa muddat bo‘lgan 25 yil davomida bizning bosh maqsadimiz – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish va mamlakatimiz aholisi uchun munosib hayot sharoiti va sifatini yaratish yo‘lida g‘oyat ulkan qadam qo‘ydi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Va bu bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz. Bugungi sharoit va islohotlarning zamirida bugungi kun istiqboli hamda kelajakka ishonch kabi ezgu g`oyalar yotadi. Bularning barchasi aynan unib o`sayotgan barkamol avlod uchun ekanligi muhtaram prezidentimizning quyidagi so`zlarida ham o`z isbotini topgan: “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dona va, albatta, baxtli bo`lishlari shart”. Hozirda bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamolotini yanada yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Amalga oshirilinayotgan islohotlar bizni yanada yuqori cho`qilarni egallashga hamda muvofaqiyatlar kalitini olishga undaydi.
 
 Shu o‘rinda mamlakatimiz yigit-qizlari turli xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari, ijodiy loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgani, yuksak intellektual salohiyati bilan dunyo ahlini hayratga solib kelayotganini ta’kidlash joiz. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, har tomonlama puxta o‘ylangan yoshlarga oid davlat siyosati samarasidir.
 
          Bildirilgan ishonchning tasdiqi sifatida bugun ulkan marralarni egallagan yoshlarini namuna sifatida ko`rsatishimiz mumkindir. Toshkent shahri “Paxtakor” professional futbol klubi a’zosi Abbosbek Maxstaliyev va shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nafisa Mo‘minovaga sport sohasida yuqori natijalarga erishgani uchun “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berildi. Bundan tashqari, tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Denis Istomin va boshqa bir qator sportchilar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, samarali mehnati, tashabbuskorligi va alohida yutuqlari bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar orasida bir guruh o‘quvchi va talabalar ham bor. Siz-u bizga o‘zbek robot ixtirochisi sifatida tanish bo‘lgan Olimjon To‘ychiyev ham ular orasida. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabasi Olimjon To‘ychiyev o‘zbek tilidagi ovoz orqali masofadan boshqariladigan robotni yaratgan. Hozirda “Yosh Robototexniklar” loyihasi ustida ishlab, yurtimiz yoshlarini robototexnikaga bo’lgan qiziqishini uyg‘otish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini olib bormoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yigit-qizlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning faol ishtirokini ta’minlashda dasturilamal bo‘lmoqda.
 
 O`zbekiston aholisini 60% dan ortig`ini yoshlar tashkil etishi ma`lum.  Demakki,  har  bir  yosh  o`z  salohiyatini  ishga   solsa,  O`zbekiston kelajagi bundanda barqaror, mustahkam bo`ladi. Bugun O`zbekiston yoshlarini butun dunyo tanimoqda, tan olmoqda.  Shu o`rinda o`z bilim darajasini bilan boshqa millat vakillarini ham lol qoldirayotgan iste`dod egalari yurtdoshlarimiz vakillari ekanligini alohida ta`kidlash lozimdir. Farrux Lutfullayev Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda o‘qiydi. U o‘tgan yili Armaniston poytaxti Yerevan shahrida tashkil etilgan 49-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritib, tabiiy fanlar yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. Bugun qaysi bir sohaga nazar tashlamaylik u sport bo`ladimi, fan olimpiadalari, ma`daniy ma`rifiy sohadami ular qatorini O`zbekiston bayrog`ini hilpiratayotgan qalbida hayajon va g`ururga to`la barkamol avlodni ko`rishimiz mumkin. Bu va bu kabi yutuqlar zamirida “Mustaqillik”, “Tinchlik”, “Ishonch” kabi muqaddas so`zlarning qadriga yetishimiz  ma`suliyati yotadi.
 
Insonning yoshligida erishgan marra, yutuqlari kelajakda sinovli pillapoyalardan osongina, qiynalmay  o`tishini kafolatlab  berishini anglagan holda,  biz  yoshlar  bu  borada  tinmay   o`qish, izlanish, maqsadni to`g`ri qo`yishimiz darkordir.
 
Intelektual bilimli, har sohada ilg`or, tinib-tinchimas  barkamol avlod  mamlakatimizning  barqaror taraqqiy etishi, rivojlanishi, yuksalishi yo`lida muhim qadamlar tashlab, uning  kelajagining  yorqinligini ta`minlashga hizmat qiladi. Hech kimdan kam bo`lmagan, yorug` kelajakni ko`rib intilayotgan, g`ayrati-shijojati so`nmaydigan  yoshlarga qarab hammaning  havasi keladi. Vatanning  bunday g`ayratli, sog`lom va barkamol yoshlarini ko`rgan har qanday  boshqa davlat vakilida ham intilish  uyg`onadi. Bilim – bu kuch, qudratdir. Quyidagi so`zni chuqur anglagan yoshlar  O`zbekistonning  rivojiga o`zlarining hissasini  qo`shib kelishayotgani juda ahanmiyatli va quvonarlidir. “Bizning  eng  katta  boyligimiz – bu xalqimiz, yoshlarimizdir.” degan  edi Yurtboshimiz. Barcha fikrlarni bog`lagan holda shuni alohida ta`kidlash lozimki, Vatanimiz istiqboliga fidoyilik  bilan yondashish biz yoshlarning oily maqsadimizdir. Ajdodlarga munosib avlod bo`lish, yuksak maqsadlarni oldimizga qo`yib intilish biz yoshlar uchun ham burch, ham ma`suliyat belgisidir.
 
 
Zuhra YARAHEVA
xalqaro jurnalistika talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.