топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo’lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o’zimga ishongandek ishonaman

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi


Bugungi baxtiyor kunlarimizga nazar tashlab, yon atrofdagi voqealarni kuzatib Yurtboshimiz I.Karimovning oqilona siyosati, teran dunyoqarashi va kelajakni oldindan ko’ra bilishi oqibatida yurtimiz tinch, xalqimiz farovon yashab kelmoqda. Yurtboshimizning biz yoshlarga yaratib bergan shart-sharoitlari mevasini mana bugun bermoqda.
Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XXXI yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston yoshlari 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo’lga kiritib, Respublikamizni dunyodagi 250 ta davlat ichida 21 o’ringa olib chiqdi. Bu esa Yurtboshimizning samimiy qilgan mehnatlari samarasidir. Men va yurtimizdagi yoshlar nomidan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning “Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo’lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o’zimga ishongandek ishonaman”, - degan  so’zlariga javoban biz Siz orzu qilgan yoshlar bo’lib etishamiz va yurtimiz ravnaqi yo’lida bor kuch-qudratimizni sarflashga va’da beramiz.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.