топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Islom Abdug’aniyevich Karimov-buyuk davlat rahbari va siyosat arbobi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi


Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining ulug’ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo’lboshchimiz g’oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og’ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O’zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
    Islom Abdug’anievich Karimov o’zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida o’chmas iz qoldirdi. U nafaqat, O’zbekiston, balki, jahon miqyosida katta hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
  Ko’p millatli O’zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so’nmas xotirasini abadiylashtirish bo’yicha mamlakatimizda ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yil 27 yanvar kuni universitetning faollar zalida Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi ilmiy-nazariy va amaliy anjuman tashkil etdi. Tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti dosenti A.M.Xidirov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri M.Muhammadaliev, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori S.I.Inoyatov, Tarix kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Sh.A.Hayitov o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbir so’ngida videofilm namoyish etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.