топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Qani edi, Men bu so’zlarni yozmayotgan, buning bari tush bo’lsa-yu, yaratganning inoyati bilan dunyodagi eng oliyjanob qalb yana urib ketsa.

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

Bugungi ko’z yoshlarning barchasi chin,  bugungi duolarning barchasi pok. Chorak asrdan ziyod ko’nglimizni o’zining irodasi bilan yoritib, millat yo’lboshchisi bo’lgan Yurtboshimiz endi oramizda yo’q. Bu og’ir judolik nafaqat milliy, balki olamshumul yo’qotish bo’ldi.
 Er yuzida o’z millatining sha’ni, xalqining qadr-qimmati, ajdodlarining pok nomi, yosh avlod kamoli uchun shu qadar qayg’urgan, umrining eng navqiron yillarini xalqiga baxshida etgan, eng mashaqqatli kunlarda jasurlik bilan Vatanimiz kelajagi buyuk ekanligini ta’kidlab, ko’ngillarga umid ulashgan yurtboshimiz I.A.Karimovning xotirasi abadiydir. Muhtaram Prezidentimiz vatandoshlarimiz va kelajak avlod uchun vatanparvarlikning beqiyos namunasi, mardlikning so’nmas shu’lasi bo’lib qolajak...

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.