топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buyuklar о‘lmaydilar – ular mangulikka daxldordir

Арбоблар
Жамият
2016 yil 2 sentabr oqshomda butun dunyo bо‘ylab shumxabar yashin tezligida tarqaldi.
Buyuk davlat va siyosat arbobi, О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etdi.

Bu xabar nafaqat millionlab yurtdoshlarimiz, balki xorijdagi vatandoshlarimiz, dо‘stlarimiz, barcha tinchliksevar mamlakat rahbarlari va fuqarolarini qattiq qayg‘uga soldi.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov о‘zining ibratli hayoti, buyuk ishlari, hayrli amallari ila о‘zidan abadiy ezgu nom qoldirib ketdi. Hattoki, О‘zbekistondan uzoq olisdagi Kubada ham uch kunlik motam e’lon qilinib, davlat bayroqlari tushirildi.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov о‘z hayotining asosiy mazmunini butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda deb bildi.
Prezidentimizning uzoqni kо‘zlagan dono siyosati, matonati, jasorati tufayli О‘zbekiston tinch va osoyishta, diniy konfessiyalar vakillarining hamjihat, ahil va totuvlikda istiqomat qilayotgan mamlakatga aylandi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tashkil etilishi ham shu ulug‘ insonning tashabbusi bilan bog‘liqdir.

Yuksak ehtirom bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining О‘quv teatri binosi hamda institutning barcha asosiy auditoriyalarida 2 sentabr kuni “Xotira darsi” о‘tkazildi. Mazkur darslarda talaba- yoshlarga bu fidoiy insonning bosib о‘tgan ibratli hayoti, amalga oshirgan barcha ezgu ishlari haqida institut rektori v.v.b. Gо‘zal Erkinovna Xaliqulova, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining о‘rinbosari Kamola Boltaboyevna Akilova, professor, falsafa fanlari doktori Faxriddin Musayev, professor, falsafa fanlari doktori Sayyora Suyarkulovna Tо‘ychiyevalar atroflicha ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “E’zoz” hujjatli filmi, institut professor-о‘qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan iqtiboslar hamda О‘zbekiston xalq shoiri, Davlat mukofoti sovrindori Sirojiddin Sayyidning “Kim edigu, kim bо‘ldik” she’rining “Dо‘stlik” ordeni sohibi Ernazar Yarbekov tomonidan badiiy о‘qilishi talaba-yoshlarda kuchli taassurot qoldirdi.
Eng ahamiyatli jihati shundaki, institutga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun birinchi dars Buyuk Rahbarimizning Vatan ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini, jasoratini tarannum qiluvchi ma’ruza va ma’lumotlar talaba-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Institutimizning barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha о‘tkazilgan “Xotira darsi”da О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasi barcha talaba-yoshlarimizning yodida mangu saqlanib qolishi, ular Vatanimizni, mustaqilligimizni kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylashi, tinchlik- osoyishtalikning qadriga yetishi barchaning muqaddas burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur tadbirlarning mazmun-mohiyatida “Buyuklar о‘lmaydilar, ular insonlarning qalbida mangu yashaydilar” kabi muhim g‘oya tadbir ishtirokchilari va talaba-yoshlarning qalbida muxrlandi.
 
Q.V.Nishonboyeva Tarix fanlari nomzodi, dotsent

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.