топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Dunyoning turli mamlakatlarida qo‘l berib ko‘rishishning qanday qoidalari mavjud?

Блог им. feruzaxon
Har bir mamlakatning an’analari o‘ziga xos bo‘lib, dunyo bo‘ylab biznes yuritayotgan bo‘lsangiz mahalliy an’analarni hurmat qilishingiz muhim sanaladi. InsiderPro nashri 14 ta mamlakatda qo‘l berib ko‘rishish etiketi bo‘yicha yo‘riqnomani taqdim etdi.

Foto: Medialeaks

AQSh
O‘zingizni tanishtiring va suhbatdoshingiz qo‘lini qattiq siqing.

Foto: InsiderPro

Buyuk Britaniya
Qo‘lni yengil siqish lozim; shundan so‘ng biroz masofaga uzoqlashganingiz ma’qul.

Foto: InsiderPro

Braziliya
Qattiq va davomli qo‘l siqish ko‘z qarashi bilan birga kechadi. Ketish oldidan ham bu harakatni qaytarish lozim.

Foto: InsiderPro

Xitoy
Ko‘p narsa suhbatdoshingiz yoshiga bog‘liq. Yoshi katta inson bilan birinchi salomlashish kerak: yengil qo‘l siqish va yengil ta’zim, ko‘zga qaramaslik.

Foto: InsiderPro

Turkiya
Qo‘lni qattiq siqish qo‘pollik sifatida qabul qilinadi, shuning uchun u yengil va davomiy bo‘lishi lozim.

Foto: InsiderPro

Marokash
Qo‘l berib ko‘rishish yengil va faqat bir jins vakillari o‘rtasida amalga oshiriladi.

Foto: InsiderPro

Birlashgan Arab Amirliklari
Dastlab yoshi ulug‘ inson bilan ko‘rishish lozim. Bunda sizdan davomli qo‘l berish kutiladi; qo‘lni tez olish nazokatsizlik hisoblanadi.
Rossiya
Ish bo‘yicha kontragentingiz hisoblanmasa, qarama-qarshi jins vakiliga qo‘l uzatish tavsiya etilmaydi; erkak kishi ayollar qo‘lini o‘pib qo‘yishi lozim.

Foto: InsiderPro

Avstraliya
Agar siz ayol kishi bo‘lsangiz, erkak kishiga birinchi bo‘lib qo‘l uzating; ayollar bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishmaydi.

Foto: InsiderPro

Tailand
Bu yerda qo‘l berib ko‘rishilmaydi. Sizga qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, yarim ta’zim bilan salom berishadi; aynan shunday javob qaytaring.

Foto: InsiderPro

Meksika
Davomli qo‘l siqib ko‘rishiladi; undan so‘ng erkaklar quchoqlashishi ham mumkin.

Foto: InsiderPro

Shveysariya
Barcha hozir bo‘lganlarga ularning ismi va maqomi bilan: mister yoki missis deb murojaat qilib, qo‘l berib ko‘rishish lozim.

Foto: InsiderPro

Janubiy Koreya
Qo‘l berib ko‘rishish kattalar tomonidan amalga oshirilishi, u yumshoq bo‘lishi lozim.

Foto: InsiderPro

Fransiya
Tez va yengil qo‘l berib ko‘rishiladi.

Foto: InsiderPro

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.