топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buxoro davlat universiteti va Turkmaniston davlat pedagogika universiteti o’rtasida hamkorlik o’rnatildi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
2018 yil 23 aprel kuni Toshkent shahrida Buxoro davlat universiteti bilan Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika universiteti o’rtasida ta’lim, ilm va madaniyat sohalarida o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatish hamda o’quv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida shartnoma imzolandi.
Ushbu shartnoma doirasida hamkorlik shartnoma shartlari va dasturlarini muhokama qilish maqsadida o’z delegasiyalarining o’zaro tashriflarini tashkil etib,  Turkmaniston va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda o’zaro bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura dasturlari bo’yicha ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va tadqiqotchilarning ta’lim olish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, malakaviy (o’quv-ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, bitiruvoldi, pedagogik) amaliyot o’tash uchun akademik almashinuvi bo’yicha  hamkorlik olib boradilar.
"

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.