топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

mening bobom,buvim

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
MENING  BOBOM, BUVIM –         MAHALLAMIZ  FAXRI
          REJA:
I.Kirish qismi:
1.Keksalar – beg’araz  duogo’ylarimiz.
2.Qarisi  bor  uyning  parisi  bor.
II.Asosiy  qism:
1.Mahallam  shon – shavkati, suyugim  bobojonim!
2.Hamon  qalbimdadir – buvim  armoni.
3.Bobomga  o’xsshagim  kelar, onajon!
4.Xalqim  ardog’ida, aziz keksalar!
III.Xulosa:
1.Ko’zim  nuri – borimsiz  bobojonim,
   Dilda  tumor – orimsiz  buvijonim!
                              Boshim  egib  ta’zim  qilay
                                                 poyingizga,
                             “Labbay “ deya xizmat  qilay
                                                 yoningizda
                              Shon – sharaf,ham g’urur
                                                 qo’shay nomingizga
                              Ishonchimsiz,qalb gavharim-
                                                 bobojonim,
                              Ruhingiz  shod bo’lsin, doim
                                                 buvijonim!
                                            (O’z  ijodimdan)
 
 
        Keksalar! Ko’zimiz  nuri, qalbimiz  g’ururi ,        dilimiz sururi, yuragimiz  ori, suyanchimiz, doimiy  tayanchimiz, aziz  va  muhtaram  insonlarimiz. Ular  bizga  oq-u qorani, yaxshi-yu  yomonni  ajrata  olishda  yaxshigina  maslahatchi  bo’lishadi. Biz  ularning  jondan  suygan  nabiralarimiz. Ularning  duolari  yo’llarimizni  nurafshon  etib, qalblarimizga  bir  olam  quvonch olib  kiradi. Sababi  shuki, biz  ezgu maqsadlar bilan  yashaymiz. Mana  shu  maqsadlarimizning  ro’yobini aziz insonlarimizning qilgan  duolaridan deb  o’ylayman.
         Har kuni  tong  saharda  bizni  uyg’otuvchi, maktab  tomon kuzatuvchi, shirin  so’zlarini  bizdan  ayamasdan, tunlari  bir-biridan  qiziqarli ertaklar  aytuvchi, duo  qilib, umrimiz  tilovchi  insonlarimiz  bor  ekan, ko’nglimiz hamisha  tinch bo’ladi. Negaki, ular  bizning  farishtalarimizdir. Ular  bor  ekan, uyqumizda  halovat, ishimizda  baraka  bo’ladi. Qalbimizda  esa  g’urur, iftixor singari  tuyg’ular  jilolanadi.
         Ular  bizga  doimo  ishonishadi, xatomizni  tuzatib, to’g’ri  yo’lga  boshlashadi. Mana  shu  ishonchni  oqlab, har  doim  xizmatlariga shay  turish  esa  bizning  vazifamizdir.
 
 
          Tayanchimiz, tog’imiz har on,
          Oilalar tinch va farovon,
          Ardoqlagay  ularni  zamon,
          Har  bir  tongni  savobdan boshlang,
          Keksalarni  e’zozlab  yashang.
       Mening  bobojonim Hamroyev Farhod  Uzoqovichdirlar. Ular  mahallamiz  faxri. Ular tun-u  kun  xalqimiz xizmatidalar. Men  ularni  juda-juda  yaxshi ko’raman. Ular  meni  har  tong  duo  qilib, maktab  tomon  kuzatib  qo’yadilar. Ularning  duolari  men  uchun  qadrli.
        Bobojonim  1944-yil  Shofirkon   tumanida ziyoli  oilasida  dunyoga  kelganlar. 1950-yilda Shofirkon tumanidagi 1-sonli  maktabga o’qishga  qabul qilinib, 1960-yil ushbu  maktabni  tamomlaganlar. Ular  bugungi  kunda  Buxoro  viloyati Ijtimoiy  ta’minot  boshqarmasida  ish yuritib  kelmoqdalar.   Ular   5 nafar o’g’il, 2 nafar qizning  suyukli  otasi. 15 nafar nevaraning  mehribon  bobojonisi.
          Ular  mahallamizning g’ururi. To’y – hashamlar  ularsiz  o’tmaydi. Mahalamizdagi  har  bir  yosh-u qari  ularni  hurmat  qiladi. Ular  bizga  xatolarimizni  tuzatishda  yordamchi  bo’ladilar. Bobojonimning  har  bir  so’zlari  hikmatga  kon. Qilgan  nasihatlari  purma’no.
 
 
          Ular  uchun  shirin  so’zimiz,
          Bizning  eng-eng yorug’ yuzimiz
          Ardoqlaymiz bizlar o’zimiz,
          Axir, ular ko’rar ko’zimiz.
          Har bir tongni  savobdan boshlang,
          Keksalarni e’zozlab yashang.
        Mening  buvijonim  1949-yil 3-dekabrda Shofirkon  tumanida  dunyoga  kelganlar. Ular  mahallamizning  chevar  tikuvchisi  edilar .  5 ta kelinning  sevimli  qaynonasi  bo’lgan  buvijonim  bizga  uy  yumushlaridan  saboq  berardilar. Ularning  hayot  yo’llari  biz  uchun  ibrat  maktabidir. Men  ularga  havas qilaman. Axir, butun  mahalla ularning  nomlarini  hurmat  bilan  tilga  oladi. Ularning:”Qiz  bola  har bir ishda  sarishta  bo’ladi. U har  bir  aytadigan  gapini  o’ylab  gapirishi  kerak. Ko’chada  yurganda qo’lini  ko’ksiga  qo’yib, salomini kanda  qilmasligi  lozim. Kiyinish  madaniyatiga  e’tibor  qaratishi, doimo  ozoda  bo’lishi  shart “-deya  aytgan  so’zlari  hech qachon  yodimdan  chiqmaydi. 2013-yil  5-avgust  kuni dunyodan  o’tgan  buvijonimning  xotiralari  qalbimizda  abadiy yashaydi .  Ularning  aytgan  so’zlari  hamon  yodimizda. Ular  mening  jurnalist  bo’lishimni  juda-juda xohlardilar.
 
 
     Ularning  bir dunyo  ozulari  qalblarida  armon  bo’lib  qoldi. Buvijonimni eslasam  negadir  yig’lagim  keladi. Men  ularga  o’rganib  qolgan  edim.   
            Qalblarining  to’rida  saqlab,
            Har  bir so’zda bizlarni maqtab,
            Duo qilib, umrimiz  tilab,
            Dunyo ko’rdi ular ko’p yashab.
            Har bir  tongni savobdan boshlang,
            Keksalarni e’zozlab yashang.
     Bugungi  kunda  Yurtboshimiz nafaqat yoshlarga, balki keksalarimizga ham juda katta e’tibor qaratganlar. Buning  yaqqol isboti, 2015-yilning  “Keksalarni  e’zozlash yili” deb e’lon  qilinganligidir. Keksalarimiz uchun dam olish sihatgohlari  bunyod ettirildi. Bularning barchasi  aziz  insonlarimizning farovon yashashlari uchun deb o’ylayman.
    Keksalar-hayotimiz parvoziga  dalda  bergan qanotimizdir. Ularni har qancha e’zozlasak, har qancha ko’klarga ko’tarsak, shuncha oz. Mehribonlarimizning ko’ngillariga qarash, yonlarida “labbay” deya xizmatda  turish, so’zlarini ikki qilmasdan  yashash  biz uchun ham farz, ham qarzdir .
      
 
 
     Dadajonim  menga bobomning  qilgan yaxshiliklari, ularning hayot yo’llari haqida  gapirib berganlarida, negadir ular bilan faxrlanib ketaman. Ularga o’xshab, hammaning hurmatiga sazovor bo’lishni ,yurt xizmatiga shay turishni xohlayman. Ba’zida ularga havas qilganimdan, ularni yaxshi ko’rganimdan ularga atab she’rlar bitaman.
    Onajonimga bobomga o’xshashni orzu qilishimni aytganman. Ular menga bobomga o’xshashim uchun yaxshi o’qishim kerakli aytadilar.
    Bobojonim  har daqiqaning qadriga yetish kerakligini, har bir kunni savobli ishlarga sarf etish lozimligini uqtiradilar. Men bobojonimning yonlarida o’tirishni yaxshi ko’raman. Ular menga qiziqarli hikoyalar aytib beradilar. Agarda, qilgan ishim to’g’ri bo’lsa, “barakalla” deydilar. Biror ishni xato qilib qo’ysam, “hechqisi yo’q” deya ko’nglimni ko’tarib qo’yadilar.  
      Ularning  bir qator maqolalari  tuman, viloyat, respublika gazetalarida nashr qilingan. Ular yurtboshimiz bilan uchrashganlarida, bu kunlarni qanchalik kutganlari haqida suhbatlashganlar. Bularni menga bobojonim faxr bilan aytib beradilar.
 
 
       Hayot o’nqir-cho’nqirlardan, past-baland cho’qqilardan iborat. Mana shu cho’qqilarni qoqilmay bosib o’tish uchun insonda iroda, bardosh, sabr bo’lishi kerak. Shundagina, inson o’z maqsadiga erisha oladi. O’tmishni bilmay turib, kelajakka qadam qo’yib bo’lmaydi. Men ham bobojonim va buvijonimning hayot  yo’llarini o’rganib chiqishga qaror qildim va buning uddasidan chiqdim deb o’ylayman.
     Men bobojonimning nafaqat o’tmishlarini, balki, bundan keyingi orzu-maqsadlarini ham bilib oldim.
     Buvijonimning  esa qilgan ezga orzularini albatta, amalga oshiraman. Zero, ushalmagan orzularini ularning  jondan suygan nabiralari, ya’ni men ushaltiraman. Shunda, buvijonimning ruhlari shod, oxiratlari obod bo’ladi.
     Men kelajakda bobojonim va buvijonim istaganlaridek, Vatanim ravnaqiga, xalqim farovonligiga hissamni qo’shib, Yurtboshim ishonchini oqlab, ota-onam yuzlarini yorug’ qilib, maqsadim sari olg’a qadam tashlashga harakat qilaman.
      Bobojonim, siz mening g’ururim, iftixorim, buyugim, mening  suyugim, qalb gavharim, hayotim parvoziga dalda bergan qanotim, kelajagim kutayotgan intizorim, Tangrim bergan baxtimsiz!
     Buvijonim, siz  esa  butun borlig’im, dilimdagi tumorim, hayotim, orzularim, jon-u jahonim, beg’ubor qalbim, o’tmishdagi shirin xotiralarimsiz. Buvijon, sizning nomingiz qalbimizda, yuragimizda abadiy muhrlanib qoladi.
 
 KO’ZIM NURI-BORIMSIZ BOBOJONIM,
  DILDA TUMOR- ORIMSIZ BUVIJONIM!       
 
 
  shofirkon tuman 38-umumiy o'rta ta'lim maktab 9-b sinf o'quvchisi farhodova nilufar 998914418089

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.