topik, blog, fotoset yoki yo`naltirgich yaratish

Televideniya nimani targ‘ib qilyapti?

O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti
Ilm-fan
(felyeton)
Ta`tildaman. Bayram bahonasida berilgan bir ikki kunlik  dam olishni  ham televizor qarshisida o‘tkazdim. Ajab… Shu kungacha ahamiyat bermagan ekanman televideniya kanallarning soni ham nomi ham anchagina ko ‘payib qolibdi.

  Qutdekkina televizorimni kaftdekkina muruvvatini hali to ‘lqinga hali bu  to‘lqinga sozlayman .  Rang-barang teledasturlarni aytmaysizmi? Nomini o ‘ziyoq ishtaxangizni ochib yuboradi. Bir qarshda, kuyib-pishib hozir ovqat qilishni o`rgatadi deb o ‘ylagan dasturlaringizni o ‘zagi aslida boshqa ekanini ko ‘rmasdan anglash qiyin.  Kuzatib turarkanman allaqanday bir kanaldan  Chak-chak deb musiqa bilan anonsga o ‘xshash bir nima boshlab qoldi. Ikki dugona qiz chiqvolib bir ikki daqiqalik kulguli rolik tayyorlashib nomini chak-chak  qo ‘yishibdi.  Buni qarang o ‘zbek tilida boshqa so ‘zlar qurib qolgan shekilli endi oziq ovqatlarga o ‘tib ketibdi deb o ‘ylab tursam. Boshqa biridan undanam antiqasi. Ko ‘pchilikka yaxshi tanish xonanda  ovozini boricha baqiryapdi. “asssalom alaykum  ashshadiy muxlislarimiz  sizlar bilan XONTAXTADA yana Jahongir Poziljonov, deydi tushmagur. Qiziq qachon ashashadiy muxlis to ‘plashga ulguribdi deysiz. Ko ‘rsatuvning nomi  xontaxta-yu lekin biror kadrda xontaxtaga ko ‘zingiz tushmaydi.  Bu ham hozir bong urib yotilgan o ‘sha qo ‘shtirnoq ichidagi kreativlikmikin?  Kuzatib tursam uch to ‘rta tanish chehralarni chaqirib hazilomus bir nima gaplar aytilib, qandaydir shartlar bajartiryapdi. Ha maylida  dedim-u, yana boshqa dasturlrni kuzatishga ahd qildim. xontaxta tugab bir ikkita qo ‘shig’am yangradi.  Bir qarasam soqol mo ‘ylovi o ‘siq,ko ‘ylagiga qo ‘shib tikilgan shapkasini bostirivolib yoshgina bir yigit eferda COVER UP ko ‘rsatuvi deydi. Boshida kimakan bunisi deb hayron bo ‘lib tursam operator yaxshi odamakan turqi tarovatini yaqinrog ‘dan ko ‘rsatdi.  Ey bu anov artis bola-ku dedim, shoshkandan ismiyam esimga kelmay birozdan keyin o ‘zi aytib qoldi Alesher Uzoqovman deb. Bir o ‘zbekcha bir urischa so ‘zlardan  qo ‘shib. Ko ‘rsatuvni shartida bir yorqin yulduz hakamlikka  chaqirtirilib  uni qo ‘shig ‘ini havaskor xonandalar o ‘z bilganicha kuylash kerak ekan.  Oxirida ball ham berilarkan.  Ko‘rsatuvni boshidan oxirigacha to ‘liq varvarizm qilgan bu yigit vijdoniyam qiynalmay tirjayib xayrlashib ham qo ‘yadi. Shu ekanda  tilga hurmat degan o ‘y xayolingizdan o‘tadi.To ‘gri bugun teledasturlarni boyitish auditoriyani saqlab qolish siyqa mavzulardan  chekinib yangilik olib kirish har bir OAV oldida turgan asosiy vazifalardan biri. Ahli journalist buni yaxshi anglaydi. Yengil-yelpi dasturlarni muxlislari ham ko ‘payib borayotgani  sir emas. Lekin tv da efirga ketayotgan har bir ko ‘rsatuv teledasturlar reklamadan tortib kliplargacha o ‘zagida targ ‘ibot yotganini shu orqali kimlarningdir ongi ostiga hujum yashringaniniyam unutmasligimiz kerak. Toshkent telekanalida kollejga  yirtiq jensi shimda kelgan qizni doska oldiga turg ‘azib ota-onangiz qarshilik qilishmaydimi kiyinishingizga deb so ‘roqqa tutgani esimda. Yoshgina o ‘smir qizni tv orqali ochiqchasiga sharmanda  qilishganiga hech kim e‘tiroz bildirmadi. Aksincha qo ‘shilib loyga qoriganlar yetarlicha topildi. Qiz bolani tuprog ‘i yengil bo ‘ladi deyishadi. Mahallasida,  kollejida o ‘sha qizni hamma qo ‘li bilan ko‘rsatmasligiga kim kafolat beradi. Qosh qo ‘yaman deb ko ‘z chiqarib yurgan Toshkent kanali  muxbirlari-yu, operatorlarini  nahotki bu bilan ishi bo ‘lmasa. Xo‘sh bunday qizlarga  kim o ‘rnak bo ‘lyapdi. O ‘sha nomdor  diktorlar-u, artistlar emasmi? Axir ularnig o ‘zi-ku  yirtiq shim-u, o ‘siq soqolda  ommaviy madaniyatni yoyib yurgan. Biz esa buni ko ‘z ko ‘z qilib ularga ko‘rsatuvlarni ham qo ‘sh-qo ‘llab topshirib qo ‘yapmiz. Yana teledasturlar orqali yoshlarning bunday yurishini tanqid ostiga olayotganimiz odamga ersh tuyuladi.
 
                                                                                       Kamola HATAMOVA

0 izoh

Ro'yhatdan o'tganlar va tasdiqlanganlargina izoh qoldirishlari mumkin.