топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Islom Abdug’aniyevich Karimov - tinch va osuda hayotimiz asoschisi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi


O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov — O’zbek halqining milliy qahramoni, tinch va osuda hayotimiz asoschisi, bosh islohotchi, nafaqat O’zbekiston va O’rta Osiyo, balki, butun dunyoda tinchlik, o’zaro birodarlik, sog’lom turmush targ’ibotchisi, terrorizm, giyohvandlik va norkobiznesga qarshi targ’ibot rahbari sifatida o’z o’rni, sharafli nomiga ega shahs, buyuk davlat arbobi, mohir siyosatshunos, mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi ko’plab asarlar muallifidir.
Yosh avlod qalbida muhtaram Islom Abdug’aniyevich Karimovning yorqin hotirasini muhrlash va abadiylashtirish maqsadida 2017 yil 1 fevral kuni TTJda Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchisi G.Hojieva, Falsafa kafedrasi o’qituvchisi Sh.Murtozayev, Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim uslubiyoti kafedrasi o’qituvchilari Sh.Farmonova va M.B.Sharipova va Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida tadbir o’tkazildi. Tadbirda talabalari tomonidan tayyorlangan ma’rifiy dastur, qo’shiq va slaydlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.