топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Vatan himoyachilari e‘zoz-ehtiromda

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Vatan – ulug‘ tushuncha. Uni asrab-avaylash, rivojiga munosib hissa qo‘shish, yovlardan himoya qilish har bir insonning muqaddas burchi. Zero, hadisi shariflarda “Vatanni sevmoq imondandir”, deb bejiz aytilmaydi. Ona yurt himoyasida jasorat ko‘rsatganlar esa asrlar osha qadr va e‘zoz topadi, hech qachon unutilmaydi, qalblarga muhrlanadi.
   Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Shayx Najmiddin Kubro, Amir Temur va boshqa ko‘plab mard-jasur bobolar jasorati tarixning zarvaraqlariga zarhal harflar bilan bitib qo‘yilgan. 14 yanvarning yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” sifatida nishonlanishi zamirida ham ana shunday mard farzandlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e‘tibor mujassam.
   Vatan mudofaasida kamarbasta bo‘lgan barcha mard va jasur yurt posbonlarini, harbiy xizmatchilarni bayram bilan muborakbod etamiz! Mamlakatimizning tinchligi va osoyishtalini ta‘minlash yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!


Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.