топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Toshkent Gyote Instituti

O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti
Илм-фан
Gyote Institutlari haqida ko`pchilik eshitgan bo`lishi aniq. Hozirda Germaniya Gyote Institutining butun dunyoda filiallari mavjud .Butun dunyodagi Gyote Institutlarining asosiy vazifasi  har hil davlatlardagi turli millat vakillariga nemis tilini chet tili sifatida o`rgatishdir. Toshkent Gyote Instituti  - bu  tayyorlov kurslari asosida nemis tilini o`rgatish Instituti bo`lib, u yerda barcha yosh va millatdagi fuqarolar nemis tilini boshidan ohirigacha o`rganish imkoniyatiga egalar. Shuningdek agar o`rganuvchi  nemis tilini avval o`rgangan bo`lsa, u Gyote Institutga yangi yozilmoqchi bo`lgan o`quvchilar uchun o`tkaziladigan (Einstufungstest ) til bilish darajasini aniqlovchi test topshirish orqali o`z til bilish darajasini isbotlagandan so`ng shu daraja kurslariga yozilish imkoniyatiga ega bo`ladi.Nemis tili darajalari A1,A2,B1,B2,C1,C2, dan iborat bo`lib har bir daraja Gyote Institutida 2 ta kursga bo`linib o`rgatiladi.O`rganuvchilar o`z bandliklaridan kelib chiqqan holda, kurslarning Intensiv (tezkorlashtirilgan) yoki Ekstensiv(2 oylik ) turlarini tanlashlari mumkin.Shuningdek Gyote Institutda 16 yoshgacha bo`lgan o`smirlar va kichik yoshdagi bolalar uchun alohida kurslar mavjud.Gyote Institutning asosiy afzalliklaridan biri bu darslarning hatto boshlang`ich darajada ham faqat nemis tilida o`tkazilishi.Bu ba`zilar uchun noodatiy va qiyin tuyilishi mumkin, ammo aksincha hammasi juda oson. Bunday metod bilan o`tkazilayotgan darslarda o`rganuvchilar atrofdagi barcha narsalarning nemis tilidagi tarjimasini o`rganadilar va o`zlari ham tezlik bilan nemis tilida so`zlashishni boshlaydilar. Shaxsan o`zim litseyda ham nemis tili yo`nalishida ta`lim olgan bo`lsam ham, nemis tilining asosiy qismini aynan Gyote institutida o`rganganman deb ayta olaman.Toshkentda nemis tilining eng yahshi tayyorlov kurslari ham aynan Gyote institutda ekanligiga ishonch hosil qilganman. Shu bilan birga Gyote institutida nemis tili bo`yicha imtihon (Deutschprufung) topshirish va imtihondan o`tgandan so`ng nemis tilini bilish darajasi ko`rsatilgan Diplom (Sprachdiplom)ga ega bo`lish imkoniyati bor. Bu Diplom (Sprachdiplom) Gyote institut tomonidan tasdiqlanganligi tufayli butun dunyo mamlakatlarida qonuniy hisoblanadi.Asosan Yevropa Universitetlarining nemis tilida o`qitiladigan Fakultetlarida xorijiy abiturientlarni o`qishga qabul qilish uchun aynan shu Diplom talab etiladi. Gyote Institutning bu Diplomlari va imtihonlari albatta bepul emas. Sarflangan mablag` havoga sovurilmasligi uchun imtihon topshirish oldidan yahshilab tayyorgalik ko`rish lozim.Moddiy jihatlarga keladigan bo`lsak Gyote Institut kurslari narxlari ham ancha yuqori va daraja oshib borgani sari kurslar narxi ham oshib boradi. Bu kurs avvalida o`quvchilarga taqdim etiladigan kitoblarning narxlaridagi farq bilan bog`liq.Umuman nemis tili dunyoda eng qiyin tillardan biri hisoblanadi. Uni o`rganish uchun ancha mashaqqat chekiladi. Oson yo`lning o`zi yo`q.Til bilish dunyoni anglashdir .Qaysi tilni tanlagan bo`lsangiz ham uni o`rganish davomida sabrli bo`ling va tanlagan yo`lingizning yarimidan ortga chekinmang!  Zero, har bir mashaqqat va mehnat kelajakda o`z samarasini beradi.
                                                                                             
                                                                                                  Alimova Xusniyabonu

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.