топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xotira abadiy, xotira mangu

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi


Xalqini qutqarib quzg`un changidan,
Ko`ksin qalqon qilib chiqdi maydonga.
Qarang bugun u yo`q, lek uning nomi
Tillarda yashaydi o`xshab dostonga.
 
Bu davru-davronlar o`zdan kelmagan,
Sho`x-shodon shamollar birdan yelmagan,
O`zbekiston deya yonib, tinmagan
Temur qayta kelib ketdi dunyodan.
 
Qonqarash yog`iylar qayrab tishini
Nishin sanchib ko`rib qaytdi so`zidan
Jonidan ziyoda ko`rib yurtini
Vatanin undadi zafar izidan.
 
Bu obod ko`chalar, so`lim go`shalar,
Qator-qator uylar uning jon-qoni
Maqbara, masjidlar, bu madrasalar
Birorta mamlakat tenglashsin qani.
 
Buyuk Vatanimga jon deya fido
Jonin fido etgan sohibqironim.
Endi joying jannat aylasin xudo
Seni duo qilgay O`zbekistoning.
 
Xotira abadiy, xotira mangu
Yashaysan chempion medallarida
Sen o`zing bir tarix, yo`q uning tengi,
Yashaysan elingning zabonlarida.
 
Islom bobom aslo noming o`chmagay
Bunyod qilganingda borsan, tiriksan
O`zbekiston deya yonib yashagan
Yurtda muhrlangan mangu bitiksan.
 
 
 
BuxDU Fizika-matematika fakulteti
2-bosqich talabasi Shirinova Dilfuza


0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.