топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

To`rsiz o`rgimchak” bugun omma e`tiborida

O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti
Илм-фан
 
            Biz bugun ommaviy axborot vositalarining yuqori cho`qqisi – Internetning ayni rivojlangan davrida yashab turibmiz. Prezidentimiz ta`kidlab o`tganlaridek: “Axborot olamidagi ustunlik ko`p narsani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo`lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma`naviy, kerak bo`lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi”.
 
 Har kuni dunyoning turli mintaqalarida sodir bo`layotgan yangiliklar va turli xabarlarni bizga beminnat yetkazib turgan va buning uchun bizdan faqatgina e’tibor talab qilayotgan Internet O`zbekistonga kirib kelganiga 19 yildan oshdi. Internetdan foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003- yilda mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblangan Internetdan foydalangan bo`lsa, 2012- yilda ularning soni 8.8 milliondan oshdi. Internet foydalanuvchilari soni hozirda 10 milliondan oshganligi aniqlangan. Bu mamlakat aholisinining taxminan 30 foizi “jahon o’rgimchak to’ri”dagi xizmatlardan muntazam foydalanadi, deganidir. Shahar va tuman markazlarida Internet klublari, Internet kafelari soni, milliy axborot agentligi yildan-yilga ko`payib bormoqda. 2012- yil aprel oyida “UZ” hududida ro`yxatga olingan WEB saytlar soni 13.4 mingtadan oshganligi va bugunga kelib “UZ” segmenti 26 mingdan ortiq ob’ekt – veb-saytni birlashtiruvchi, tobora kengayib boruvchi domenga aylandi. Undan nafaqat mamlakatimiz aholisi, shuningdek, jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
 
Internet besh yil ichida auditoriyasini 50 milliondan oshirgan va u eng ilg`or ommaviy axborot vositasiga aylandi. Bunday natijaga radio-38 yilda, televideneya-13 yilda erishgan. Hozirgi kunda 5 yoshdan 70 yoshgacha  insonlarning talablariga javob berish hususiyatiga ega bo`lgan televideniyani Internetdan keyinga qo`ysak, hb  ech bir xato bo`lmasa kerak. Radio ilk bor kashf qilinganda, endi matbuotga ehtiyoj qolmasa kerak, degan mish-mishlar ko`pchlikni o`ylantirib qo`ygan edi. Ayni paytda,televideniya kash etilganida matbuot ham radio ham o`z o`rnida qoldi. Endi bir o`ylab ko`raylik, Internet kashf qilinganidan beri hamon matbuot, radio, televidiniya faoliyat yuritib kelayabdimi, demak, ularning har birining o`z auditoriyasi va muhlislari bor. Bunga hech bir shubha qilmasak bo`ladi.
 
            Endi asosiy maqsadga o`tadigan bo`lsak, biz Internetdan qanday maqsadlarda foydalanyabmiz, degan savolni o`rtaga tashlab, unga javob olishga harakat qilib ko`raylik.
 
 Internet – XXI asr texnologiyasi. XXI asrni “axborot asri” deb, aytsak to`g`ri bo`lsa kerak. Tanganing ikki tomoni bo`lgani kabi, Internet ham ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomoni barcha yoshdagi  insonlar uchun beminnat ma`lumot ulashish va almashishdir. Shuningdek, u bizga istagan yangiligimizni istagan vaqtda topib berish xususiyatiga ega. SocialBakers sayti (www.socialbakers.com/) taqdim etayotgan statistik ma’lumotlarga ko’ra oxirgi 15 yil ichida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining keskin o'sishi kuzatilinib, chet el veb-saytlari doimiy foydalanuvchilari orasida vatandoshlarimiz soni kundan-kunga ortib bormoqda. Masalan, O’zbekistonda yashayotgan “Facebook” foydalanuvchilari soni allaqachon 100 mingdan, “Odnoklassniki”foydalanuvchilari soni esa 300 mingdan ortgan. Bu, albatta, ijtimoiy tarmoqlarga oid statistika. Uning auditoriyasida turli yoshdagilarni uchratishimiz mumkin.
 
Salbiy tomoni turli buzg`unchi g`oyalar, terrorizm behayolik, diniy ekstremizm va fundametalizmni yoyishga xizmat qilmoqda. Buni biz turli reklama, e’lonlar va kichik xabarlar misolida ko`rishimiz mumkin. Dastavval, bizga hech qanday ahamiyatga ega bo`lmasdan ko`ringan kichik ko`ngilsizlik, keyinchalik katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bizga sir emaski, Internet yordamida biror kishining ruhiyati, ongiga kirib borish muammo emas. Ammo tezlik bilan tarqaluvchi axborotning to`g`ri yoki noto`griligini aniqlash – bu muammo. Ba`zida insonlar o`zlarining yolg`on axborotlariga o`zlari aldanib qolayotganliklari va bu orqali atrofidagilarga yod g`oyalarni targ`ib qilatotganliklari achinarli holdir.
 
           Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik xukm surib, turmushimiz farovon kechmoqda. Ammo haqiqiy murosasiz janglar inson miyasida sodir bo`layotgani ham sir emas. Axboriy xujum bilan insonnig ham ruhiy ham jismoniy holatiga ta’sir qilayotgan bir davrda aynan Internet undan foydalanuvchilar ongiga kuchli ta`sir qilmoqda.
 
            Vashington universiteti professori Frederik Zimmerman 4 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan 1266 ta bolalar o`rtasida tadqiqot o`tkazib shunday xulosaga keldi:  Aslida bolakaylardagi jizzakilik, jaxldorlik, betgachoparlik holati o’rgimchak to’ri (Internet), vaxshiy televideo, kompyuter o`yinlari ta’sirida emas, ota-onaning beparvoligi sababli kelib chiqar ekan. Go`dak o`ziga shu tarzda e’tibor tortishga urinadi. Ota-onasidan topa olmagan mehrini u, albatta, mitti qalb – “temir quti”lardan izlaydi.
 
Demak, hamma aybni Internetga ag`darishimiz noo`rin bo`ladi. Uni “jahon o`rgimchak to`ri” sifatida emas, balki “to`rsiz o`rgimchak” misolida ko`rsak to`gri bo`larmidi. Chunki, u hech bir g`oyani targ`ib qilish kuchiga ega emas, faqatgina, e’lon qiladi, namoyish etadi. Istaganlar unga ergashadi yoki aksincha ma’naviy mafkuraga ega insonlar esa, o`zlari uchun kerakli bo`lgan ma’lumotni olib, qolganini “DELEATE” qilish kuchiga ega bo`ladilar. Avvalo, biz yoshlar Internet tarmog`lari orqali yaxshi va yomon targ`ib qilinayotgan g`oylarni dastavval miyamizda sintezdan o`tkazgandan so`nggina qabul qilishimiz darkordir.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.