топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+27.80
avatar

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

Батафсил

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolalar adabiyotini yaxshi bilishi darkor

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Ta‘lim tizimidagi islohotni quyi bo‘g‘indan boshlash maqsadga muvofiqmi yoxud yuqoridan, degan savol barchani o‘ylantiradi, albatta. Nazarimizda, dastavval oliy ta‘lim das­turlarini qayta ko‘rib chiqish va bo‘lajak mutaxassislarga e‘tibor qaratish zarur. Shu nuqtai nazardan, oliy ta‘lim muassasalarining maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida mutaxassislik fanlari qatorida o‘qitiladigan ona tili va adabiyot fani dasturi jiddiy tahrirni talab qiladi. Avvalo, bu ikkita mustaqil fanning sun‘iy ravishda qo‘shilib o‘tilishi qator yillardan buyon talay muammolarga sabab bo‘lmoqda.

Universitet veb-saytida "Islohotlar Buxoro davlat universiteti nigohida" sahifasi ochildi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning  24-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida universitet veb-saytining «Ijtimoiy soha» yo`nalishida  «Islohotlar Buxoro davlat universiteti nigohida» sahifasi ochildi.

Falsafa doktori (PhD) lar soni yana 3 nafarga kopaydi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

2018 yil 19 iyunda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Qosimova Nafisa Farhodovna “Lisoniy belgi asimmetriyasi va uning so‘roq gap tarjimasida voqelanishi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Fil.21.01 raqamli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan. 

Doktorlik himoyasi yana to`rttaga oshdi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
2018 yil 12 iyunda Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, p.f.n., dots. o’qituvchisi Ma’murov Bahodir Baxshillayevich “Bo’lajak o’qituvchilarda akmealogok yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalash jarayonini loyihalash konikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi fan doktori  (DSc) dissertasiyasini Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi  DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” respublika insholar tanlovining yakuniy bosqichida universitet talabasi g`olib bo`ldi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida ta‘lim muassasalarida “Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”,“Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” kabi mavzularda insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10-son bayoni hamda  vazirlikning 2017 yil 30 noyabrdagi 875-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida rektoratning 2017 yil 2 dekabrdagi 732-U sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.

Malaziya Fan-islom universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat universitetida

Bugungi kunda xalqaro aloqalar rivojlanishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi. Shu bois, barcha sohalarda, ayniqsa ilm-fanda xalqaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O`zaro aloqalarni riovjlantirish maqsadida 2018-yil 27-iyun kuni Buxoro davlat universitetiga Malayziya fan-islom universitetidan 10 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. “Buxoro qadimda islom dini markazlaridan bo`lgan buyuk va mashhur shahardir. Bu yerda Imom al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddun Naqshbandiy kabi buyuk alloma va avliyolar yashab ijod qilishgan, dedi  professor Zulkiple Abd. Ghani-fan-islom universiteti prorektori o`z so`zining boshlanishida.

Buxoro davlat universitetida "Ochiq eshiklar kuni"

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyunda “2018/2019 o’quv yilida O’zbekston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi qaroriga asosan, Buxoro davlat universitetida ham qabul jarayoniga puxta tayyorgarlik ko’rilgan bulib, Universitetga 2018/2019 o’quv yilida kunduzgi ta’limning 37ta bakalavriat yo’nalishilariga 2520 (o’tgan yilda 1818 yoki 38 %ga ko’p) nafar talabani qabul qilish ko’zda tutilgan. Shundan davlat grantlari 595 nafar va to’lov-kontrakt asosida 1925 tani tashkil etadi. Bu ko’rsatkichni 2017/2018 o’quv yili qabuli bilan qiyoslaganda quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi: 

Buxoro davlat universiteti delegasiyasining Rossiya OTMlariga tashrifi

Buxoro davlat universiteti rektori, prof. A.A.To’laganov boshchiligidagi delegasiya joriy yilning 20-27 may kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon universitetlarida rasmiy safarda bo’lib qaytdi.
21-22 may  kunlari Moskva pedagogika davlat universiteti (MPDU) vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi. BuxDU rektori

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

Bugungi kunda barcha davlatlarni tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta‘siri, tinchlik degan ne‘matning qadriga yetish, Vatani, ona –yurtining tinch-totuvligi uchun doimiy ogoh bo‘lishi  tinch zamonda turli ekstremistik oqimlar jamiyatdagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitga ta‘sir o‘tkazishi haqida maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan 2018 yil iyun oyi davomida manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan prafilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida  “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida tadbir

O’zbek oilalarida urf-odat marosimlar va bola tarbiyasi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Joriy yilning 22 may kuni Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o’rnini targ’ib qilish maqsadida “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab, “O’zbek oilalarida urf-odat marosimlar va bola tarbiyasi” mavzusidagi 4-1PPS-16 va 4-2PPS-16 guruh talabalar o’rtasida  bellashuv o’tkazildi.

Turizm fakulteti talabalarining Birjaga qiziqarli va mazmunli tashrifi…

2018 yil 17-may kuni universitetimizning Turizm fakulteti 3-1XS-15 guruh talabalari va iqtisod kafedrasi o’qituvchisi D.Narziyeva boshchiligida O’zbekiston Respublikasi tovar — xomashyo birjasi Buxoro filialiga tashrif  buyurishdi. Ushbu tashrif chog’ida universitet talabalarini  Tovar-xomashyo birjasi elektron savdolar bo’yicha mutaxassis SafarovA.S. kutib oldi va yoshlar bilan mazmunli suhbat olib bordi.

Profilaktik-ogohlantiruv uchrashuv navbati Jismoniy madaniyat fakultetida

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat korruptsiyadir.Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta‘minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korruptsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

“Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichida BuxDU jamoasi mutloq g`olib

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
   Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida oliy ta‘lim muassasalarida

Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ning doimiy vakili Xelena Frayzerning tashrifi

Buxoro davlart universitetiga 2018-yil 17-may kuni BMTTD Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Xelena Frayzer xonimlari tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida Xelena Frayzer xonimlari universitet rektori A.A To`laganov hamda BuxDU professor-o`qituvchilari, talabalari bilan uchrashib davra suhbati o`tkazdi.