топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+18.60
avatar

An'anaviy avgust kengashlari

Батафсил

Xorijiy (ingliz, nemis va fransuz) tillar

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Yangi o‘quv yilida chet tili fanidan yangi darslik va qo‘llanmalar o‘quvchilarqo‘liga yetkazilishi, yuqori sinfga o‘tgan o‘g‘il-qizlar xorijiy tilni o‘rganishning keyingi bosqichini davom ettirishi o‘qituvchilardan alohida mahorat talab etadi. Xorijiy (ingliz, nemis va fransuz) tillar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari chet tillarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2013—2016-o‘quv yillarida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich

Alohida ehtiyojli bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Ijtimoiy himoya va doimiy e’tiborga muhtoj bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ularning hayotda o‘z munosib o‘rnini topishi uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bag‘rikenglik va mehr-oqibat ustun bo‘lgan jamiyatimizda alohida ehtiyojli bolalarga ixtisoslashtirilgan o‘quv maskanlarida ta’lim-tarbiya beriladi. Nogiron bolalarning sog‘lom tengqurlari qatori tarbiyalanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, ijtimoiy hayotga yetuk fuqaro darajasida kirib kelishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslash­tirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba

Ijtimoiy fanlar

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Globallashuv jarayonining ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, dunyo mafkuraviy va geosiyosiy maydonlarida gohida oshkora, gohida zimdan kuchayib borayotgan – inson ongi va qalbini zabt etish, zaharlashga qaratilgan tahdidlarni ham unutmaslik lozim.  Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatgina o‘sib kelayotgan yosh avlodni geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlarning salbiy ta’siridan, xavf-xatar va tahdidlardan munosib himoya qilish imkonini beradi.
 Mana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, 2017-2018-o‘quv yili oldidan tashkil etiladigan ijtimoiy (tarix,  davlat va huquq asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi (odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat

Matematika

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Mamlakatimizning dunyo hamjamiya­tiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi umumta’lim fanlaridan mukammal bilimlarni egallashni talab etadi. Bu esa ta’lim tizimida, xususan, matematikani o‘rgatishda ilg‘or milliy va xalqaro tajribalardan foydalanib, darslarni samarali tashkil etishni taqozo etadi.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga asosan davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish uchun o‘quvchining kundalik hayotida matematik

Fizika

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga ko‘ra,  fizika fanidan umumiy o‘rta ta’limning 6—9-sinflari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Fizika fani eksperimental fan bo‘lganligi bois, nazariy bilimlar amaliyotda sinab ko‘riladi. Shu sababli, umumiy o‘rta ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitish,  tajribalar ko‘rsatish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan chambarchas bog‘liq. Fizika darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foyda­lanishga e’tiborni

Geografiya

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida geografiya fanini o‘qitishga ham bir qator o‘zgarishlar kiritildi. O‘quv dasturi takomillashtirildi. Avgust kengashlarida o‘qituvchilarni quyidagi yangiliklardan boxabar etish kelgusi o‘quv yilida dars sifatini oshiradi:
     umumiy o‘rta ta’limda geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari, o‘quvchilarda tayanch hamda fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar,

Informatika va axborot texnologiyalari

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Yangi o‘quv yilida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda 2016-2017-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni xulosalash, yutuq va kam­chiliklarni e’tiborga olish, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni reja­lashtirish, avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishini yuqori saviyada tashkil etish yaxshi samara beradi.
O‘qituvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Mazkur fan “Informatika va axborot

Boshlang‘ich ta’lim

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘qituvchilar darsda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foyda­lanmoqda. Har bir ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli o‘quv-metodik adabiyotlar, jumladan, elektron resurslarning katta zaxirasi mavjud.
Sifatli ta’limiy faoliyatni multimedia materiallari orqali tashkil etish an’anaviy uslublarga nisbatan afzalligini o‘qituv­chilar anglab yetdi. Noan’anaviy dars olib borish natijasida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati o‘sadi; bir vaqtning

O‘zbеk tili

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Bugungi kun o‘quvchilariga zamonaviy ta’lim-tarbiya bеrish o‘qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, fidoyilik talab etadi. Jumladan, o‘zbеk tili fanini o‘qitishda ham yosh avlodga ona tilimizning bor go‘zalligini tushuntirib bеrish lozim. Bunda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, bugungi tеz o‘zgarayotgan, globallashuv davrida o‘zbеk tili va adabiyotining o‘ziga xos, bеtakror xususiyatlari, jozibasini, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va uning bugungi holati, istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish kеrak.
Aytish joizki, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining2017-yil12-yanvardagi“Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob

Adabiyot

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Adabiyot fani bo‘yicha an’anaviy avgust kengashlarida pedagoglarning kasb mahorati va madaniyatini oshirishga, bugungi islohotlarning ta’lim tizimi rivojidagi ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli, 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining qabul qilinishi pedagoglar zimmasiga yanada mas’uliyat yukladi. Shundan kelib chiqqan holda, avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida takomillashtirilgan DTS va nizomning mazmun-mohiyati, o‘quv

Ona tili

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
An’anaviy avgust kengashlarining ona tili fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, kompetensiyaviy yonda­shuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berish muhim. Shuningdek, Ilg‘or tajribalarni namoyish etish va omma­lashtirish, bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadasi natijalari tahlili yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi kerak. Umumiy