топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

G'amimizdan quvonganlarga

Арбоблар
Жамият
Sen xalqning 'amidan quvonma aslo,
Olislarda pisib yurgan ey g'anim.
Axir, ulug' zotdan qoldi bebaho
Dunyoda tengi yo'q buyuk Vatanim!
 
Ana, ko'rayapsanmi, yoshlar ko'zida
Senga bo'lgan nafrat boqib turibdi.
Shu yurtning, shu xalqning ishqi o'tida
Shijoat olovin yoqib turibdi.
 
Ewronews, BBC kanallarining 
So'zlari bir tiyin, ular bir olchoq.
Aytaymi, ularning xayolllarida
OAV kasb emas, misli o'yinchoq.
 
Sen kulma o'zbekning sitamlariga,
Bu dard yurtga kelgan mash'um «to'y» erur.
Tayyor tur shu xalqning bayramlariga,
Uni qutlashga ham tayyorlanib tur.
 
Yigirma besh yil ichra zo'r yuksaldik biz,
Ayt, sen neni ko'rding shu yillar osha.
Ming asrga yetar bu dovug'imiz
Sen esa havas-la qilgin tomosha!

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.