топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mustaqil mamlakatimiz asoschisi

Илмий мақолалар
Илм-фан
1
Zulfiya Abdumannon qizi Raximova
«Xalqaro huquq» fakulteti, 2-kurs talabasi
 
Qisqacha sharh
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Abdug‘aniyevich Karimovning hayot yo‘li va mamlakatimiz mustaqillikka erishishida
ko‘rsatgan shijoati, uning vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan islohotlari bayon
etilgan. Bu maqolaga men Islom Karimovga bag‘ishlangan she’rimni ilova qildim.
Kalit so‘zlar: Islom Karimov, O‘zbek xalqi, “Paxta ishi”, Mustaqillik, Islohot,
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”, “Sadoqat”.
2
 
Mustaqil mamlakatimiz asoschisi
 
Bu dunyoda shunday insonlar borki, ularning hayot yo‘li butun bir xalqqa kuch
va matonat baxsh etayotgandek go‘yo…
Bizning Vatanimiz tarixida ham ana shunday zabardast, elim deb, yurtim deb
yonib yashagan siymolardan biri mustaqilligimiz me’mori Islom Karimov xalqimizning
fidoyi insoni edi.
Hayot yo‘li chiziqlari
Vatanimizning tarixiy maskanlaridan biri bo‘lmish Samarqandda 1938-yilning
30-yanvarida dunyoga kelgan Islom Karimov bolaligidan qat’iy fikrli, intiluvchanligi
bilan o‘z tengdoshlari orasida ajralib turgan. Qunt bilan ilm o‘rganish, o‘qishga
qiziqish, bilimga chanqoqligi tufayli Islom Karimov maktabni a’lo baholarga bitirdi.
“Baholari faqat “5”, ular orasida “4” ni ham uchratmaysiz, bitiruvchilardan Samarqand
viloyatiga kelgan yagona oltin medalga Karimov Islombek erishdi”,- deya murabbiylari
o‘sha vaqtlarni esga olgan edi. Maktabdan keyin Islom Karimov 1960-yilda O‘rta Osiyo
politexnika institutida tahsilini davom ettirdi. So‘ng 1967-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi
institutiga o‘qishga kirdi.
Islom Karimov har sohaning yetuk namoyondasi edi. U ilk faoliyatini Toshkent
qishloq xo‘jaligi zavodida usta yordamchisi sifatida boshladi. Bir necha yillardan so‘ng,
O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika
Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini davom
ettirdi, 1983-yilda O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-1989-yillarda O‘zbekiston KP
Qashqadaryo viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishlaydi. 1989-yil iyun
oyida esa O‘zbekiston KP Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘ldi. [1,706]
Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z faoliyatini shunchaki davom ettirmadi,
o‘sha davrda Vatanimizda izdan chiqqan siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy tuzum, ma’naviy
tanazzul va undan chiqib ketish yo‘llarini izladi. Mustabid hukumat davrining
zo‘ravonlik siyosati xalqning tinka-madorini quritgan, ertangi kunga ishonch yo‘q, aholi
qattiq qo‘rquv iskanjasida yashar edi. O‘tgan asrning 80-yillaridagi “paxta ishi”,
“o‘zbeklar ishi” kabi o‘ylab topilgan uydirma ayblovlar xalqimizga nafaqat jismoniy,
balki ma’naviy, ruhiy jihatdan ham zarar yetkazib ulgurgan edi. Ana shunday xavfli
vaziyatda Islom Karimov shijoat bilan siyosiy kurash maydoniga chiqdi. Mustabid
tuzum hokimiyati to‘laligicha barham topmagan, “paxta ishi” degan tuhmat mingminglab
odamlarning yostig‘ini quritayotgan, tazyiq va kamsitishlarga uchragan, xalq
orasida tushkunlik kayfiyati hukmron bo‘lgan bir paytda endigina O‘zbekiston rahbari
bo‘lib ish boshlagan Islom Karimovning mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga
qo‘yganligi xalq qalbida quvonch bilan birga hadikni ham vujudga keltirgandi. Negaki
3
xalq bir asrdan ortiq davom etgan tutqunlikdan osonlik bilan chiqib ketolmasdi.
Bundan tashqari, mamlakat mustaqilligiga to‘sqinlik qiluvchi millatchi va buzg‘unchi
kuchlar yo‘q emas edi. Birgina Farg‘ona viloyatida 1989-yil iyun oyida yuz bergan
tartibsizliklar bunga yaqqol misoldir. Kuni kecha Respublika rahbari etib saylangan
Islom Karimov 24-iyun kuni majlisda nutq so‘zladi. Bu nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra,
Islom Karimovning rahbar sifatidagi birinchi nutqi ekanligi bilan ham alohida o‘rin
tutadi. Ushbu nutqda u bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan chuqur mushohada qilib,
achchiq va haqqoniy fikrga keldi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday
yashashga zamonning o‘zi ham yo‘l qo‘ymaydi”.[2,13] Aynan shu nutqda davlatimiz
rahbari Islom Karimovning siyosiy yetakchiga xos bo‘lgan barcha qirralari namoyon
bo‘ldi.
Mustaqillikka odimlar
Har bir millat o‘z-o‘zini anglashidagi eng muhim belgi – bu tildir. Qadimdan
donishmand xalqimiz til – millatning ruhi ekanini alohida ta‘kidlab kelgan. Shu bois
ham, Islom Karimov mustaqil mamlakatni barpo etishda dastlabki qadam sifatida
o‘zbek tilining maqomini tiklash masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. 1989-yil 21-oktabr
vatanimiz hayotida yorqin va tarixiy sanaga aylandi. Aynan shu kunda o‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berildi. Bu voqeani yurtboshimizning o‘zlari shunday ta’riflagan:
“Xalq – til demak. Qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi toifadagi,
iste’mol uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar davomida o‘zbek
rusning yonida o‘zining tengsizligini, “katta og‘a” ga qaramligini his etib keldi. Nima
uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik, bu esa
ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini yaxshiladi”.[1,690]
Mustaqillikka erishish yo‘lidagi Islom Karimovning navbatdagi dadil qadami
1990-yil 24-martda sobiq ittifoqdosh respubliklar ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda
prezidentlik instituti joriy etilganligidir. Bu harakat o‘z yurtiga egalik qilishning qat’iy
talabi, tom ma’nodagi siyosiy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi edi.
Hech bir xalq hayotida mustaqillikka erishish oson kechgan emas. Istiqlol
kurashlar, yo‘qotishlar orqali qo‘lga kiritiladi. O‘zbekiston ham o‘z yo‘lboshchisi Islom
Karimov boshchiligida ushbu asriy orzusiga yetdi. 1991-yil 31-avgust tarix sahifalariga
zarhal harflar bilan yozildi. Chunki ushbu kunda dunyo siyosiy xaritasida
“O‘zbekiston” degan yangi suveren davlat paydo bo‘lgan edi.
Jahon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday mamlakatning
mustaqilligi, suveren davlat ekanligi, o‘z milliy ramzlari, o‘z tiliga egaligini ko‘rsatib
beruvchi belgi – bu uning konstitutsiyasidir. Mustaqillik yillarida demokratik huquqiy
davlat barpo etish, kuchli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish asosiy maqsad qilib
4
olindi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan
konstitutsiya ishlab chiqish masalasi 1990-yildayoq ilgari surilgandi. Ushbu
konstitutsiyani ishlab chiqishda Islom Karimov boshchilidagi konstitutsiyaviy
komissiya 2,5 yil ishladi. Uni ishlab chiqishda jahon tajribasi o‘rganib chiqilib, xalqaro
shartnomlarga, demokratik tamoyillarga mosligi tekshirildi. Milliy davlatchilik tarixidan
kelib chiqib, xalqimizning xohish-irodasi, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz alohida
e’tiborga olindi. Ishlab chiqilgan konstitutsiya loyihasi bo‘yicha xalq muhokamasi ikki
bosqichda o‘tkazilganligi, birinchi bosqich muhokamasida tushgan taklif va tavsiyalar
bilan yanada mukammal shakllantirilib, qayta muhokamaga qo‘yilganligi jahon
konstitutsiyaviy shakllanish tajribasida yangi holat edi. Chunki shu paytgacha
konstitutsiya loyihalari bir bosqichda o‘tkazilar edi. Shu tariqa 1992-yil 8-dekabrda
xalqimiz bosh qomusimiz bo‘lgan konstitutsiyamizga ega bo‘ldi. Bu konstitutsiya
avvalgilaridan tubdan farq qilib, uning negizida davlat manfaatlari emas, aksincha,
inson, uning sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi belgilandi. Mustaqillik
kezlaridayoq, huquqiy demokratik davlat shakllantirishning o‘ziga xos yo‘liga aniq
dastlabki qadam Birinchi Prezidentimiz tomonidan tashlangan edi.
 Islom Karimov “Mustaqillik – bu huquqdir” deya o‘z vazifasiga kirishar ekan,
yurtimizda vujudga kelgan vaziyatni nomiga emas, tubdan isloh qilish, O‘zbekistonni,
avvalambor, iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga bel bog‘ladi. Negaki Islom Karimov
ta’biri bilan aytganda, iqtisodiy mustaqilligiga ega bo‘lmagan davlat siyosiy
mustaqillikka erisha olmaydi. Jamiyat hayotida “xususiy mulk” degan tushunchaga
urg‘u berildi. Shu asosida 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Kichik biznes va tadbirkorlik
faoliyatiga keng yo‘l ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rahbarlik
faoliyatining o‘ziga xos ibratli va alohida ahamiyatga molik jihatlaridan biri aytilgan
so‘z va bildirilgan fikrlarning amalda o‘z ifodasini topishi edi. U O‘zbekistonni xalqaro
tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, jahon hamjamiyatidan mustahkam o‘rin
egallashi, xalqimiz uchun jahon standartlariga mos zamonaviy hayot sharoitlarini
yaratishdek hozirgi kunda haqiqatga aylanib ulgurgan ulug‘vor maqsadlarni o‘sha
kezlardayoq qalbiga jo etib, shu maqsad yo‘lida sobit turib yashaganining bugungi
kunlar isboti bo‘lib turibdi.
Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan har qanday fikr, amalga oshiriladigan
islohot negizida jamiyat manfaatlari yotar edi. “Islohot islohot uchun emas, avvalo,
inson uchun” degan fikrlar bugun xalqimiz orasida o‘gitga aylanib ulgurdi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab mamalakatimizda islohotlar davri
boshlandi. Milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Buyuk mutafakkir allomalarimiz nomlari
5
ulug‘landi va abadiylashtirildi. Ayniqsa, Islom Karimov 1993-yilda nashr etilgan
“O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli o‘z asarida
yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi. [3,401] Taraqqiyotning “o‘zbek
modeli” keyingi yillarda tom ma’noda o‘zini oqladi. Birgina 2008-yilda yuz bergan
jahon iqtisodiy inqirozining ko’pgina davlatlar hayotida keltirib chiqargan salbiy
oqibatlari, ammo bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsata olmagani Islom
Karimovning qanchalik uzoqni ko‘ra bilish, puxta qarorlar qabul qilish, kuchli
iqtisodchi ekanligidan dalolat beradi. Bu haqida Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot
tashkiloti Taraqqiyot boshqarmasining iqtisodiy-siyosiy tahlil masalalari bo‘yicha
eksperti M. Hayashikava shunday deydi: “Iqtisodchi sifatida men avvalo, O‘zbekiston
Prezidentining jahon moliya bozorida vujudga kelgan vaziyat borasidagi qarashlarini
ta’kidlashni istardim. Yurtingiz rahbarining inqiroz jarayonlariga sabab bo‘lgan omillar
to‘g‘risida bildirgan fikrlari to‘g‘ri ekani shak-shubhasiz. O‘zbekistonda qabul qilingan
islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning modeli dunyo moliyaviy inqirozi
oqibatida bozorlarda yuzaga kelgan parokandalik sharoitida o‘zining naqadar to‘g‘ri
ekanligini namoyon qildi”.[4,1]
Kelajak biz, yoshlar qo‘lida
Islom Karimov ayniqsa, biz – yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor bilan
yondashib, quyidagi so‘zlar bilan ko‘p murojaat qilardi: “Men yoshlarimizga, mening
bolalarimga qarata, o‘rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman.
O‘rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni o‘rganishing
zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O‘rganish,
o‘rganish va yana bir bor o‘rganish kerak. Kasb o‘rgangan, ilm o‘rgangan kishi,
o‘zbekona aytganda, hech qachon kam bo‘lmaydi”. [5,240] Ushbu so‘zlar bizlarga kuchg‘ayrat,
shijoat bag‘ishlaydi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov yoshlarning ta’limtarbiyasi,
ilm o‘rganishi uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Birinchi
Prezidentimizning har bir nasihati yoshlarga kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida birdam
bo‘lish, sadoqat va jasorat bilan harakat qilish kerakligini eslatib turadi. Men ham
Birinchi Prezidentimiz olib borgan siyosatidan ilhomlanib, “Sadoqat” nomli she’r
yozdim.
Sadoqat
(O‘zbekison Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovga bag‘ishlanadi)
Inson orzularga ergashib yashar,
Yashashdan har kimda turlicha maqsad.
Mitti yuragimda bor edi ilinj,
Bobomni qachondir ko‘raman, albat.
Ba’zida shunchaki hayot beshafqat
Kimdandir ayirar bizni so‘roqsiz.
Ulgurmay qoldim-ku, to‘xta, ey taqdir,
Ammo nolalarim qoldi javobsiz.
Mitti yuragimda orzu beg‘ubor
Ushalmay aylandi armonli xatga.
Bugun afsuslarga to‘lgan dilimda
Shukrona aytaman, siz bergan baxtga:
Buyuk ajdodlarning ruhi bo‘lib yor,
Mustaqil davlatga yasab poydevor
Vatan ravnaqining usta me’mori,
Bugun xursand yashar o‘zbek diyori.
Bugun siz tufayli xalqimiz ham shod
Lekin yuraklarga yig‘ilgan hasrat.
Bugun yurtimiz tinch, ko‘ngillar obod
Ketdingiz dunyodan ko‘rolmay rohat.
Ortingizdan qoldi yoshlanib ko‘zlar
Bilaman, sizga ham bo‘lmagan oson.
Axir, biz shunchaki oddiy emasmiz,
Kelajagi buyuk – hur O‘zbekiston!
Siz aytgan o‘gitlar dillarda mangu
Shu bebaho Vatan barchamizniki.
Siz bergan ishonchni oqlaymiz, albat
Ertangi kun bizniki, marra bizniki!
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, “komil
inson”dir. Bugun bu ulug‘ inson oramizda bo‘lmasa-da, uning xalq, ona Vatan ravnaqi
yo‘lida qilgan barcha xizmatlari biz avlodlar yodida mangu yashaydi. Islom Karimov
faoliyatini davom ettira oladigan, Vatanimizni yanada yuksak cho‘qqilarga erishishida
jonbozlik ko‘rsata oladigan Birinchi Prezidentimiz izdoshi, shogirdi Shavkat Mirziyoyev,
Yaratgandan tinchlik va omonlik so‘raydigan duogo‘y xalqimiz va kelajagi buyuk
yoshlar bor ekan, O‘zbekiston mustaqilligi abadiy bo`ladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz
aytgandek, endi xalqimiz hech qachon kimgadir qul bo‘lishga rozi bo‘lmaydi va
kimningdir buyrug‘ini bajarib yuradigan zamonga hech qachon qaytmaydi. Biz ham
Islom Karimovning yoshlarga bildirgan ishonchini albatta oqlashimiz, u kabi sadoqatli
va fidoyi inson bo‘lib yetishmog‘imiz lozim.
№_________
7
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
[1] Sodiqov H., Lo‘rayev N. O‘zbekiston tarixi – T.: “Sharq”, 2011. – 706 b. 690 b.
[2] Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida – T.: “O‘zbekiston”,
2011. 13 b.
 [3] Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. O‘zbekiston tarixi: Oliy o‘quv yurtlari
barcha bakalavr yo‘nalishlari uchun darslik. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. – 401 b.
 [4]“Ўзбекистоннинг ислоҳотларни амалга ошириш ва иқтисодиётни
модернизациялашнинг ўз модели нақадар тўғри экани амалда намоён бўлди”.-
“Xaлқ сўзи” газетаси. — 2008 йил, 13 декабрь, №241.
 [5] Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish
– eng oliy saodatdir – Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2015. 304 b.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov buyuk
‘bobokalonimiz Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, “komil inson”dir. Bugun bu ulug’
inson oramizda bo’lmasa-da, uning xalq, ona Vatan ravnaqi yo’lida qilgan barcha
xizmatlari biz avlodlar yodida mangu yashaydi. Islom Karimov faoliyatini davom ettira
oladigan, Vatanimizni yanada yuksak cho’qqilarga erishishida jonbozlik ko’rsata
oladigan Birinchi Prezidentimiz izdoshi, shogirdi Shavkat Mirziyoyev, Yaratgandan
tinchlik va omonlik so’raydigan duogo’y xalqimiz va kelajagi buyuk yoshlar bor ekan,
O’zbekiston mustaqilligi abadiy bo`ladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz aytgandek, endi
xalqimiz hech qachon kimgadir qul bo’lishga rozi bo’lmaydi va kimningdir buyrug’ini
bajarib yuradigan zamonga hech qachon qaytmaydi.
Men ham mustaqil Vatanimning yosh avlodi sifatida shu diyorda
ulg’aymoqdamn. Mening eng katta orzularimdan biri mustaqilligimiz bunyodkori, ulug’
davlat arbobi Islom Karimov bilan uchrashish edi. Shu boisdan ham, poytaxtda o’qishni
niyat qilgan edim. Afsuski, bu Birinchi Prezidentimiz bilan uchrashish menga nasib
etmadi. O’qishga kirganimda Islom Karimov bu dunyoni tark etdi. Shu bois, Islom
Karimovga atab “Sadoqat” nomli she’r yozdim va maqolamni shu she’r bilan
yakunlamoqchiman. Birinchi Prezidentimiz nasihatlari yoshlarga kelajagi buyuk davlat
№_________
8
qurish yo’lida mayoq bo’ladi. Islom Karimovning bizlarga bildirgan ishonchini biz
 
albatta oqlashimiz, u kabi sadoqatli va fidoyi inson bo’lib yetishmog’imiz lozim.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.