топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Andijon davlat tibbiyot insitutida "Oila psixologiyasi mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi."

Инсон психологияси
Жамият
Oila -jamiyаtning duru gavhari
       ADTIda institut xotin-qizlar qo'mitasi va ma'naviyat – ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi hamkorligida “Oila psixologiyasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatini institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi M.Jo'raeva ochib, davra suhbatidan ko'zlangan maqsadlar: oila muqaddasligi, sha'nining ulug'ligi, uni asrab-avaylash, mustahkamlash masalalari xususida gapirib o'tdi. Ma'naviyat-     ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi rahbari A. Abduhalimov o'z so'zida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish,turli internet tahdidlaridan himoya qilish to'g'risida gapirib, maxsus videorolikni yig'ilganlar e'tiboriga havola etdi.

             Davra suhbatida Respublika “Oila” ilmiy – amaliy markazi psixologi Feruza Akramova, “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo'limi direktori Dildora Samatovalar ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat qurdilar. Mutaxassislar har bir yosh umr yo'ldoshi tanlashda qay jihatlariga e'tibor qaratish kerak, kimlarning maslahatiga amal qilish kerak, insonga bir marotaba beriladigan hayotni qanday qadrlash kerak kabi, shuningdek, oila qurish asoslari, etuklik shartlari, oila psixologiyasi, oiladagi biologik,ijtimoiy, psixologik moslik masalalarini hayotiy misollar bilan so'zlab berdilar.

         Davra suhbatida ishtirok etgan davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlari talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Samimiy va erkin tarzda o'tgan uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.