топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ona va bola salomatligi — davlat va jamiyat tayanchidir

Арбоблар
Жамият
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. O‘tgan yillar davomida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998-yil Oila yili, 2000-yil Sog‘lom avlod yili, 2001-yil Ona va bola yili, 2008-yil Yoshlar yili, 2012-yil Mustahkam oila yili, 2014-yil Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
 
Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiyaning izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi. 
 
O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan joriy yilda ham bu boradagi izchil ishlar davom ettirilib, yanada kengaytiriladi. 
 
2016-yil 9-fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. 
 
Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish Davlat dasturida belgilangan muhim yo‘nalishlardan biridir. 
 
Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni qilindi. Jinoyat kodeksiga farzandi uch yoshga to‘lmagan ayollarga (bola tarbiyasi uchun ta’tilga chiqishidan qat’i nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qo‘llanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga qaratilgan tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko‘zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda. 
 
2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlari mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish, poliklinikalarni zamonaviy tashxis qo‘yish uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yuksalMustaqilligimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. O‘tgan yillar davomida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998-yil Oila yili, 2000-yil Sog‘lom avlod yili, 2001-yil Ona va bola yili, 2008-yil Yoshlar yili, 2012-yil Mustahkam oila yili, 2014-yil Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
 
 
 
Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiyaning izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi. 
 
 
 
O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan joriy yilda ham bu boradagi izchil ishlar davom ettirilib, yanada kengaytiriladi. 
 
 
 
2016-yil 9-fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. 
 
 
 
Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish Davlat dasturida belgilangan muhim yo‘nalishlardan biridir. 
 
 
 
Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni qilindi. Jinoyat kodeksiga farzandi uch yoshga to‘lmagan ayollarga (bola tarbiyasi uchun ta’tilga chiqishidan qat’i nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qo‘llanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga qaratilgan tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko‘zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda. 
 
 
 
2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 
 
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlari mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish, poliklinikalarni zamonaviy tashxis qo‘yish uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini tushuntirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollar sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarishlashni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasini boyitish chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi. 
 
Shuningdek, Davlat dasturiga dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda joylardagi hokimliklar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro‘ qozongan keksa avlod vakillarini keng jalb etish masalasi ham kiritilgan. 
 
Muxtasar aytganda, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi. Bu boradagi ishlar va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni izchil davom ettirish, shubhasiz, mamlakatimizda shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
 
TDYU o‘qituvchisi Nargiza Sulaymonova hamda TDYU talabasi Behruz Shamsutdinov

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.