топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kuchli ijtimoiy himoya – jamiyatda barqarorlikni ta’minlash omili

Илмий мақолалар
Илм-фан
 
 
Xurshid Mirzaxmedov - katta o’qituvchi
Namangan davlat universiteti
Yurtimizda jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil yangilash, ijtimoiy munosabatlarni jadal isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, avvalo, odamlarning turmush darajasini yaxshilash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ta’minlash, ona-O‘zbekistonimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgandir.
 Bu sa’y-harakatlar, ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlari hali-hanuz bartaraf etilmagan, dunyoda ijtimoiy beqarorlik va raqobat kurashi kechayotgan bir sharoitda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lgan taraqqiyotning“o‘zbek modeli”ning muhim yo‘nalishlaridan biri aynan kuchli ijtimoiy siyosatdir.
 – Prezidentimiz tashabbusi bilan2015 yilning Keksalarni e’zozlash yili, deb e’lon qilinishini partiyamiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Zero, piru badavlat otaxonu onaxonlarimiz elektoratimizning muhim qatlami bo‘lib, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, qariyalarning munosib shart-sharoitlarda umrguzaronlik qilishiga ko‘maklashish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
 Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida qayd etilganidek, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo‘lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo‘’tabar faxriylarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanligimizni unutmasligimiz, qo‘limizdan kelganicha ularning og‘irini yengil, umrini uzoq qilishni o‘zimizning insoniy burchimiz, deb hisoblashimiz lozim.
 Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama e’zozlashga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning o‘zida ularga davlat byudjeti hisobidan11 trillion618 milliard so‘mdan ortiq pensiya, 105 milliard so‘mdan ziyod nafaqalar to‘langani buning amaliy tasdig‘idir. Bugungi kunda davlatimiz pensiyaga ajratadigan mablag‘ning miqdori o‘rtacha oylikning41 foizdan ziyodini tashkil etadi, bu kabi davlatning keksalar haqida g‘amxo‘rlik qilishini dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida kuzatish mumkin. Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan“1941 – 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan ularni ijtimoiy himoyalash, xususan, yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul muddatlarda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida davlat hisobidan davolanish imkoni yaratildi.
 Shu ma’noda aytganda, faxriylarimizning, har bir yoshi ulug‘ insonning hurmatini joyiga qo‘yish, shu bilan birga, ularning hayotini shod-xurramlik va mazmunga boy qilish yo‘lida olib borayotgan ishlarimiz samarasini kuchaytirish hamda oshirishda partiya o‘zi uchun ustuvor vazifalarni belgilab oladi.
 – Darhaqiqat, 2015 yilga Keksalarni e’zozlash yili, deb nom berilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning mantiqiyligi, ta’bir joiz bo‘lsa, jamiyatning vijdoni bo‘lgan qariyalarimizga davlatimiz g‘amxo‘rligidan dalolatdir.
 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faxriylarimizni mamlakatning bugungi erishgan yutuq va marralariga, jamiyatda hamjihatlik, mehr-oqibat, insoniylik fazilatlari tobora ildiz otishida, asrlar davomida shakllangan oilaviy qadriyatlarimizning bardavomligini ta’minlashda, eng muhimi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning Vataniga sodiq, barkamol inson bo‘lib shakllanishida ulkan hissa qo‘shgan katta tarbiya maktabi vakillari, muhim ijtimoiy institut, deb biladi.
 Saylovoldi platformamizda keksalarimizni, xususan, nogiron va yolg‘iz qariyalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning jamiyat hayotidagi ta’siri va ahamiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qator vazifalarni oldimizga qo‘ydik. Shu bois fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining nogiron va yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish imkoniyati va huquqlarini kengaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha partiyamiz tomonidan aniq vazifalar belgilab olingan. Shu bilan birga, partiya kelgusida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida byudjetdan tashqari moddiy yordam jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha huquqiy bazani yanada takomillashtirish ustida faol ish olib borishni maqsad qilgan.
 Biz, shuningdek, markazda va joylarda davlat hokimiyati vakillik organlaridagi o‘z deputatlik korpusimiz va partiya tashkilotlari imkoniyat hamda salohiyatidan foydalangan holda, keksalarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy maqsadli dasturlar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati ko‘lami hamda ta’sirchanligini kuchaytirish choralarini ko‘ramiz. Bunda partiyamiz nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xususan, partiyaning ijtimoiy sherigi– respublika“Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
– Bugun partiyamiz vakillari davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylov kampaniyasida faol ishtirok etib, o‘z elektorati va saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bunda partiya elektorati, ya’ni keksalarimiz kayfiyati, ularni o‘ylantirayotgan muammolar o‘rganilmoqda, otaxon-onaxonlarimizning markazda va joylarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bo‘yicha fikrlariga e’tibor qaratilib, ularning bu boradagi taklif va mulohazalari inobatga olinmoqda. Albatta, ushbu masalalar partiyamiz tomonidan parlamentda qonunchilik va nazorat-tahlil tadbirlarini ishlab chiqish va olib borishda, partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlarining Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan qabul qilinadigan Davlat dasturiga asosli va hayotiy takliflarini kiritishda, istiqboldagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini yana bir marta aniq belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 Shu munosabat bilan Prezidentimiz tashabbusi elektoratimiz tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olinganligini alohida ta’kidlashni istardik.
 Biz, qolaversa, o‘z Saylovoldi platformamizda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarimiz orqali mehnat va urush faxriylari pansionatlari, “Saxovat”, “Muruvvat” va“Mehribonlik” uylari, nogiron bolalar uchun maktab internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish va yolg‘iz qariyalar, pensionerlar, nogironlar va tegishli bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larining qat’iy belgilangan maqsadlar uchun samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab olganmiz.
 – Mamlakatimizda bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat qishloq va shaharlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda, o‘z navbatida, aholining kam ta’minlangan qatlami uchun yangi daromad manbalari paydo bo‘lishi, ularning ijtimoiy, sog‘liqni saqlash va pensiya ta’minotiga qamrab olinishiga zamin yaratmoqda. Bu kam ta’minlangan fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning mamlakatimizda kechayotgan bunyodkorlik ishlaridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Kam ta’minlangan oilalar a’zolariga ijtimoiy nafaqa to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish bilan birga, muqobil asosda o‘z ishini ochish uchun ularga beg‘araz ssuda va grantlar berish institutini joriy qilish orqali ularning tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish tizimi me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish masalalari ham o‘z ifodasini topgan. sa’y-harakatlar joylarda, ayniqsa, kam ta’minlangan aholining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, ularning oilasida sog‘lom muhitni shakllantirishga hamda kam ta’minlangan oilalar iste’mol quvvatini oshirishga turtki beradi.
 Biz, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar, tashkil etilayotgan maslahat markazlari maqbulligini ta’minlash, jumladan, aholining kam taminlangan qatlamlari va ishga joylashishda qiynalayotgan odamlarning ulardan samarali foydalanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi ustidan faol parlament va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yganmiz.
 
 – Ma’lumki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilgan islohotlar natijasida davlat organlarining ko‘plab vakolatlari, xususan, ijtimoiy himoya mexanizmlarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha vazifalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazildi. Ayniqsa, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirishga qaratilgan qonunchilik kafolatlari mustahkamlab qo‘yildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.