топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Reja
1 Keksalikning o’ziga xos gashti.
2 Qarilik — kasallik emas.
3 Atrofimizdagilarga mehribon bo’laylik.
Ko’chada bir qariya xassasiga suyanib ketayotganini ko’rib qoldim. Chol goh orqaga, goh oldinga ketib qolardi, lekin xassa uni ushlab qolar edi. Shu zahoti o’zimning bobomlar yodimga tushdilar. Keksalar yordamga muhtoj, ular bizning yordamimizsiz bir joydan boshqa bir joyga borishlari, u bu ishni bajarishlari qiyin. Ular xudddi yosh bolaga o’xshashadi. 
Bobom va buvimlarning qizlari yo’q. Mening bobom va buvimlar biz bilan yashashadi. Dadamlar to’ng’ich farzandlari. Uyimizda har bir ish bobom va buvimlarning maslahatisiz qilinmaydi.
Mahallamizda bobom va buvimlarning o’rni juda bilinadi. Buvilonim haligacha maktabda ishlaydilar. Mahallamizning yosh oilalari maslahat so’rab kelganlarini eshitib qolganimda qiziqarli tuyilardi. Buvim yoki bobom keksa bo’lsalar,ularga nima kerakligini qayerdan biladilar deb o’ylardim. Albatta ular orasida turli millat vakllari bo’lardi. Bobom va buvimlar sabr bilan eshitib, nimalarnidir chizib, qandaydir sonlarni yozib, kerakli so’zlarni topib aytardilar.  
Mahallamiz aholisi bir-birlarini juda qadrlashadi. Har xil millatli oilalar o’zaro til topib yashaydilar. Bunda mahallamiz  yoshi ulug’larning o’gitlari, maslahatlari o’z vaqtida berib borilganidandir. Shu o’rinda hurmatli Yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlari to’g’ri, qilayotgan ishlari bunyodkorlik g’oyalarga boy ekanligini aytib o’tish joiz. Bu yil “Keksalarni e’zozlash” yili ekan, nafaqat shu yili, balki doimo keksalarimizni qadrlaylik, ularga sabrli, tashvishlariga sherik bo’laylik!
 
Chirchiq 5-maktab
9A sinf o’quvchisi
 
Goncharenko Andrey
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.