топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening  bobom, buvim – mahallamiz  faxri
Insho
Reja:
1.   Keksalari  e’zoz topgan  yurt.
2.   Insonga  naf  keltirish- oily  baxt.
3.   Qadri  tillo,so’zi  donomsiz  bobom.
4.   Uyimdagi  Makka-  Madinam  buvim.
“Ulug’lar  duosi- el  muddaosi”
(Maqol)
Bizning  yurtimiz O’zbekiston bebaho ,oltinlarga kon ,quyoshga makon. Ona  tilimiz  bizga buyuk ajdodlarimizdan  meros,
jozibasiga   topolmam qiyos. Yurtboshimiz -   nuronoy  bir zot.
Bobomiz  tufayli  Vatanim  ozod, har  yeri  obod.Mustaqilligi-
miz  24  yoshda.  Hamjihatlik,shukronalik  hissi  bor  dilda.
Yurtboshimiz  o’ziga  xos  nom  beradi  har  yilga. Navbat keldi  keksalarga  e’zozga.Keksalari  e’zozlangan  yurtning-  fayzi
bo’lakcha. Mazkur  yilning  maqsadlari  bir  qancha.Jumladan,
yoshi  ulug’  insonlarning  hayot  darajasi   va  sifatini  yaxshi-
lash,  ularni  moddiy  va  ma’naviy  qo’llab –quvvatlash  ko’la-
mini  kengaytirish, tizimli  asosada  sog’lomlashtirish.Hayot--
oqar daryo. Beshafqat urushda qatnashgan, front  ortida  o’zini  ayamasdan  mehnat  qilgan  vatandoshlarimizni  qadrlash-  har
birimizga  ro’yo. Front uchun, g’alaba  uchun  munosib hissa
qo’shgan,  yer  yuzida  tinchlik va  ozodlikni  himoya  qilgan
har  bir  inson — xotiradan  o’chmaydi  aslo.Urush  tugaganining
70      yilligi  munosabati  bilan Ikkinchi  Jahon  urushi           qatnashchilariga  berilgan  oltin  nishon- buning  isbotidir
bexato.’’Qarisi  bor  uyning- parisi  bor”, bunday  xonadonda
baraka  bisyor. Jamiyatimiz  ko’rki, fayzi- otaxonlar, bizga hamisha  suyuk  nuroniy  onaxonlar. Ular   hayot   yo’llari
yoshlarga  saboq. Soch- soqollari  oq,taftlari qaynoq. Ular  duosi-la  ko’karar  ellar,ular  bilan  mazmunli  umr  yo’llar.
Payg’ambarimiz  shunday   deydilar:”Agar orangizda  qariyalar,
o’tlab  yurgan  jonzotlar va  chaqaloqlar   bo’lmaganida   edi,
boshingizga  balolar   selday  oqib   kelardi”.Yurtimizda  o’lmas
qadriyatlar, an’analar   bisyor. “Xotira va  qadrlash  kuni” — bunga   yorqin  misol.Bu  kun   hatto  o’tganlar  ham  ardog’da,aziz   keksalarimiz   hurmatda va e’zozda.
      Inson – hayot  gultoji,umr- foniy,o’tkinchi. Yaxshilik  qil,
Sendan   qolsin   yaxshi   nom,xushmuomala,bo’l   shirin  kalom.Har  kun  5 marotaba  eshit  chin  rahmat.  Rahmat  jannat
uchun  kerakli  hujjat. Har  qadamda shodlik,   har  qadamda  g’am.  Onam  deydi: “  Bu  dunyoda  sabrli  bo’l,bolam”.
Olloh   bersa -ne’mat.bermasa- hikmat.Faqat  shukrona  aylab,qilgin  qanoat. Qarindoshlaringga  aylagin  zakot.  Saxovat
insonga  berar   mukofot. Qo’lingdan   kelsa  agar  qilg’il  yax-
shilik, yaxshilik  qilolmasang,  qilma   yomonlik.
        Hozir  qo’llarimda   titraydi   qalam,  chunki   yozmoqchiman  ta’rifi  buvam.
Mard  odamning  ko’nglida   g’arazi  bo’lmaydi  aslo. Ko’nglida
g’arazi  bo’lmagan  inson   rango  rang   gullari  ochilib  yot-
gan   chamanzor   go’yo. Chamanzorga   kim  kirmaydi  deysiz?
Bunda  keluvchilarni o’zining  shirinso’zligi, dilkash,xushta’bli-
gi, lutf- karomatligi.odamoxunligi,insonlarga  bo’lgan  muno-
sib  qobilligi   bilan  bag’rini  ochib  kutib   oluvchi mezbon-
Hotamtoydir. Men  jannati  bobomga  shunday  ta’rif   bergim  keladi.  Aslida  bebaho  bobomni  ta’riflashga  so’z   topolma-
yapman, balki  dunyodagi   eng  asl, eng  go’zal  so’zlarni axtaryapman. Men  bobomning  qisqa,  ammo serqirra  hayot-
larini  ta’riflashim  uchun 5 asr  muqaddam  yashab  o’tgan, so’zga  haykal qo’ygan  Navoiyga  murojaat  etishim  kerak.
Navoiy  bobomni  ta’riflashi  uchun  yana   bitta  Xamsa  yarat-
sa,  ajabmas
Men  kuz  faslini   yaxshi  ko’rardim.  Ammo  endi  mening
kuzlarim g’amnok,  kuzlarim  giryon. Chunki  mehribonim,
qo’rg’onimizdan  ayirdi  xazon.Dilg’ir, dildiragan  zulhijja  oyida- kuzning  o’rtasi, tong saharda, ikki  hayit  o’rtasida,
oxiri  zamon  payg’ambarimiz  s.a.v ning  tug’ilgan  kunlari—
haftaning  dushanbasida  bobom  57  yoshda olamdan  o’tdilar.
Bizni   tark  etdilar,
Yo’q, yo’q. Mening  bobom  o’lgan  emas.Haq  ma’noda  o’lgan
bo’lsada, nomsiz, izsiz  ketgan  emas.
Hotamtoy  bobojonim   umrlarining  so’nggigacha  el xizmatida,
bo’ldilar.Yo’l  bo’yidagi  mo’jazgina  choyxonada  eng  lazzatli
taomlarni  pishirib,qo’llari  mudom  ko’ksilarida,  xalq  mehrini
qozondilar.Biror  davra  yo’q  ediki,  bobomsiz  bo’lgan.Biror
to’ylar  yo’q  ediki,  bobomsiz  o’tgan. Bobom  bo’lgan  joyda
to’kin- sochinlik, qut-baraka, xush-xursandchilik  bor  edi.
Mahallamiz  odamlari   bobom  bilan  maslahatlashmasdan 
biror  ishni  boshlamasdi. Bobom  obro’-e’tiborli,ko’ngliochiq
inson  edi. Uning   do’st- birodarlari  juda ko’p bo’lardi.Xonadolari  hamisha  gavjum,dilkash  edi. Shoir  Sham-
siddin  Sadoiy,  el  suygan   san’atkor  Bobomurod  Hamdamov
bobomni  juda  hurmat  qilardi. Buxoroga  kelgan  payti  bobomning  xonadonlarida  mehmon  bo’lib, u kishining  qo’l-
laridan  six kabob   yemasdan  ketmasdi.Bobom  birovga  ozor
bermagan, kamtarin,    badavlat, savlatli  kishi   edi.  U kishini  “ Oshpazlarning  piri “ deyishardi. Hatto  bobomning
nomlari  ustazoda,  qo’li  gul  oshpaz  sifatida  bir  necha  bor
kitolarda  chop  etilgan. Ustazoda  oshpaz  yuzdan  ziyod  shogird  tarbiyalagan. Bobojonim   juda  bolajon, biz  nevaralar  uchun  jonini  ham  ayamasdi. Ammo  yakka-yagona  o’g’lining
farzandini  ko’rmay  ketdi, afsuski.
 Nigohingiz,  turishingidan  farishtalar   chekdilar  rizo.Sodda, sodda  deganda  ham  o’ta  sodda  edingiz  bobo.Hammaga isho-
nuvchan, hammaga  birday  ‘‘yaxshi’’ deya  ta’rif  berguvchi
yaxshiginam. Barchaga  ezgulikni  sog’ingan  beg’uborim,
dilda  borim. Borini bozor  aylagan  Hotamtoyginam.
Qalbi  sadafdan-da   pok,  billurdan-da  sof. So’zlari  oddiy,
biroq   millionlar  yuragida  jo  bo’lgan  Ulug’im.Bular  bari
haqiqat. Oddiylikda  gap  ko’p, deb  bejizga  aytishmagan  ekan.
Oddiy  inson  mangu  yodda qolarkan.6 qiz, 1 o’g’ilni katta
qildingiz, hammasini  o’qimishli  qilib  tarbiyaladingiz. Siz  kabi  elga  naf  keltirmoqda  farzandlaringiz. Huquqshunos
o’g’lingiz,  o’qituvchi,  shifokor  qizlaringiz. Bobojon,
mehribonim, yagona  suyanchig’im,  darddoshim,  volidamni  dunyoga  keltirgansiz. Buning  uchun  sizga  boshim  yerga  tekkunga  qadar  ta’zimdaman. Shukurki,  bu  yolg’onchi  dunyoda  meni  yaxshi  ko’ruvchi, men  uchun  qayg’uruvchi, kun-u  tun  meni  duo  qiluvchi, Ollohdan  baxtimni  tilaguvchi,
ketsam  yo’lim  poylaguvchi,  qalbi  daryo  onajonim  bor. Faqat
onanggina  seni  suyarkan. Boshqalar  senga  qiziqadi  xolos.
Mehnatkash, metnbardosh, mushtipar  onaizorim, Olloh  umringizni  ziyoda  qilsin!
Bobojon, qizlaringiz  bari   shoira,o’g’lingiz  har  so’zida qofiya.
Otangiz  ham  so’nmas  shoir edilar,zo’r  shoira  bo’lmoqchi  nevarangiz  Zulfizar.
         Mening  uyimdagi  Makka  Madinam, farishtam  buvijonim. U kishining  borliklari, duolari  bizlarga  qanot.Buvi-
jonim Mukarram-  oliy  toifali  shifokor,  qancha  kasallar dardiga  najotkor. Mahallamiz  xotin-qizlar  raisi,aytgan  so’zi
o’q, qaytmaydi  rayi.Buvim  13  nevara,7 farzand  ardog’ida. Har  aytgan   so’zlari  qo’rg’oshindek  quyuladi  quloqqa.U kishini  “Hoji ona” deb  atashadi, 5 mahal  namozi  kanda  bo’lmaydi. Buvijonimning  to’y – ma’rakalarda  joylari  to’rda.
Arab  tilida  Qur’onni  o’qiydilar, davralarda  tilovat  qiladilar
baland  ovozda.Buvim  asli  dehqon  qizi. Shuning  uchun  bo’lsa  kerak,yerdan  chiqmaydi  izi. Yam- yashil  o’smani
qo’yib  qalin  qoshiga,  nevaralar  qoshida  kuylaydi  yalla.
 Buvim juda  xushchaqchaq, istarali   ayol. U kishi  aytgan
o’gitlar  hayot  yo’limizda   dastyor.Buvim  bizga:’’  Dilba yoru,
dasba kor, ya’ni  qo’ling  mehnatda, qalbing  Ollohda  bo’lsin”,-
deydilar. U  kishi  har  doim  rahmatli  bobomni  eslab,har
namozlarida  ko’zlarida  yosh, uzundan  uzun   duo  o’qiydilar.
“Inson  qancha  yashagani  bilan  emas,  qanday  yashagani
bilan  qadrlidir. Shuning  uchun  ham  bobong  nomi  abadiy’’,-
deydilar.
Bobojon, sizning  nomingizni-  Qo’ziyev  Muxsin  nomini  eshitgan  inson  mana shunday  faxrli,chin  ma’noda  yaxshi,
qalbi  pok,,  halol, siz  kabi  saxiy  insonga  qoyil  qolmay, tahsin  o’qimay, sizga  havas qilmay, sizni  tanimay, sizni  tan
olmay iloji  yo’q. Bobojon, sizning  umr  yo’lingiz — ta’rif  qilsa  arzigulik,  bitmas- tuganmas  so’zlar  bilan  doston  yozsa
bo’lgulik.Mana  sizga o’chmas, haqiqiy  faxr  namoyondalari.
57      yoshga  kirding  gurillab,
            15  yoshga  kirdim   imillab.
            Sening  yoshingga  yetmog’im  uchun
            Menga  yana  42  yil  kerak.
42      yilni  bosmog’im  uchun
           Balki   menga  400  yil  kerak!
Buxoro viloyati G'ijduvon 8-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktab-internati 8-«B» sinf o'quvchisi Axmadova Zulfizar
Telefon: +998912430686
83655727550

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.