топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

P.R va reklama talabalar nigohida

O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti
Илм-фан
Xalqaro jurnalistika fakultetida joriy yilning 10-mart kuni  talabalar bilan PR sohasida bir qancha yutuqlarga erishgan malakali jurnalist Barno Sayidkamolova bilan qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. O'zining jurnalistika sohasidagi bilimlari bilan talabalarga zamonaviy termenlar hisoblangan PR va reklamaning farqi nimalarda ekani haqida gapirib o'tdi. Barno Sayidkamolova bugungi kunda aynan PR sohasida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlardan biri hisoblanadi.

 
Bir necha yillar oldin magistratura tahsilini Yaponiyada davom ettirgan mehmonimiz zamonaviy texnologiyalarsiz jurnalistikada biror yangilik yaratish qiyinligini aytib o'tarkan avvallo texnika bilan ishlay olish har bir kasb uchun dolzarbligini ta'kidladi. Savol-javob tarzida o'tkazilgan uchrashuv yanada interaktivlikni ta'minladi.
 
Kamola HATAMOVA

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.