топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+72.31
avatar

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар

Батафсил

Задачи-Шутки

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Скоро новый 2014 год! C наступающим !


Много уже сделано и  теперь можно немножко повеселиться, решая веселые задачки.


Удачи !


 


1).Чужое гражданство


Почему человека, который живет в Канаде, нельзя похоронить в США?



Какого пола компьютер?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Только для Windows:1) Блокнот2) Наберите CreateObject(«SAPI.SpVoice»).Speak«I love you»3) Сохраните как computer_pol.vbs4) Запустите файл.Если вы услышите мужской голос, у вас мальчик, если женский — девочка.

Олти ва Саккиз

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Улуғ саркарда Бобур 1528 йили Канва жангида олиб чиққанидан сўнг ўша уруш тафсилотларини баён қилар экан, «кенг даштда отларнинг туёқлари зарбидан ер олтига, осмон саккизга айланди», деб ёзган («Бобурнома», 323б). Айтингчи «олти» ва «саккиз» деганда Бобур нимани назарда тутган?


Ботир ЙЎЛДОШЕВ

Kim nimani yozdi?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Qizlar ijod qilganda!!!
      Darakchi redaksiyasiga Shaxlo, Gulrux, Madina, Yulduz, Xolida yozgan hikoya, povest, ocherk, she'r va feleton yuborildi. Har biri faqat bitta asarni yozgan. Madina she'rni Gulrux yozgan deb o`yladi. Gulrux feletonni Yulduz, povestni esa Shaxlo yozgan deb faraz qildi. Yulduz Xolida povestni, Madina esa ocherkni yozgan deb hisobladi. Shaxlo hikoyani Gulrux yozgan, she'rni esa Yulduz ijod qilgan deb taxmin qildi. Natijada ularning hammasi noto`g`ri taxmin qilganliklari ma'lum bo`ldi. Siz balkim toparsiz, KIM NIMANI YOZDI?!

Matematika - olimlarimizning fikricha....

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Qaysi kimning fikri, BILASIZMI?!     


       Matematika ob'yektiv borliqdagi miqdoriy nisbatlar va fazoviy shakllarni o`rganadigan, aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan fan. U yoshlarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularni hayotga o`tkir ko`z bilan qarashni taqozo etadi va hayotda hamma vaqt aniq maqsadni ko`zlagan holda olib borishni talab etadi. Matematika — moddiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi fan. Matematika haqida barchaning fikri turlicha. Ulardan ba'zilari quyidagicha:


  • Matematika haqiqatni eng sof ravishda va bevosita his etish imkonini beradi. (...........)

  • Musiqa qalb matematikasi bo`lsa, matematika miya musiqasidir. (............)

  • Matematika aqlni tarbiyalaydi? mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. (..........)

  • Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi, kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi. (.........)

  • Matematika — aql gimnastikasidir. (.............)

  • Matematika fanlarning shohi, arifmetika esa uning toji. (.............)

  • Dunyoni sonlar boshqaradi. (..........)

  • Nimaiki qorong`u, shubhali va noto`g`ri bo`lib kelgan bo`lsa, matematika shularning hammasini aniq, to`g`ri va shubha tug`dirmaydigan qildi. (.........)

Hammani daryoning nari tomoniga chiqaring

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

O'rtada daryo bor. Daryoda bitta qayiq, qayiq esa ikkita odam kutaradi. Daryoning bir tarafida Dada, o'g'il, o'g'il, Oyi, qiz, qiz, Militsiya va jinoyatchi turibdi. Qayiqni Dada, oyi va Militsiya boshqara oladi. 2 ta o'g'il dadasiz Oyi bilan qola olmaydi, 2 ta qiz oyisiz Dada bilan qola olmaydi, jinoyatchi Militsiyasiz hech kim bilan qolishi mumkin emas. Hammani daryoning nari tomoniga chiqaring.

Нега бундай булди?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

 

 

Бир ёрдам килингизларчи.Нега битта соннинг бир хил даражаси икки хил сонга тенг булиб коляпти.Каерда хато кетган.

1.                                (-3)^(-1)=1/(-3)=-(1/3)

2. (-3)^(-1)=(-3)^(-2/2)=((-3)^2)^(-1/2)=9^(-1/2)=1/(9^(1/2))=1/3

  Бу ерда ^ белгиси даражага кутаришни билдиради.

 

 

Бир уриниб курингчи.

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Хаво тулдирилган шарга игна санчса нима булади? Ёрилиб кетади-а? Мен игнани шарга санчиб шарни ёрмасдан игнани кайтариб чикара оламан.Буни сиз хам бажараоласизми?

Buni qanday qilish mumkin?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Suvli yoki suvsiz?!

     Stol ustida uchta bir xil suvli idish va yana uchta shunday bo`sh idish turibdi. Suvli idishlar birin-ketin, keyin bo`sh idishlar turibdi. Bu idishlarni suvliklari bilan suvsizliklari ketma-ket turadigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Faqat bitta idishni qo`zg`atishga ruxsat etilsa, buni qanday qilish mumkin?

Dekabr - o`ninchi oy emasmi?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
O`NINCHIMI YOKI O`N IKKINCHI?
       Bizda o`n ikkinchi oy «DEKABR» deb aytiladi. Xo`sh, dekabrning ma'nosini bilasizmi? Bu so`z grekcha «deka» ya'ni «o`n» degan so`zdan kelib chiqqan: dekalitr — 10 litr, dekada — o`n kun degani. Shunga qaraganda dekabr oyi o`ninchi oy degan so`z bo`lsa kerak. Bunday chalkashliklarning sababi nima?
 

Vasiyatnoma!!!

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Vasiyatnoma!!!
      Bir badavlat kishi o`layotib homilador xotiniga vasiyatnoma qoldiribdi. Unda agar xotini o`g`il tug`sa, qolgan mulkining uchdan ikki qismini o`g`liga, uchdan bir qismini onasiga berishni, agar qiz bo`lsa uchdan bir qismini qiziga, uchdan ikki qismini onasiga bo`lib berishni vasiyat qilgan. Xotini egizak o`g`il va qiz tuqqan. Vasiyatni bajarish uchun xotin, o`g`il, qizi va onasi o`rtasida mulkni qanday qilib bo`lib berish kerak?

Diofant necha yoshda?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
 
Diofant hayoti bilan bog'liq ma'lumotlar, bizgacha deyarli yetib kelmagan. Uning hayoti haqida qabr toshidagi bitik xabar beradi, xolos. Quyida o'sha bitik o'zbekchaga o'girilgan. 
Birodar to'xta bir dam
Shu qabrning yonida
Yotar unda Diofant
So'ngi joy makonida.
Shu yerda topdi uning
Uzoq umri nihoya
Qabr toshdagi  yozuv
Hayotidan hikoya.
Bolalik- umrining
Oltidan biri.
Yigitlik damlari-
O'n ikkidan bir.
Uylandi Diofant
Va kutdi farzand...
Farzand orzusida
Kechgan yillari:
Besh yil va umrning
Yettidan biri.
Shundagina ollohim
Etdi ato bir dilband.
Ota umrin yarmicha
Hayot ko'rmish bu farzand.
Farzand dog'i olimning
Jigar-bag'rin tig'ladi.
Ayriliq dardida u
Achchiq-achchiq yig'ladi...
O'g'li vafotidan so'ng
To'rt yilgina yashadi.
So'ng o'zi ham shu qabr
Tomon qadam tashladi.
Qancha umr ko'ripti
Shu qabrda yotgan zot?
Nechun uning ishlarin
Hamon etishadi yod?
Birodar bergin javob,
Bu ishing topar savob...
Diofant necha yil yashaganini toping.