топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Islom Karimov asarlari – istiqbolimiz mezoni

Фойдаланувчиларга ёрдам
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavallud topgan kunlari munosabati bilan Institutimiz axborot resurs markazi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Bizga ma’lumki I.A. Karimov o’z faoliyatlari hayot yo’llari davomida ko’plab kitoblar yozganlar. Bu kitoblarda o’tmish ajdodlarimiz xotiralari va ularning ijodlari haqida, yurtimiz o’tmishidagi ayanchli kunlar haqida, vatan mustaqilligi uchun qilingan sa’yi harakatlar va bu yo‘ldagi mashaqqatlar, yurt kelajagining porloq va buyuk bo’lishi yo’lida qo‘yilgan maqsadlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Ezgu maqsadlar va O‘zbekiston kelajagini qay usulda va qanday amallarni bajarish orqali ta’minlash mumkinligi bayon etilgan. Vatanimizni butun dunyoga tanitish, o‘zbek millatini butub bo‘y basti bilan namoyon qilish, buyuk davlat yaratish yo’lidagi kerakli ko’rsatmalarni, amaliy harakatlar tizimini ilmiy asoslangan tarzda bayon qilganlar.
Biz yoshlar Birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning asarlarini o’qib, har tomonlama chuqur o‘rganib avvalambor vatanga, buyuk ajdodlarimizga bo’lgan mehr-muhabbatimizni yanada orttirishni o‘rganamiz. Bu bebaho asarlar bizga ajdodlar xotirasini hurmat qilishni, ularning jasorati va fidokorona mehnati bilan faxrlanishni o‘rgatadi. Bizda iftihor tuyg’ularini shakllantiradi. Bu kitoblar bizda o‘z-o’zimizga bo’lgan ishonchni shakllantiradi, har bir o‘zbek fuqarosining qalbida Vatan tuyg’usini qaror toptiradi. Bu asarlar ongimizda vatan muqaddasligi tuyg‘usini kamol toptiradi.
Birinchi prezidentimizning o’gitlari, otalarcha nasihatlari biz yoshlarni hayot imtihonlariga tayyorlaydi, ta’lim olishimiz va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishimizga yordam beradi. Bu asarlar – istiqbolni aniq va ravshan yorituvchi mash’ala kabi abadiy nur sochib turadi.

 
Oybarchin Safarova
 
TDSI talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.